|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 381/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
378
bilan muomala qilishda “oltin qoida”ga rioya qilmoq lozim. Ya’ni barcha
mablagʻlarni qimmatli qogʻozga aylantirish mumkin emas, toʻsatdan roʻy
beradigan investitsiya muammolarini yechish uchun rezervda naqd pul ham
boʻlishi kerak.
Qimmatli qogʻozlar bozorida soliklardan ozod etilgan qimmatli qogʻozlarga
qiziqish uygʻotadi. Ushbu portfellar davlat qarz olish-berish bilan bogʻliq boʻlgan
majburiyatlardan topgan va yuqori likvidlik darajasiga ega boʻladi, jamgʻarma
saqlanib qoladi, odatda, daromad soliqlardan ozod etiladi. Shuning uchun ham
Oʻzbekiston qimmatli kogʻozlar bozorida eng koʻp uchraydigan portfellar turini
davlat qimmatli qogʻozlar portfeli tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning turli sohalari bank e’tiborini qimmatli qogʻozlarning oʻziga
tortadi. Investitsiyalarning hududiy kesimda yoʻnaltirilganligi, turli sohalarning
qimmatli qogʻozlaridan tarkib topgan portfellarni shakllanishiga olib keladi. Bir
hududda joylashgan emitentlarning qimmatli qogʻozlari, turli chet el qimmatli
qogʻozlari, texnologik bogʻliq, ishlab chiqarishning turli sohalari yoki bir
sohaning korxonalari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar asosida
shakllanadi.
Davlatni investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga sababchi boʻlgan
quyidagi omillarni ham ta’kidlab oʻtish mumkin:
-pul mablagʻlarini jalb qilish va holdinglar tuzish orqali bank kapitalini
jamgʻarish;
-bir qator tartibga soluvchi chora tadbirlarni amalga oshirish, masalan oʻzini
oʻzi boshqaradigan tashkilotlar tomonidan fond bozori qatnashchilar faoliyatini
nazorat qilish;
-operatsiyalarni amalga oshirayotgan birja dilerlarining individual va jamoa
mas’uliyatini oshirish;
-aksiyalar bilan spekulyativ tarzda savdo-sotik operatsiyalarini uddalaydigan
mutaxassislar va yuqori malakali investitsiya institutlarining mavjudligi hamda
ushbu operatsiyalarni amalga oshirishda soliq imtiyozlar va ragʻbatlantirishning
boshqa turlari qoʻllanishini rivojlantirish;
-koʻpchilik aksiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining nolikvidliki, «Toshkent»
RFBda qimmatli qogʻozlarlarning ikkilamchi kotirovka tizimi yukligi sababli
aktsiyadorlarning aktsiyalarini xohlagan vaqtida savdo-sotigʻini amalga oshirish
imkonining yoʻqligi, chet el investorlari qimmatli qogʻozlar bozorida amalga
oshirilgan operatsiyalar natijasida olingan daromadlarni chet elga toʻla
konvertatsiya va repatriatsiyalashning aniq mexanizmlari ishlab chiqish va
boshqalar.
Shuni ta’kidlash kerakki, investitsiya strategiyasidan kelib chiqib tijorat
bankining muayyan turiga mos ravishda investitsiya strategiyasi ishlab chiqilishi
lozim, ya’ni bozor imkoniyatlaridan toʻliq va maksimal foydalanishga qaratilgan
aktiv strategiya va tegishli xavfsizlik darajasini ta’minlovchi passiv strategiya
hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlarni passiv boshqarishdan farqli ravishda aktiv boshqarish,
notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlay olish va mohirona savdosini
|
| |