|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 218/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
223
munosabatlarini majburiy roʻyxatga olishni joriy etish orqali ish haqini
qonuniylashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biridir.
Ushbu chora-tadbirlarning kiritilishi ish haqi bilan reproduktiv, ragʻbatlantirish,
tartibga solish hamda ijtimoiy va hokazo funksiyalarni bajarishda davlatning roli
kuchayganligini koʻrsatadi.
Xorijiy mamlakatlarda moliyaviy oqimlar va korrupsiyaning yashirin
darajasini pasaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasini
xalqaro standartlarga yaqinlashish istagini hisobga olgan holda, xorijiy mamlakatlar
tajribasini nafaqat siyosiy sohada, balki iqtisodiy sohada ham joriy etish muhim
ahamiyatga ega. Har qanday davlatning yashirin iqtisodiyotining asosiy
sabablaridan biri uning tarmoqlarining korrupsiyasidir.
2010 yilgi Korrupsiyani idrok etish indeksiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi
korrupsiya darajasi eng yuqori deb topilgan 20 ta eng yomon mamlakatlar (10 dan 1
gacha boʻlgan shkala) qatoridan joy olgan boʻlib, ular Somali(hisob 1,1) - 178
oʻrinda, Afgʻoniston(1,4) – 176 oʻrinda, Oʻzbekiston - 172 va Turkmaniston - 173
hamda Qirgʻiziston(2,0) - 164 oʻrindan joy olgan boʻlsa, korrupsiya darajasi eng past
deb topilgan 20 ta eng yaxshi mamlakatlarga kirgan Daniya(9,3) – 1, Singapur (9,3)
– 2 oʻrin, Shvesiya(9,2) - 5 oʻrin, Germaniya(7,9) – 16 oʻrin Yaponiya(7,8) -16
oʻrinni egallagan [15]. Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, Oʻzbekiston
Respublikasidagi korrupsiya darajasi juda yuqori degan xulosaga kelish mumkin
(qanchalik yuqori ball boʻlsa, iqtisodiyot shunchalik "shaffof" boʻladi).
2022 yilga kelib korrupsiyani idrok etish indeksiga koʻra, Oʻzbekiston
Respublikasi 180 ta davlat ichida 32 pogʻonaga koʻtarilib, umumiy reytingda 28
ballga baholanadi va 2021 yilga nisbatan 2 ballga oshib 140-oʻrinni egalladi.
2022 yilda korrupsiyani idrok etish indeksiga koʻra Daniya 88 ball bilan 1-
oʻrinni, Sngapur, Shvesiya davlatlari 85 ball bilan 4-oʻrinni, Germaniya 80 ball bilan
10-oʻrin, Gonkong 76 ball 12-oʻrin, Yaponiya 73 ball 18-oʻrin, AQSh 67 ball 27-
oʻrin, Xitoy 45 ball bilan 66-oʻrin, Qozogʻiston 37 ball 102-oʻrin, Qirgʻiziston 27
ball 136-oʻrinni egallagan boʻlib, bu oʻz navbatida mamlakatda korrupsiyani
kamaytirishga qaratilgan islohotlar ijrosini monitoringini doimiy nazoratga olish
lozim.
Oʻzbekiston Respublikasida rivojlangan mamlakatlar orasida korrupsiya eng
kam tarqalgan Daniya (6%), Norvegiya (10%) va Finlyandiya (16%) tajribalarini
hisobga olgan holda korrupsiyaga qarshi haqiqiy oʻzgarishlarni amalga oshirish
uchun quyidagi besh bosqichni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Sudyalarni tanlash jarayonining faol ishtirokchisi sifatida xorijiy
mutaxassislarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi odil sudlovning samarali
tizimini yaratish. Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, xususan, elektron
deklaratsiyalarni tekshirish samaradorligini kafolatlaydi.
2. Jarayonga aloqador shaxslarning ishlarini samarali tergov qilish va sudga
yetkazish uchun barcha imkoniyatlarni maksimal darajada oshirish. Bu nafaqat
sirtdan sudlanganlikka erishish, balki chet elga olib ketilgan mablagʻlarni qaytarish
uchun ham muhimdir. Xuddi shu narsa hozirgi hukumatdagi korrupsiya faktlariga
ham tegishli.
|
| |