“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
415
jismoniy shaxslar egalik qilmoqda.
4-rasm. Korporativ obligatsiyalarga kiritilgan xorijiy investitsiyalarda
investorlar ulushi, mlrd. soʻm
312
4-rasmda korporativ obligatsiyalarga kiritilgan
xorijiy investitsiyalarda
investorlar ulushi oʻrganilgan boʻlib, korporativ obligatsiyalarning 21,2 mlrd. soʻm
hajmi yoki jamiga nisbatan 83 foizi yuridik shaxslarga tegishli ekanligi qayd etilgan.
Shuningdek, xorijiy investorlar egalik qiluvchi 4,2 mlrd. soʻm hajmiga yoki jamiga
nisbatan 17 foiziga jismoniy shaxslar egalik qilmoqda.
Korporativ qimmatli qogʻozlar orqali biznes loyihalarini
moliyalashtirishda
xorijiy investorlarning ishtirokini oʻrganish asosida quyidagilarni ta’kidlash lozim.
Birinchidan, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va iqtisodiyotga investitsiyalarni
jalb qilishda kapital bozorining imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur.
Ikkinchidan, kapital bozorida korporativ qimmatli qogʻozlari
savdosini oshirish
boʻyicha tartibga soluvchi organlar tomonidan davlat
tomonidan tartibga solish
hamda oʻzini oʻzi tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Uchinchidan,
kapital bozorida an’anaviy korporativ qimmatli qogʻozlari savdosini oshirish uchun
korxonalarda dividend siyosatini
samarali tashkil etish,
korxonalarning moliyaviy
koʻrsatkichlarini yaxshilash va investitsion jozibadorligini oshirish zarur.
Toʻrtinchidan, korporativ qimmatli qogʻozlar orqali xorijiy
investitsiyalarni jalb
qilishda mahalliy fond birjasining xorijiy fond birjalari
bilan integratsiyasini
kuchaytirish hamda kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirishga e’tibor qaratish
maqsadga muvofiq.