“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
267
2. Узбекский язык без репетитора. Самоучитель узбекского языка
Р.Каримов Издательство: АСТ 2023г
3.
Хамраева Ю., Эльмуродова Л. Сравнительная типология узбекского и
русского языков. Напротив: "Насаф", 2017 г.
5. Нематов Х., Расулов Р. Основы систематической лексикологии
узбекского языка. Т.: «Учитель», 2021.
DAVLAT NARX SIYOSATI VA UNING ASOSIY YOʻNALISHLARI
U.Zaynitdinova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti
I.Abdumurodov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga
yoʻllagan murojaatnomasida kambagʻallikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish
siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.
«Kambagʻallikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish,
insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga
chiqarish, yangi ish
oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish,
demakdir», deb ta’kidlangan edi murojaatda.
Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambagʻallik kambagʻallikni
keltirib
chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga koʻra sodir boʻladi.
Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta’lim va sogʻliqni saqlash
uchun etarlicha pul sarflay olishmaydi, kambagʻal aholi esa sifatli pullik ta’lim va
tibbiyot xizmatlarga qurbi etmasligi sababli inson salohiyati pasayib,
kambagʻallikdan qochib qutula olmaydilar.
Ikkinchidan, kambagʻal aholining daromadlari
pasayib borgan sari, iste’mol
bozorining sigʻimi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat
mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga boʻlgan talab pasayib
boradi. Bu esa, oʻz navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga toʻsqinlik qiladi, byudjet
daromadlarini kamaytiradi va kambagʻallarni ijtimoiy jihatdan qoʻllabquvvatlash
imkoniyatini kamaytirib yopiq siklik jarayon koʻrinishiga keladi.
Uchinchidan
,
aksariyat hollarda kambagʻallarning
dunyoqarashi daromad
yuqori boʻlganlardan farq qiladi. YUqorida aytib oʻtilgan sabablarga koʻra, ular
orasidan ijodkor va tadbirkorlik qobiliyatiga ega insonlarning etishib chiqishi
ehtimoli kamroq. SHuningdek, odatda kambagʻal oila a’zolari orasida jinoyatchilik
koʻrsatkichlari nisbatan yuqoriroq boʻladi.
Boshqacha qilib aytganda, kambagʻallikni keltirib
chiqaruvchi omillar
mamlakatda inson salohiyatini rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi va aholining iqtisodiy faoliyatiga toʻsqinlik qiladi.
Jahon bankining «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab»
loyihasi doirasida, uy
xoʻjaliklari orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, 2020 yilning
yanvarmart oylari uchun oʻrtacha kambagʻal xonadonning oylik daromadi taxminan
1,5 million soʻmni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu koʻrsatkich oʻtgan yilning
mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi
sa’yharakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambagʻallikka qarshi kurashish