|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 268/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
272
jarayonida ham amalga oshiriladi. Mazkur ma’lumotlar asosida va ayrim oilalarning
turmush darajasiga karantin cheklovlarining salbiy ta’sirini hisobga olgan holda,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga mas’ul idoralar tomonidan joriy yilda moliyaviy yordam va
koʻmakka muhtojlar roʻyxati tuzildi.
Ushbu roʻyxatlardan kam ta’minlanganlar; imkoniyati cheklangan fuqarolar;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar; yolgʻiz keksalar; doimiy ishsiz fuqarolar; karantin
tufayli ishsiz qolgan fuqarolar; epidemiologik jihatdan nochor hududlardan qaytgan
fuqarolar oʻrin olishgan.
Bu yoʻnalishda keyingi muhim qadam joriy yilning 4 avgust kuni Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim
etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida» qarori boʻldi. Qarorda joriy yilning 1 sentyabrdan boshlab ijtimoiy
nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlash tartib
taomillari «Elektron hukumat» tizimining ajralmas qismi boʻlgan «Ijtimoiy himoya
yagona reestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilib, joriy yil
oxirigacha respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu tizimni joriy etishning asosiy maqsadlari – aholini ijtimoiy himoya
qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va
yordamini taqdim etishning yagona tizimini yaratishdan ib
Mamlakatdagi kambagʻallikni bartaraf etish yoʻllaridan biri boʻlgan – ijtimoiy
himoya samaradorligini oshirish faqatgina kompleks yondoshuvlar orqaligina
amalga oshirilishi mumkin. Soʻnggi yillarda kambagʻallikni engishga hissa
qoʻshadigan boshqa sohalarda ham salmoqli sa’y-harakatlar amalga oshirildi. Ularga
yangi ish oʻrinlari yaratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qishloq joylari va
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, qishloq joylarda infratuzilmani takomillashtirish,
sogʻliqni saqlash, oxirgi kasb-hunar ta’limi va tarbiyasini yaxshilash hamda
iqtisodiy migratsiya kiradi. Bu sohalarda yillarda amalga oshirilayotgan ijobiy
oʻzgarishlar mamlakatimizning uzoq muddatli kambagʻallikni qisqartirish
dasturining muhim qismi hisoblanadi.
|
| |