|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 382/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
379
amalga oshirishdir. Bu aktiv investor uchun passiv investorga nisbatan yaxshi
natijalarni qoʻlga kiritish imkoniyatini beradi.
Qimmatli qogʻozlarni passiv boshqarish deganda uzoq muddatli istiqbolga
moʻljallangan va ehtimol risk inobatga olingan puxta diversifikatsiyalangan
portfellarni shakllantirish tushuniladi. Ushbu yoʻnalish rivojlangan qimmatli
qogʻozlar bozori va yuqori sifatli qimmatli qogʻozlarga boy boʻlgan samarali
bozorga xosdir. Hozircha esa Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozori bular
hisobiga kirmaydi.
Inflyatsiya sharoitida, asosan qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar bozori
mavjudligida hamda Oʻzbekiston fond bozori konyunkturasining beqarorligi
sababli ushbu yondoshuv samarasiz va ehtimoldan uzoqday koʻrinadi, negaki
passiv boshqaruv faqatgina risk darajasi past boʻlgan qimmatli qogʻozlar
portfeliga nisbatan yaxshi samara beradi. Ikkinchidan, portfel uzoq muddatli
boʻlishi kerak. Bu esa passiv boshqarishning asosiy afzalligi, ya’ni qoʻshimcha
xarajatlardan holi boʻlishni ta’minlaydi.
Investitsiya portfellari toʻgʻrisidagi fikrlarni umumlashtirib quyidagicha
xulosa chiqarish mumkin. Investitsiya portfeli jismoniy yoki yuridik shaxsga
tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlar majmui hisoblanadi. Bu portfelni boshqarish
juda murakkab portfeldir va buni boshqarishdan maqsad portfelni investitsiya
xususiyatini saqlab qolishdir. Protfelni investitsiyani boshqarishda investor oʻzi
uchun shart-sharoit yaratish zarur. Banklar esa qimmatli qogʻozlarni optimal
tuzilishini aniqlashi zarur. Bundan tashqari banklar qimmatli qogʻozlarni bir qator
xususiyatlarini aniqlashi hamda shunga asosan faoliyat yuritishi lozim boʻldi.
Bu holatni qatoriga ishonchlilik, likvidlilik kabi x ususiyatlarni qoʻshish mumkin.
Bu uchchala xususiyat asosan pul bozori portfelida namoyon boʻladi.
Investitsiya portfelini boshqarishda aktiv va passiv strategiyalari mavjud.
Aktiv strategiyada asosan e’tibor bozor investitsiyalaridan toʻliq va maksimal
darajada foydalanishni bilish zarur.
Investitsiya portfelini boshqarishda umumiy muammo bu qimmatli
qogʻozlar bozoridagi q immatli qogʻozlar bilan boʻladigan operatsiyalarga oid
muammolar, funksional munosabatlarni boshqarish bilan bogʻliqdir. Bu
muammolarning boʻlishi esa banklarga erkin faoliyat yuritishlariga toʻsqinlik
qilishi mumkin.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotga tadbiq etilishi banklarning qimmatli
qogʻozlar bilan investitsion operatsiyalarini rivojlantirishga sharoit yaratishi
mumkin. Buning uchun bank muassasalari va boshqa idoralar bilan birgalikda
koʻplab chora-tadbirlar koʻrishlari va bu esa qimmatli qogʻozlar bilan investitsion
operatsiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozorida samarali faoliyat yuritish uchun
qulay sharoitlar mavjudligiga qaramay, koʻpgina tijorat banklari davlat moliya
bozorining
eng
muhim
segmentini
intiluvchanliksiz
oʻzlashtirishmoqda,
vaholanki, ushbu bozorning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ishga solish milliy
iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan boʻlar edi.
Alohida olingan bank institutlarining ushbu yoʻnalishdagi passivligi
|
| |