|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 264/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
268
uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va
kambagʻallikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambagʻallikka qarshi
kurashish boʻyicha davlat siyosatini belgilab beradi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash
maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Mazkur vazirlik fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish institutlari faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam
ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli koʻmak berish borasida
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini
obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, «Obod qishloq»
dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari
yaxshilandi. Birgina 2019 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini
amalga oshirish uchun jami 600 million AQSH dollariga teng 6,1 trln soʻm ajratildi.
Biroq, erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda Oʻzbekistonda 400
mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki
mezonlariga koʻra, 2015 yil oktyabridan boshlab Global kambagʻallik darajasiga
kuniga 1,9 AQSH dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning
mehnat bozoridagi ulushi 40-50foizni tashkil etadi. Biroq, kambagʻal uy
xoʻjaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi.
Pandemiya davrida aholining kambagʻal va eng zaif qatlamlariga ijtimoiy va
moddiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatini isloh qilish zarurati kuchaydi.
SHu bois bu muammolarni hal qilish jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Moddiy
yordamni taqsimlashda kerakli nazorat, shaffoflik va manzillilikni ta’minlash
maqsadida raqamli texnologiyalar asosidagi tizimli echimlarni joriy qilish asosida
avval etarlicha manzilli boʻlmagan va samarasiz tizimdan yangi tizimga oʻtilmoqda.
Ijtimoiy himoya tizimi bu – kambagʻallik va tengsizlikni kamaytirish, aholining
ijtimoiy zaif qatlamlari farovonligini oshirishga qaratilgan choratadbirlar va
dasturlar majmuasidan iborat davlat siyosatidir.
Gʻarb davlatlarida ijtimoiy himoyaning markazlashgan tizimi 20-asrning
boshlarida Germaniya va Buyuk Britaniyada ijtimoiy ta’minot tizimlarining
yaratilishi davrida, bir oz keyinroq esa AQSHda – Buyuk depressiya davrida
muvaffaqiyatga erisha boshladi. 100 yil oldin ijtimoiy himoya tizimlari faqatgina bir
necha mamlakatda rasman mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib ushbu tizim
deyarli barcha davlatlarda amal qilmoqda. Mamlakatlar oʻz imkoniyatlari, milliy
sharoitlari va ustuvorliklariga asoslanib ijtimoiy himoya tizimlarini quradilar.
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi nafaqat moddiy yordam berishga, balki
aholining yordamga muhtoj qatlamlarini kambagʻallikdan chiqarishga yoʻnaltirilgan
boʻlishi muhim rol oʻynaydi. Rivojlangan mamlakatlarda 1990 yillardan boshlab
nafaqa koʻrinishidagi ijtimoiy yordam oluvchilarni rasmiy tadbirkorlikka jalb qilish
uchun majburiy talablar joriy qilingan. Bu amaliyot qoʻllanilgan mamlakatlarda
(Koreya, AQSH, YAngi Zelandiya, Buyuk Britaniya va boshqalar), aholi bandligi
oshgani kuzatilgan.
Turli tadqiqotlar natijalari shuni koʻrsatadiki, kambagʻallikdagi inson
|
| |