• Binolarga qo‘yilgan asosiy texnik talablar. Texnik talab
  • Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari




    Download 334 Kb.
    bet6/11
    Sana09.12.2023
    Hajmi334 Kb.
    #114101
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    ARX ON JAVOBLARI.

    Iqtisodiy talablar binoning funksional va texnologik talablariga bog‘liq bo‘lib, binolarni loyihalash, qurish va foydalanishda tejamkor texnik echimlar, kam mablag‘ talab etuvchi sanoatlashgan texnologiyalarni qo‘llash, hajmiy-rejaviy va binoda qo‘llaniladigan konstruktiv elementlarni yukorida qo‘yilgan talablarga mos kelgan holda tanlash, arzonligi va mehnat unumdorligining yuqoriligi hisobiga ta’minlanadi.

    1. Binolarga qo‘yilgan asosiy texnik talablar.

    Texnik talab deb binoni mustahkamlik, ustuvorlik, uzoq muddatga ishlashi va olovbardoshlik talablarga javob berishiga aytiladi.
    Texnik talablar. Ularning konstruktsiyalarini qurilish mexanikasi, qurilish fizikasi va ximiya qonunlariga mos ravishda bajarilishi. Bunda loyixalovchi binoga ta’sir etuvchi barcha ta’sirlarni aniqlab olishi va ehtiborga olishi lozim.
    Tashqi ta’sirlar o’z navbatida shartli ravishda kuchli va kuchsiz (yuk ko’taruvchi) ta’sirlarga bo’linadi.
    Kuchli ta’sirlarga quyidagilar kiradi:
    Doimiy – binoning o’z og’irligidan va grunt bosimining uning yer osti elementlariga ta’siri;
    Vaqtinchalik uzoq – uzoq saqlanayotgan yuklar, binoning doimiy elementlari og’irligidan (masalan, pardevorlar) kelayotgan yuklar.
    Qisqa ta’sir – xarakatdagi uskunalar og’irligidan (masalan, sanoat binolaridagi kranlar), odamlar, mebellar, qor, shamollar ta’sirida;
    Axamiyatli, maxsus - seysmik ta’sirlardan, portlashlardan va x.k.
    Kuchsiz ta’sirlarga quyidagilar kiradi:
    - temperatura ta’sirlari;
    - atmosfera va grunt namligining ta’siri;
    - xavo xarakati;
    - quyosh energiyasining ta’sirida;
    - xavodagi agressiv kimyoviy aralashmalarning mavjudligi;
    - biologik ta’sirlar (mikroorganizmlar, qurt – qumursqalar ta’siri);
    - tovush energiyasi, shovqinning ta’siri (xonaning normal akustik rejimini buzadi)
    - Mustaxkamlik – ma’lum qoldiq deformatsiyalar va buzilishlarsiz tashqi ta’sirni ko’tarish qobiliyati.
    - Ustivorlik (chidamlilik) – muvozanatni saqlash qobiliyati.
    - Kapitalnost – binoning uzoqqa chidamliligi va o’ta chidamliligiga bog’liq.
    Binoning o’tga chidamliligi yonish darajasi va asosiy konstruktsiyalarning o’tga chidamliligiga asosan 3 guruxga bo’linadi:

    1. Yonmas;

    2. Kiyin yonuvchi;

    3. Yonuvchi.

    O’tga chidamlilik darajasi uning konstruktsiyasiga boglik bulib 5 ta darajaga bo’linadi:
    - birinchi va ikkinchi daraja o’tga chidamli binolarga yonmaydigan orayopma va pardevorlarga ega tosh binolar kiradi;
    - uchinchi darajaga kiyin yonuvchi orayopma va pardevorli binolar kiradi;

      • beshinchi darajaga yogoch uylar kiradi.


      • 7.BINOGA TASIR QILUVCHI TASHQI TASIRLAR

    8.BINOLARNING TASNIFI Fuqaro binolari qo‘llanilishiga karab 4 sinfga bo‘linadi:

    1. Yirik jamoat binolari (teatrlar, muzeylar, ma’muriy binolar, 9 kavatdan baland bo‘lgan turar joy binolari);

    2. Ommaviy quriladigan jamoat binolari va 5 qavatgacha bo‘lgan turar joy binolari;

    3. 5 qavatgacha bo‘lgan binolar;

    4. Kam qavatli turar joy binolari va vaqtinchalik jamoat binolari.

    Qo‘llanilishiga qarab turar joy binolari 4 ta asosiy turga bo‘linadi:

    1. Oila bilan doimiy yashash uchun mo‘ljallangan xonadonli yashash uylari;

    2. Ishlash davrida ishchilarning va o‘qish paytida o‘kuvchilarning vaqtinchalik (uzoq muddatli) yashashi uchun yotoqxonalar;

    3. Qisqa muddatli yashash uchun mehmonxonalar;

    4. Nogironlar va qariyalarning doimiy yashashi uchun internatlar.

    Ommaviy turar joy qurilishida 90% ko‘pini oila bilan doimiy yashashga mo‘ljallangan xonadonli uylar tashkil qiladi. QMQ (Qurilish me’yorlari va qoidalari) ga asosan bunday uylar 4 sinfga bo‘linadi:


    1-sinfga qavatlar sonidan qat’iy nazar asosiy konstruksiyalari uzoq muddatga ishlashi va olovbardoshligi 1-darajadan kam bo‘lmagan turar-joy binolari kiradi.
    2-sinfga 9 qavatgacha bo‘lgan turar-joy binolari, uzoq muddatlilik va olovbardoshliligi 2-darajadan kam bo‘lmagan binolar kiradi.
    3-sinfga 5 qavatgacha bo‘lgan turar joy binolari, uzoq muddatlilik kamida 2-daraja va olovbardoshligi kamida 3-darajaga ega bo‘lgan binolar kiradi.
    4-sinfga 2 qavatgacha bo‘lgan binolar, uzoq muddatliligi kamida 3-daraja va olovbardoshlik darajasi normalanmagan binolar kiradi.
    Uzoq muddatliligi bo‘yicha binolar quyidagi sinflarga bo‘linadi:

    1. 100 yildan ortiq

    2. 50-100 yil

    3. 25-50 yil

    4. 25 yilgacha

    9.BINO VA INSHOOTLAR HAQIDA TUSHUNCHA. Insonning u yoki bu faoliyati uchun zarur bo’lgan turli xonalar joylashtirilgan yer usti inshootlari binolar deyiladi (turarjoy binolari, maktablar, fabrikalar, zavodlar, teatrlar va boshqalar).
    Kishilik jamiyatining barcha moddiy va madaniy talablarini qondirish uchun insonlar tomonidan qurilgan barcha binolar inshootlar deyiladi.
    Tunellar, ko’priklar (daryo, kanal, ko’llar ustidan quriladi), viaduk (chuqur g’orlar, tog’ g’orlari orqali o’tadi), bir qavatli va ko’p qavatli yer osti va yarim yer osti garajlar, avtoto’xtov joylari, minoralar va boshqalar muxandislik (injenerlik) inshootlari deyiladi, chunki ularda aloxida xonalar bo’lmaydi yoki aloxida xonalar asosiy maqsadni aniqlamaydi (belgilamaydi).

    Download 334 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 334 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari

    Download 334 Kb.