|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 265/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
269
farovonligini faqatgina daromadlarga asoslangan baholash oʻrniga boshqa koʻp
kriteriyali tizimlari bilan oʻlchash kambagʻallikka qarshi kurashishning samarasini
yanada oshiradi. Kambagʻallik bu faqatgina daromadlar emas, bu turli oʻlchamli
(toza ichimlik suvi, sogʻliqni saqlash, sanitariya holati, boshqa zarur xizmatlar)
hayot sifatini ifodalovchi koʻrsatkichdir. Maqsadli ijtimoiy yordam koʻrsatish
tizimidagi bu oʻzgarishlar qisman Avstriya, Belgiya, Avstraliya, Kanada, CHexiya,
Daniya va boshqa mamlakatlarda 2000 yillarning oʻrtalarida rasmiy kambagʻallik
darajasini kamaytirishga omil boʻlgan.
Turli mamlakatlar kambagʻallik darajasini kamaytirish uchun turli modellarni
qoʻllashadi. Misol uchun, shved modeli ikki maqsadni koʻzda tutadi: toʻliq bandlik
va daromadlar tengsizligini kamaytirishni ta’minlash. Mazkur mamlakatida,
ishsizlarni oʻqitish va qayta tayyorlash, talab yuqori boʻlgan sohalarda ishlash
qobiliyatini tiklashni ma’qul koʻrishadi.
Xitoyda qishloq xoʻjaligini, shu jumladan, qishloq hududlarini rivojlantirish va
er islohotlariga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
CHexiyada esa kambagʻal aholini moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlash uchun
asosiy nafaqadan tashqari mahsulotlar va pul koʻrinishidagi qoʻshimcha koʻmaklar
beriladi.
AQSHda kambagʻallarga koʻrsatilayotgan yordam aholining 15 foizidan 20
foizigacha qismini qamrab oluvchi maxsus dasturlar orqali tarqatiladi. Eng koʻp
tarqalgan yordam turlari bu oziq-ovqat talonlari, arzon uy-joy olish dasturlari,
qariyalar uchun tibbiy va ijtimoiy yordam turlari, bola parvarishlash boʻyicha
nafaqalar va boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlash turlarini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston sharoitida ham rivojlangan mamlakatlardek kambagʻallikni
qisqartirishga kompleks yondashuv eng maqbul echimdir. Mazkur siyosat mehnatga
layoqatli aholini imkon qadar ish bilan ta’minlash va bir vaqtning oʻzida muhtoj
odamlarni kambagʻallik chegarasidan chiqarishga qaratilgan davlat tomonidan
ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, qashshoqlikni zudlik bilan bartaraf etishning imkoni
boʻlmagan sharoitda kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning
daromad olishi va inson kapitalini rivojlantirishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar
yaratish nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekiston ijtimoiy yoʻnaltirilgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunday
mamlakatlarda davlat jamiyat hayotidagi ishtiroki ancha muhim boʻlib, u oʻz
fuqarolari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini keng koʻlamda amalga oshirilishini
nazarda tutadi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan
qoʻllab-quvvatlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Kuchli ijtimoiy siyosat degani davlat institutlari tomonidan ijtimoiy
ne’matlarni jamiyatning eng kam himoyalangan va eng zaif a’zolari foydasiga
taqsimlash demakdir. Oʻtgan yillar davomida Oʻzbekistonda boshqa koʻplab
mamlakatlardan farqli oʻlaroq, kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilgani shubha
ostiga olinmay kelinmoqda. Boshqacha qilib aytganda, Oʻzbekistonda haqiqatan
ham ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modeli
tanlanganini ta’kidlash mumkin. Nima uchun bunday boʻldi?
|
| |