“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
376
harakatlar quyidagilarga yoʻnaltirilishi kerak deb hisoblaymiz:
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida banklarning investitsion operatsiyalarini
salmogʻini oshirish uchun, fikrimizcha, davlat bosh islohotchi degan iboraga
e’tibor
qaratgan holda, davlat tijorat banklarining qimmatli qogʻozlardan oladigan
daromadlariga soliq solinishini bekor qilishi, yoki aynan qimmatli qogʻozlardan
olinadigan daromadlarga qisqartirilgan soliq stavkani qoʻllash orqali banklarga
koʻproq
imkoniyatlar
yaratishi,
bu
bilan
esa
fond
bozorini
yanada
rivojlantirishga imkoniyat yaratishi lozim;
2. Hukumat qimmatli qogʻozlarini fond bozoriga chiqarilishi,
bunda
fikrimizcha qimmatli qogʻozdan olinadigan daromadning ulushi inflyatsiya
darajasidan yuqoriroq belgilanishi maqsadga muvofiq boʻlar edi. Natijada
banklarimizning qimmatli qogʻozlar portfelida Rossiya banklari singari hukumat
qimmatli qogʻozlarining ulushi salmoqli ulushga ega boʻlishi mumkin. Bu esa
kelajakda ushbu qimmatli qogʻozlardan olinadigan daromadlarning kafolanganligi
va risksiz ekanligi bilan banklarni oʻziga jalb
etishi hamda milliy fond
bozorimizning ham rivojlanishiga katta ta’sir koʻrsatishi mumkin deb
hisoblaymiz;
3. Muntazam foyda bilan faoliyat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning
qimmatli qogʻozlarini fond bozoriga chiqarilishi, banklarning qimmatli
qogʻozlarga qilinadigan investitsiyalari miqdorini koʻpaytirishi shubhasiz.
Bu esa
fond bozorida likvidli qimmatli qogʻozlar koʻpayishiga sabab boʻladi va natijada
ham banklar, ham boshqa investorlarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan qiziqishlari
ortadi. Mamlakatimizda aynan shunday korxonalar juda ham koʻp, misol uchun
tekstil korxonalari yoki eksport bilan shugʻullanuvchi boshqa korxonalar. Bunda
kerak boʻlsa davlat korxonalarini ham ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq
boʻlar edi, zero davlat korxonalarining faoliyati va ularning qimmatli
qogʻozlarining riskka tortilish darajasi nisbatan kamroqdir. Aksiyalar savdosi bilan
spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirish qobiliyatiga
ega yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash;
4. Fond bozori ishtirokchilarining ayniqsa emitentlarning joriy faoliyatlari
toʻgʻrisidagi axborotlarni oshkor etilishi fikrimizcha banklarning va boshqa
investorlarning ham fond bozoridagi faollashishlariga olib kelishi mumkin. Bunda
emitentning moliyaviy holatining
yillik, choraklik, kerak boʻlsa
oylik
hisobotlarini koʻrib chiqishga imkoniyat yaratish darkor. Natijada banklar va
boshqa investorlar ushbu hisobotlardan kelib chiqib kelajakda qaysi emitentning
qimmatli qogʻoziga investitsiya kiritishni belgilab olishi mumkin. Shu bilan
birgalikda ushbu hisobotlarning toʻgʻriligi uchun, fond bozorini nazorat qiluvchi
regulyatorlar tomonidan ma’lum javobgarlik yuklanishi kerak boʻlsa, jazo
choralari belgilab qoʻyilishi maqsadga muvofiq boʻladi;
Fond bozori ishtirokchilarining qimmatli qogʻozlarining
likvidligiga qarab
reyting tuzilishi ham fikrimizcha banklar va boshqa investorlarning fond bozori
rivojlanishiga hissalarini qoʻshishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunda banklar va
boshqa investorlar qaysi emitentning qimmatli qogʻozini xarid qilishi va qachon
uni qayta sotishini osonroq va qulayroq belgilab olishi mumkin. Shundan kelib