|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 260/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
264
Kapital tarkibini optimallashtirish, oʻz navbatida, iqtisodiy vaziyat, soliq
qonunchiligi va raqobat kuchlarining oʻzgarishiga moslashishning uzluksiz
jarayonidir. Shuning uchun amaliyotda, kapital tuzilmasini optimallashtirish
masalasini hal qilish murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday aksiyadorlik
jamiyatiga nisbatan aniq mezonni qoʻllanilishi mumkin boʻlgan, umumiy nazariya
yoʻq. Umuman olganda kapital tarkibini optimallashtirishda koʻplab omillarni
hisobga olish kerak va bu omillar ham sifat, ham miqdoriy boʻlishi mumkin.
1-jadval
Aksiyadorlik jamiyatlari kapital qiymatini baholash modellari
255
№ Modelning nomlanishi
Qisqacha tavsifi
1
Kumulyativ model
(BUM-Build-Up
Method)
Kompaniya kapitali qiymatini baholashda tizimli va tizimsiz
risklarning ta’siri hisobga olinadi.
2
Doimiy oʻsish modeli
(Gordon modeli)
Kapital bahosini moliyaviy aktivlar boʻyicha toʻlanadigan
daromadlar miqdorining yillik g-foiz stavkada oʻsib borishi
asosida hisoblanishini nazarda tutadi
3
Arbitraj baholarni
shakllanish modeli
(Ross modeli)
Bir xil aktivlarga turli baholardan foydalanish yoʻli bilan
risksiz daromad olishga asoslanadi.
4
Daromadlikning ichki
me’yoriga asoslangan
model
Aksariyat qarz manbalarining qiymatini jalb qilingan
umumiy summa va uni qoplash boʻyicha amalga oshirilgan
toʻlovlarning yigʻindisi asosida aniqlanadi
5
Kapital aktivlarni
baholash modeli
(CAPM)
Moliyaviy aktivning talab qilingan miqdordagi
daromadligini aniqlashda, ushbu moliyaviy aktivga bozor
riski ta’siri darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
6
Kapitalning oʻrtacha
tortilgan qiymati
(WACC)
Aksiyadorlik jamiyatining umumiy qiymati va moliyaviy
ta’minotni alohida manbalar boʻyicha qiymatini baholash
imkonini beradi.
Tan olish kerak, korxona kapitali bahosini aniqlash oʻziga hos murakkab
jarayon boʻlib, kapitalning alohida komponentlari (tarkibiy elementlari) boʻyicha
matematik hisob-kitoblarni talab qiladi. Ayrim kapital manbalarini hisoblash sodda
boʻlsada (qarz mablagʻlari qat’iy belgilangan foiz toʻlash asosida jalb qilinganligi
uchun), ayrimlarini aniqlash soliq solish va soliq boʻyicha belgilanadigan imtiyozlar
nuqtai-nazaridan murakkablik kasb etadi. Bundan tashqari, manbalarni jalb qilish
jarayonida qoʻshimcha toʻlanadigan mablagʻlarning ham mavjud ekanligi qarz yoki
oʻz kapitali qiymatini aniqlashda murakkabliklarni yuzaga keltirish mumkin.
Masalan,
qimmatli
qogʻozlarni
emissiya
qilish,
kredit
shartnomalarini
rasmiylashtirish, sugʻurta, kafillik, garov obyektlarini rasmiylashtirish, konsalting
xizmatlaridan foydalanish kabilar bilan bogʻliq xarajatlar shular jumlasidandir.
Moliyaviy menejmentda kapitalning qiymatini aniqlashda vaqt va risk omillarini
ham e’tiborga olinishi zarur boʻladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitalning oʻrtacha tortilgan qiymatini baholashda
qarz kapitalidan foydalanish bilan bogʻliq soliqlarni chegirishda (1-T) foyda soligʻi
stavkasini emas, balki soliq yuki bilan foyda soligʻi stavkasi oʻrtasidagi optimal
255
Muallif tomonidan tuzilgan. Mazkur modellarning amaliy formulalari muallifning dissertatsiya avtoreferatda
keltirilgan.
|
| |