|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 267/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
271
(3,4 foiz), koʻmir ta’minoti (2.3 foiz), pasport nazorati (2,1 foiz) va maktabgacha
ta’limga oid masalalar (1,5 foiz) oʻrin olgan.
Joriy yilda, pandemiya bilan bogʻliq qator cheklovlar natijasida aholi turmush
darajasi sohasida vaziyat yanada murakkablashdi. SHu bois ijtimoiy muammolarni
aniqlash ishlari yanada muhim ahamiyat kasb etib, faol davom ettirilmoqda. Joriy
yilning 1 avgust holatiga koʻra, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha
murojaatlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar koʻpaydi.
Shuningdek, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni olish uchun arizalar soni
ijtimoiy himoyaga murojaat etuvchilarning umumiy sonining 48 foizini tashkil etdi,
bu oʻtgan yilga nisbatan 1,9 baravar koʻp.
Pandemiya bilan bogʻliq soʻrovlarning yangi toifalari ham ishlatila boshlandi.
Karantin davrida fuqarolarni moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan
ta’minlash toʻgʻrisidagi murojaatlar umumiy murojaatlar sonining 16 foizini, oziq-
ovqat va asosiy ehtiyojlarning narxi va tanqisligi toʻgʻrisidagi murojaatlar esa 8
foizni tashkil etdi.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, oxirgi 2-3 yilda aholining ijtimoiy qoʻllab-
quvvatlash tizimida oʻtgan yillar davomida toʻplangan mavjud muammolarni
sektorlar tomonidan yigʻilgan ma’lumotlar asosida qoʻl rejimida tezkor hal etish
oʻzining samarasini koʻrsatdi. Ammo tan olish lozimki, koʻp hollarda «inson
omiliga» haddan tashqari bogʻliqlik muammolarni echishda boshqa muammolarni
ham keltirib chiqarishi mumkin.
orijiy mamlakatlar tajribasi va tadqiqot jarayonida aniqlangan kamchiliklar
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tizimli
asosda yoʻlga qoʻyish
lozimligini
koʻrsatmoqda. Ayrim yordam turlarini ajratishning aniq mezonlari boʻlishi, unga
muvofiqlikni aniqlash mustaqil axborot manbalariga asoslanishi lozim. YOrdam
ajratish mezonlari va tartiblari, ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aniq
va butunlay shaffof boʻlishi lozim. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalarini qoʻlda
boshqarishdan aniq va ravshan integratsiyalashgan tizimga oʻtkazish boʻyicha bir
qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, oʻtgan yilidan boshlab mamlakatimizda bu borada muhim qadamlar
qoʻyildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 apreldagi 308son qaroriga
muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda, bu
oilalar ehtiyoji va talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiqligi darajasini
oshkora, real vaqtda baholashni ta’minlaydi.
Ehtiyoj darajasi oila a’zolarining daromadlari, mol-mulk, bank hisobvaraqlari,
olingan kreditlar, turli idoralarning tegishli ma’lumotlar bazalarida mavjud boʻlgan
avtomobillar haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu
hisob-kitoblarga asosan ijtimoiy xizmatlar, yordamga muhtoj aholi va
oluvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Mazkur tizimni sinovdan
oʻtkazish uchun Sirdaryo viloyatida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab pilot loyiha
sifatida sinab koʻrildi.
Ushbu tizim faoliyatini samarali amalga oshirish uchun aholiga
koʻrsatilayotgan yordam toʻgʻrisidagi ob’ektiv ma’lumotlar «Ijtimoiy himoya
yagona reestriga» kiritib borilishi kerak. Ushbu vazifa xonadonlarni oʻrganish
|
| |