“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
259
qochish uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak:
-
Bir moliyaviy tavakkalchilikdan
qochish boshqa, teng yoki undan ham
muhimroq riskning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
-
moliyaviy tavakkalchilik darajasi moliyaviy hodisadan kutilayotgan foyda
darajasi bilan tavakkalchilik-daromad shkalasini hisobga olgan holda mos kelmasa.
-
Muayyan risk uchun moliyaviy yoʻqotishlar korxonaning ichki moliyaviy
resurslaridan foydalangan holda ularni qoplash imkoniyatidan oshib ketganda.
-
Muayyan risklar bilan bogʻliq boʻlgan muayyan operatsiyadan olingan
foyda miqdori kichik boʻlsa va korxona olgan umumiy foyda uchun ahamiyatsiz
boʻlsa.
-
Moliyaviy hodisa korxona uchun atipik va innovatsion yechim boʻlsa va
mumkin boʻlgan risklarni baholash uchun yetarli ma’lumot boʻlmasa.
2) Moliyaviy tavakkalchilik potensial yoʻqotishlar hajmi boʻyicha
halokatli
tahdid boʻlgan taqdirda, risklar konsentratsiyasini cheklash mexanizmi qoʻllaniladi.
Bu usul moliyaviy siyosatni ishlab chiqish jarayonida, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi va
qorakoʻlchilik sohasida muayyan cheklovlar oʻrnatish va standartlarni joriy etishni
nazarda tutadi. Cheklash mexanizmidan foydalanganda quyidagilar aniqlanadi:
- korxonaning har bir muayyan faoliyat turi yoki faoliyati uchun qarzlarning
maksimal darajasi.
- Zarur hollarda korxona majburiyatlarini toʻlash uchun ishlatilishi mumkin
boʻlgan yuqori likvidli aktivlarning minimal darajasi. Bu debitorlik qarzlari va
kompaniyaning qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarini oʻz
ichiga olishi
mumkin.
- tijorat va iste’mol kreditlarining maksimal chegaralari.
- Bitta bankdagi naqd omonatning maksimal miqdori.
- bir emitent tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarning
maksimal miqdori.
3. Qishloq xoʻjaligi va qorakoʻlchilikda qoʻllaniladigan keyingi usul - bu
xedjerlash hisoblanadi. Avvalo biz xedjer (inglizcha hedge - "himoya" dan)
soʻzining mahnosiga toʻxtaladigan bulsak, xedjer bu oʻz portfelini mumkin boʻlgan
yoʻqotishlardan himoya qilish yoki xavflarni kamaytirish uchun turli
strategiyalardan foydalanadigan investor. Xedjerlar oʻz investitsiyalarini bozorning
salbiy harakatlaridan
himoya qilish uchun opsionlar, fyucherslar, valyuta svoplari
va boshqalar kabi turli xil moliyaviy vositalardan foydalanishlari mumkin
boʻladi[3].
Ushbu strategiya valyuta bozoridagi mumkin boʻlgan oʻzgarishlardan himoya
qilish uchun qoʻllaniladi va oldindan belgilangan
narx tegishli shartnoma va
bitimlarda belgilanadi. Shunday qilib, xedjer kelajakda mumkin boʻlgan narxlarning
oʻzgarishidan oʻzini himoya qiladi. Xedjlashning asosiy vositalari opsionlar va
fyucherslardir. Xedjlashning bir necha turlari mavjud, jumladan qisman va toʻliq,
klassik, selektiv, kutiluvchi, krossover va opsion rexejiring. Rexejiring, oʻz
navbatida, mavjud xedjlash strategiyalariga qoʻshimcha
tuzatuvchi operatsiya
hisoblanadi.
4. Diversifikatsiya - bu mablagʻlarni qishloq xoʻjaligi va qorakoʻlchilikning