• Fizik-texnik talablar
  • Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari




    Download 334 Kb.
    bet5/11
    Sana09.12.2023
    Hajmi334 Kb.
    #114101
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    ARX ON JAVOBLARI.

    Texnik talab deb binoni mustahkamlik, ustuvorlik, uzoq muddatga ishlashi va olovbardoshlik talablarga javob berishiga aytiladi.
    Arxitektura-badiiy talablar bino va inshootlarning tashqi tomondan ko‘rinishi, intereri yuqori estetik va badiiy talablarga javob beradigan, iqlim sharoitimiz, milliy an’analarimiz, mazmun va shakl birligi, mavjud binolar bilan uyg‘unlashish masalalarini echish bilan amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari ushbu talab oxirgi yillarda xalqaro talablarga javob beradigan, o‘ziga jalb etadigan xilma-xil tashqi pardozbop ashyolardan keng foydalanish hisobiga ham amalga oshirilmoqda.
    Fizik-texnik talablar asosan binoning tashqi muhitdan to‘sib turuvchi konstruksiyalarning chidamliligi bilan bog‘liqdir. Bular: binoni issiqdan himoya qilish, tashqi to‘siqlarning havo o‘tkazmasligi, namlikka chidamlilik, tovushdan himoyalash, sovuqqa chidamlilik, korroziyaga chidamlilik va hokazolardir.
    Bino qismlarini buzilish jarayonini tezlatuvchi asosiy sabablardan biri bu suvning uch fizik holatidir, ya’ni suyuq, qattiq (muz, qirov, qor) va gazsimon (bug‘) holatlardagi ta’sirlaridir.
    SHuning uchun binolarni loyihalash, qurish va foydalanishda konstruktiv elementlar ashyolarni tanlash hamda ularni ishlatish yuqorida qayd etilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda olib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Binolarining er ustki va er ostki qismlari bo‘lib, ular binoning asosiy konstruktiv elementlaridan iborat bo‘ladi. Qo‘llanilishiga qarab binolarning konstruktiv elementlari yuk ko‘taruvchi va himoya vazifasini o‘tovchi turlarga bo‘linadi. Ularning ko‘pchiligi bir vaqtda ikkita vazifani o‘tovchi bo‘lib xizmat qiladi. Binodagi elementlar doimo turli xildagi ta’sirlar ostida ishlaydi.
    Ta’sirlar kuchli va kuchsiz turlarga bo‘linadi. Barcha turdagi ta’sirlar binoning konstruktiv echimiga, tabiiy - iqlim va mahalliy sharoitlarga, ekspluatatsiya qilish rejimiga va qurilish-montaj ishlari sharoitlariga qarab turlarga ajratiladi. Ta’sirlar kattalik, ta’sir vaqti va takrorlanish darajasi bo‘yicha o‘lchanadi.

    Download 334 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 334 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari

    Download 334 Kb.