|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 259/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
263
сифатида бозор иқтисодиёти шароитида ўзининг “ўйин қоидалари”ни
белгиламаса, уларга риоя қилишни назорат қилмаса, бу реал сектор каби
соҳаларда ижобий натижа бермайди. Шу сабабли иқтисодиётнинг реал
сектори ривожланишида институционал ўзгаришларнинг хорижий тажрибаси
ва уни амалиётда самарали қўллаш йўналишлари кўриб чиқамиз.
KAPITAL BAHOSINI ANIQLASHDA METODOLOGIK
YONDASHUVLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
O.Xamdamov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti
Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitaldan samarali foydalanishning muhim
shartlaridan biri, loyihalarni moliyalashtirish va ularni prognoz qilish mexanizmini
toʻgʻri
tashkil etish hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksariyat aksiyadorlik jamiyatlarining
istiqbolli strategiyalarini tahlil qilinganda asosiy prognozlar va ularni erishilishiga
doir ekonometrik tadqiqotlari ishlab chiqilmagan. Bu kabi amaliyotni tadbiq etilishi
nafaqat investorlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlariga boʻlgan istiqbolli
prognozlarni baholay olish imkonini beradi balki xalqaro korporativ baholash
amaliyotini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bugunki kunda
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtkazish
borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joriy bosqichida, korporativ
baxolashning xalqaro standartlariga ham e’tiborni qaratish lozim. Chunki, xalqaro
amaliyotda MHXS lari bilan birgalikda kompaniyalarda korporativ baxolash
amaliyoti birgalikda yuritiladi.
Xalqaro amaliyotda kapital qiymatini baholashda yetakchi olimlar va xalqaro
reyting kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bir nechta modellar mavjud
boʻlib, biz tomonidan amaliyotda koʻplab foydalaniladigan va olinadigan natijalar
istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqishda muhim deb hisoblangan baholash
modellari keltirilgan (1-jadval).
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
faoliyat
yuritayotgan
aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ baholash amaliyotini yoʻlga qoʻyish, kapitalni
shakllantirish va undan foydalanishdagi samaradorlik koeffitsiyentlarni aniqlash,
investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini xalqaro standartlar yoki xalqaro
reyting
kompaniyalari
tomonidan
tavsiya
etiladigan
multiplikator
koeffitsiyentlaridan foydalanish borasida ayrim kamchilik va muammolar mavjud.
Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlarini xalqaro
standartlar asosida tayyorlash va keng jamoatchilikka taqdim etish, ikkinchidan
koʻplab
multiplikator
koeffitsiyentlarini
aniqlashdagi
ayrim
tarkibiy
koʻrsatkichlarning milliy yagona baholash standartida keltirilgan uslubiyatda
mavjud emasligi yoki toʻliq ochib berilmaganligi, uchinchidan ayrim ekonometrik
modellardan foydalanishda ishtirok etadigan omillarga doir ma’lumotlarning toʻliq
olish imkoniyatining cheklanganligi kabilar. Shuningdek, aksariyat aksiyadorlik
jamiyatlarining kapital qiymatini baholashda daromadlar usuli boʻyicha emas,
faqatgina xarajatlar yondashuvining keng foylanishi baholash jarayonida
muammolar mavjud ekanligini namoyon etadi.
|
| |