|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 266/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
270
Ming yillar davomida xalqimiz yashab turgan zaminimizda odamlar birbiriga
yordam berishi, ogʻir hayotiy vaziyatlarda qolgan qashshoq va zaif aholi qoʻni
qoʻshni, mahalla va jamiyatdan madad olishi lozim, degan an’anaviy dunyoqarash
shakllangan. Oʻzbekistonda ijtimoiy shartnoma ijtimoiy axloqning koʻp asrlik
tamoyillariga asoslangan.
Shunday boʻlsa-da, uzoq vaqt davomida, kambagʻallikning mavjudligi siyosiy
sabablarga koʻra rasmiy darajada deyarli tan olinmagan, kambagʻallikni
aniqlashning qonuniy tasdiqlangan mezonlari yoʻq edi, bu holda samarali ijtimoiy
siyosat olib borish juda mushkul masala edi. Biroq, kambagʻallik muammosi
yoʻqolmadi, hatto 2007 yilda uni bartaraf etish uchun tegishli strategiyani ishlab
chiqishga harakat qilindi. BMTTD, Jahon banki va OTB bilan birgalikda «2008-
2010 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi farovonligini oshirish strategiyasi»
ishlab chiqildi. Biroq tan olish kerak, yaqin davrgacha mahalla qoʻmitalari orqali
kambagʻallarni real ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida tub oʻzgarishlar amalga
oshirilmadi.
Aniqlangan kamchiliklar shundan iboratki, narxlarni nazorati sustlashdi
natijada, sun’iy ravishda narx-navo koʻtarilib bordi, tabiiyki bundan xalq jabr koʻrdi.
Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, moddiy yordam koʻrsatish mexanizmi hali
ham Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Kam
ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu qoidaga muvofiq, bolali
oilalarga nafaqalar, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va
toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga vakolatli mahalla fuqarolar yigʻini yoki
komissiyaga belgilangan. Komissiya fuqarolar yigʻini raisi boshchiligida fuqarolar
yigʻini tomonidan saylanib kelgan. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar
yigʻini raisi esa – oʻz vakolatlarining butun muddati davomida saylangan. Ushbu
komissiya a’zolarining soni kamida 15 kishini tashkil etishi lozim.
Mazkur mexanizm, komissiya a’zolari oʻzlari yashayotgan mahallalarda
qoʻllab-quvvatlanishga muhtoj aholini bilgan holda ob’ektiv qarorlar qabul qilishni
nazarda tutadi. Ammo, boshqa tomondan, jamoaviy qaror qabul qilishning bunday
mexanizmi juda murakkab, etarlicha shaffof emasligi va berilgan vakolatlar
suiiste’mol qilinishini istisno qilmaydi, ayniqsa, koʻplab jarayonlar ortiqcha
hujjatlar va sertifikatlar taqdim etilishini talab qiladi. Balki shuning uchundir,
ijtimoiy yordam ajratish mexanizmidagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ta’sirida
Prezident qabulxonalariga samarasiz yoki hatto adolatsiz moddiy yordam ajratish
amaliyotlar haqida murojaatlar soni oshib ketishiga olib keldi.
2019 yilda butun mamlakat boʻylab 6,1 milliondan ortiq xonadonda aholining
muammolarini oʻrganish uchun tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan oʻrganishlar
oʻtkazildi. Fuqarolar bilan oʻtkazilgan soʻrovlar natijasida hal qilinishini talab
etiladigan 935,6 mingta muammo aniqlanib, ularning aksariyati hal qilindi. Aholi
uchun
eng
ogʻriqli
muammolar orasida: suyultirilgan gaz ta’minoti
(respondentlarning 18,9 foizi), bandlik (11 foiz), sogʻliqni saqlash (8,5 foiz), elektr
energiyasi ta’minoti (8,1 foiz), bank kreditlari (7 foiz), moddiy yordam (5,7 foiz),
ichimlik suvi (5,5 foiz), kadastr masalalari (5,3 foiz), uy-joy (4,4 foiz), tabiiy gaz
|
| |