|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 380/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
377
chiqib qaysi emitentning aksiya yoki obligatsiyasi likvidliroq boʻlsa shu qimmatli
qogʻozga investitsiya kiritish mumkin boʻladi. Reytingni belgilashda barcha
emitentlarning moliyaviy holatlari inobatga olinishi darkor.
Shu bilan bir qatorda koʻplab boshqa amaliy ishlarni amalga oshirish tavsiya
etiladi. Misol uchun, aksiya egalari oʻzlariga qoʻlay vaqtda aksiyalar savdosi
operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlaridan yaratish berish darkor.
Shunday qilib, banklarni infratuzilmasi ta’minotini rivojlantirish borasida
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarini infratuzilmaviy xizmat koʻrinishini
universal tizimini yaratish lozim. Umuman olganda infratuzilmani rivojlantirishda
nazorat va javobgarlikni kuchaytirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash kabi
ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib investitsiya portfeli haqida biroz toʻxtalib
oʻtamiz. Investitsiya portfeli deganda – jismoniy yoki yuridik shaxsga, yaxlit
boshqarish obyekti sifatida ulush huquqiga ega boʻlishga harakat qilayotgan,
jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning qandaydir
majmui tushuniladi.
Investitsiya portfelini boshqarish oʻz ichiga turli qimmatli qogʻozlarni,
muayyan usullar va texnologik imkoniyatlarning eng maqbul majmuini qamrab
oladi. Investitsiya portfelini mohiyati aynan aktivlarning turli guruhlari orasidagi
potentsial taqsimlashdan iboratdir.
Umuman aytganda tijorat banklari menejerlari oldida turgan maqsad – bu,
investorlar manfaatlarini inobatga olib, maqbul daromad va idrokli riskni
koʻzlagan holda oʻz aktivlari portfelini shakllantirishdan iborat.
Investitsiya portfelini shakllantirishda oldin investor quyidagi koʻrsatkichlarni
belgilab olishi zarur deb hisoblaymiz:
- portfelning eng maqbul turini belgilash;
- oʻziga maqbul boʻlgan portfelda risk va daromadlik nisbatini baxolash; -
portfelning dastlabki tarkibi;
- portfelni boʻlgusi boshqarish chizmasini tanlash.
Bank tomonidan sotib olinayotgan qimmatli qogʻozlarning daromadligi va
riskning oʻzaro nisbatini toʻgʻri baholashga asoslangan bu koʻrsatkich portfelning
investitsiya xususiyatini belgilaydi. Bunda portfel turini tavsiflashda asosiy e’tibor
daromadning manbai va u qanday yoʻl bilan olinayotganligiga qaratiladi. Qimmatli
qogʻozlar investitsiya portfelini boshqarish bank portfelining risk va daromadlik
koʻrsatkichlarining oʻziga maqbul holatini tez va aniq oʻrganishlari va
shunga
yarasha
oʻziga hamda
mijozlarga
tegishli
boʻlgan qimmatli
qogʻozlarning optimal tuzilishini ham aniqlashlari kerak. Ushbu muammolarni
yechishda qimmatli qogʻozlar qanchalik riskli boʻlsa, undan olinayotgan
daromad ham shunchalik yuqori boʻlishi kerak va aksincha, daromad qanchalik
ishonchli boʻlsa, daromad stavkasi shunchalik past boʻladi.
Portfelning likvidligi uni tezda va qiymatini saqlab qolgan holda pulga
aylantirishni kafolatlaydi. Ushbu vazifa jamgʻarmani toʻliq saqlab qolish
imkoniyatiga ega boʻlgan pul bozori portfeli a’lo darajada bajaradi. Bunday
portfel tarkibiga naqd pul va tez sotiladigan aktivlar kiradi. Qimmatli qogʻozlar
|
| |