|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
47
- ilmiy-ta’lim markazlari esa innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqadi,
fuqarolar va korxonalarni yashil iqtisodiyot tamoyillari haqida oʻqitadi va
xabardorligini oshirish bilan shugʻullanadi
80
;
- davlat-xususiy sheriklik negizida hukumat oʻrtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish ta’siri, biznes va fuqarolik jamiyati yashil iqtisodiyot loyihalarini
amalga oshirish, birgalikda moliyalashtirish va ekspertiza bilan ta’minlash nazarda
tutiladi;
- yashil tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash uchun fondlar va dasturlar boʻlib,
bunga qayta tiklanadigan energiya sohasida loyihalarni moliyalashtirish va yashil
iqtisodiyotga oʻtishni ragʻbatlantirish uchun barqaror rivojlanish, ekologik toza
texnologiyalar va loyihalarni joriy etish bilan shugʻullanuvchi yangi va
rivojlanayotgan korxonalarga imtiyozli shartlarda grantlar, subsidiyalar va kreditlar
beradigan maxsus jamgʻarmalar va dasturlar yaratish kiradi.
- qayta aloqa mexanizmlari va jamoatchilik ishtirokiga yashil iqtisodiyotni
boshqarishning muhim elementi boʻlgan qarorlar qabul qilish jarayoniga
jamoatchilikni jalb etish, shaffoflikni ta’minlash va dastur va loyihalarning borishi
toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish kiradi. Bunga jamoatchilik muhokamalarini
oʻtkazish, ekologik ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilish va ovoz berish
uchun platformalar yaratish, barqaror rivojlanish sohasidagi yutuq va muammolar
yuzasidan monitoring va hisobot berish orqali erishiladi.
Yashil iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasi koʻp bosqichli boʻlishi va turli
darajadagi davlat boshqaruv boʻgʻinlari, biznes, ilmiy doiralar va jamoatchilik
oʻrtasida muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini oʻz ichiga olishi
kerak. Bu borada ekologik maqsadlarga erishish, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy
adolatni ta’minlashga qaratilgan kompleks dastur va loyihalarni ishlab chiqish va
amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Binobarin, bunday yondashuv yashil
iqtisodiyotga oʻtish jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik manfaatlarni
muvozanatlash orqali barqaror rivojlanishga yetaklaydi.
Yashil iqtisodiyotni boshqarish uchun institutsional tuzilmani aks ettiruvchi
batafsil va tashkiliy tuzilma boʻyicha quyidagi tarkibiy tavsiyalarni berish mumkin,
ya’ni diagramma quyidagi elementlarni oʻz ichiga olishi kerak:
1. Mamlakat sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiruvchi yashil iqtisodiyotni
rivojlantirish milliy boʻgʻini.
2. Yashil iqtisodiyotni boshqarish boʻyicha milliy strategiyalarni mahalliy
xususiyatlarga moslashtiruvchi mintaqaviy va mahalliy boʻgʻinlar.
3. Atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishini va
sertifikatlashtirishni mustaqil nazorat qiluvchi boshqaruv boʻgʻinlari.
4. Innovatsiyalar va jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan ilmiy-ta’lim
markazlari.
5. Hukumat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni ta’minlovchi davlat-
xususiy sheriklik. Tuzilma muvofiqlashtirish, ma’lumot va qoʻllab-quvvatlash
oqimini koʻrsatish uchun strelkalar yordamida ushbu elementlar orasidagi iyerarxiya
80
Soatov A. Ekologiyada kompyuter modellashtirish va simulyatsiya // Biologiyaning zamonaviy tendensiyalari:
muammolar va yechimlar. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 912-914.
|
| |