“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
46
oshirishga qaratilgan
78
.
4. Emissiya va ifloslanishni kamaytirish qoidalari boʻlib, bular ham oʻz
navbatida korxonalar uchun zararli moddalar chiqarish chegaralarini belgilab, havo,
suv va tuproq ifloslanishi darajasini pasaytirishga yordam beradi.
5. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va ekologik
faoliyatga oid qonun
hujjatlari ham tabiiy hududlarni muhofaza qilishni ta’minlaydi,
shuningdek,
biologik xilma-xillikni saqlash va tiklashga qaratilgan faoliyatni tartibga soladi.
6. Yashil iqtisodiyotni ragʻbatlantirish uchun moliyaviy va soliqni tartibga
solish ekologik yoʻnaltirilgan loyihalar va korxonalar uchun imtiyozlar,
subsidiyalar, soliq ta’tillari, shuningdek, ekologik zararli faoliyatni tartibga solish
uchun “yashil” soliq va yigʻimlarni joriy etishni oʻz ichiga oladi.
7. Barqarorlik standartlari va sertifikatlash boʻlib bu tovarlar va xizmatlar
uchun barqaror rivojlanish standartlarini ishlab chiqish va qoʻllash, ekologik
sertifikatlash
toza mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, bu ularning bozordagi
raqobatbardoshligini va iste’molchilarning xabardorligini oshirishga yordam beradi.
8. Energiya samaradorligi qonunchiligi boʻlib, bu ham binolar,
uskunalar,
transport vositalari va ishlab chiqarish jarayonlari uchun energiya samaradorligi
talablarini kiritadi, bu energiya sarfini kamaytirish va atrof-muhitga ta’sirni
kamaytirishga yordam beradi
79
.
9. Yashil moliya va investitsiyalar sohasida tartibga solish boʻyicha huquqiy
asoslar yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga, jumladan, yashil
obligatsiyalar, ekologik jamgʻarmalar va boshqa moliyaviy vositalarga
investitsiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar va mexanizmlarni yaratib beradi.
10. Urbanistika va yashil qurilish sohasidagi siyosat va standartlar ham yashil
iqtisodiyotni tartibga solish nuqtayi nazaridan barqaror
shahar rivojlanishi
tamoyillarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan, yashil qurilish, yashil
hududlarni yaratish, atrof-muhitning izlarini kamaytirish uchun shahar hududlaridan
samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Yuqoridagi qayd qilingan yoʻnalishlarni samarali boshqarish va amalga
oshirish
uchun
barcha
darajadagi
yashil
iqtisodiyot
tashabbuslarini
muvofiqlashtirish, monitoring qilish va qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan
ixtisoslashtirilgan quyidagi muassasalar va boʻgʻinlarini yaratish zarur:
- yashil iqtisodiyotni rivojlantirish milliy boshqarmasini oʻz ichiga olib bu
boshqaruv boʻgʻini mamlakat darajasidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi,
milliy
strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqadi;
- hududiy va mahalliy yashil iqtisodiyot boshqaruvi boʻgʻinlari boʻlib, bular
milliy strategiyalarni hududlarlarning oʻziga xosligi va ehtiyojlariga moslashtirish,
mahalliy loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi;
- mustaqil nazorat boʻgʻinlari atrof-muhit va barqaror rivojlanish
qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalaydi va sertifikatlaydi;
78
Mahkamovich S.A. Qurilish majmuasida menejmentni tashkil qilishning zamonaviy shakllari // Me’morchilik va
qurilish muammolari. – 2021. – С. 128.
79
Makhkamovich S.A. Advantages of drawing mechanical details on computer // Journal of science, research and
teaching. – 2023. – Т. 2. – №. 11. – С. 56-63.