|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
40
Ushbu yoʻl xaritasining maqsadi davlatlar, biznes va fuqarolik jamiyatiga
yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirish yoʻlida samarali harakat qilish
imkonini beradigan asosiy bosqich va mexanizmlarni belgilab berishdan iborat. U
nafaqat aniq maqsad va vazifalarni oʻz ichiga oladi, balki ularga erishish uchun
yashil texnologiyalarga sarmoya kiritish, ekologik soliqlarni joriy etish va barqaror
iste’molni ragʻbatlantirish kabi vositalarni ham taklif etadi.
1. Energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini
oshirish 1-2 yil ichida amalga oshiriladigan davlat subsidiyalari, soliq imtiyozlari,
qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiyalarni ragʻbatlantirish
68
.
2. Uglerod neytarlligini ta’minlash 2-5 yil uglerod soligʻini, emissiya
kvotalarini joriy etishni, kam uglerodli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy
etishni oʻz ichiga oladi;
3. Energiya samaradorligini oshirish 1-3 yil ta’lim muassasalari koʻmagidagi
modernizatsiya dasturlarini, energiya auditini, texnologik yangilashni qamrab oladi;
4. Yashil transportni rivojlantirish 3-5 yil boʻlib, infratuzilmaga
investitsiyalarni, soliq imtiyozlarini, shuningdek, elektr transporti va jamoat
transportini joriy etishdan iboratdir;
1-jadval
Yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha yoʻl xaritasi
№
Koʻrsatkichlar
Muddatlari
Amalga oshirish
mexanizmlari
Amalga oshirish
usullari
1
Energiya balansida
qayta tiklanadigan
energiya
manbalarining
ulushini oshirish
1-2 yil
Davlat subsidiyalari, soliq
imtiyozlari
Qayta tiklanadigan
energiya
manbalariga
investitsiyalarni
ragʻbatlantirish
2
Uglerod
neytralligini
ta’minlash
2-5 yil
Uglerod soligʻini joriy
etish, emissiya kvotalari
Kam uglerodli
texnologiyalarni
ishlab chiqish va
joriy etish
3
Energiya
samaradorligini
oshirish
1-3 yil
Ta’lim muassasalari
koʻmagida modernizatsiya
dasturlarini yaratish
Energiya auditi,
texnologik
yangilash
4
Yashil transportni
rivojlantirish
3-5 yil
Infratuzilmaga
investitsiyalar, soliq
imtiyozlari
Elektr transporti va
jamoat transportini
joriy etish
5
Qayta ishlash va
chiqindilarni
boshqarish
1-4 yil
Qonunchilik tashabbuslari,
davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash
Chiqindilarni
yigʻish va qayta
ishlash tizimini
rivojlantirish
6
Ekotizimni himoya
qilish va tiklash
2-10 yil
Qoʻriqxonalarni yaratish,
oʻrmonlarni qayta tiklash
dasturlari
Biologik xilma-
xillik monitoringi,
faol reabilitatsiya
5. Qayta ishlash va chiqindilarni boshqarish koʻrsatkichining amalga oshirilish
davri 1-4 yil boʻlib, bu qonunchilik tashabbuslaridan, davlat tomonidan qoʻllab-
68
Soatov A. Ekologiyada kompyuter modellashtirish va simulyatsiya // Biologiyaning zamonaviy tendensiyalari:
muammolar va yechimlar. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 912-914.
|
| |