|
Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari
|
bet | 8/11 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 334 Kb. | | #114101 |
Bog'liq ARX ON JAVOBLARI.17.Ягона модул тизими Bino va inshoatlarning tarxiy-xajmiy ko‘rsatkichlari va hamda qurilish materiallari va konstruksiyalarining geometrik o‘lchamlari yagona modul tizimi asosida belgilanadi.
YAgona modul tizimi (YaMT) tarxiy-xajmiy echimlar, konstruktiv elementlar o‘lchamlarining 100mm ga teng modul asosida, o‘zaro bog‘lash va muvofiqlashtirish (koordinatsiya) qoidalarini birlashtirishga qaratilgandir.
YaMTning asosiy maqsadi qurilish konstruksiyalari va materiallarining xillari va o‘lchamlarini kamaytirish yo‘li bilan loyihalash va qurilishni tiplashtirish va unifikatsiya asoslarini yaratishidir.
Bino hajmiy–rejaviy parametrlarini, qurilish konstruksiyalari va jihozlarini geometrik o‘lchamlarini andozalash yagona modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Bu tizimda birlik modul 100 mm qabul qilingan bo‘lib, M harfi bilan belgilanadi.
Binolarni loyihalashda va qurishda asosiy moduldan tashqari hosilaviy modullar ham qo‘llaniladi. Ular yiriklashtirilgan va kasrli bo‘ladi.
Yiriklashtirilgan modullar-6000,3000,1500, 1200,600, 300,200 mm, 60M, 30M, 15M, 12M, 6M, 3M va 2M qilib belgilanadi. Bunday modullar bino hajmiy-rejaviy parametrlari (qadam, oraliq va qavat balandligi) ni qisqartirishga olib keladi va konstruksiyalarning turlashtirilgan o‘lchamlarini ham qisqartiradi.
Kasr modullar-50,20,10,5,2 va 1 mm, 12M, 15M, 110M, 120M, 150M va 1100M bo‘lib, konstruktiv elementlarning kichkina kesimlarining o‘lchamlarini, plita va list ashyolarning qalinliklarini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
18.Биноларнинг ҳажмий-режавий параметрлари. ????
19 Конструктив элементларининг номинал, конструктив ва натуравий ўлчамлари. Binoning modulli bog‘lovchi o‘qlari orasidagi loyihaviy masofa yoki uning konstruktiv elementining shartli o‘lchamiga nominal modul o‘lcham deyiladi. Nominal o‘lchamdan boshqa konstruktiv va naturaviy o‘lchamlar ham bo‘ladi.Konstruktiv o‘lcham bu nominal o‘lchamdan me’yorlangan oraliq yoki chokdan farq qiluvchi (5,10,15 va 20 mm) konstruktiv element, qurilish jihozlari va qurilmalarining loyihaviy o‘lchamiga aytiladi.Naturaviy o‘lcham bu konstruktiv elementning, qurilish jihozi yoki qurilmasining xaqiqiy o‘lchamidir.
20 Квартира ва унинг таркиби Ҳажмий-режавий ечимлари Kvartirada yashash xonalari, oshxona, daxliz, xojatxona, vanna yoki dush bo’lmasi, devor ichiga kurilgan shkaflar, yozgi xonalar(ayvonlar) ko’zda tutilishi kerak.
1 jadval
Kvartiralar
Turi
|
Oila tarkibi,
Odam
|
Kvartira maydoni*) (yozgi xonalarsiz), m2
|
SHu jumladan yashash maydoni,
m2
|
1-xonali
1-xonali
2-xonali
3-xonali
4-xonali
5-xonali
6-xonali
|
1
2
3
4
5
6
7(8)
|
28-30
32-36
48
64
80
96
114
|
14-16
18-20
30
40
53
66
78
|
Turar joylarni loyihalashga qo‘yiladigan muhim talablarga yashash va yordamchi xonalar yuzalarini to‘g‘ri ta’minlash va ularning funksional maqsadi bo‘yicha joylashtirish hamda ularni o‘zaro bog‘lash ishlari kiradi.
YAshash xonalarining yuzasi 1 xonali xonadonlarda 50-54%, 2 xonalida 54-58%, 3-4 xonalida 60-66% xonadonning umumiy maydonini tashkil qilishi kerak. Bu nisbatlardan cheklanish diskomfortga olib keladi va xo‘jalik ishlarini bajarilishini qiyinlashtiradi.
YAshash xonalarini rejalashtirish ularning funksional maqsadi, mebellarning tarkibi va joylashishi, bo‘sh joylarni qoldirish, estetik talablar, modul koordinatsiya parametrlari va qo‘shni xonalar bilan bog‘lanishini aniqlab beradi. Bu xonalarning rejadagi proporsiyasiga ya’ni enini bo‘yiga nisbati bo‘yicha qabul qilinadi: 1:1; 1:1,25; 1:1,5 nisbatdagi xonalar qulay, 1:1,75 ruxsat qilingan, 1:2 qulayligi kam bo‘lgan nisbatlar hisoblanadi. 1,25:1,15; 1,2:1 nisbatlar esa issiq iqlimli rayonlarda qursa bo‘ladigan nisbatlar hisoblanadi.
YAshash xonalarining uzunligi QMQ bo‘yicha kamida 3m ko‘pi bilan 6 m bo‘lishi kerak. Umumiy xonaning eni kamida 2,4m bo‘lishi kerak. Umumiy xona oilaning dam olishi, mehmonlarni kutish, ovqatlanish va bir xonali uylarda 1-2 uxlash joylari bo‘lgan xona sifatida qo‘llaniladi.
Umumiy xona yuzasi 1 xonali xonadonlarda 20 m2, 4,3,2 xonali xonadonlarda esa 16 m2 qabul qilinadi.
Uxlash xonasi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, kiyim javoni, kitoblarni saqlash uchun foydalaniladi. Uxlash xonasining yuzasi 1 odam uchun 10-12 m2, ota-onalar uchun 14 m2, 2 bola uch 10-12 m2.
Oshxona ovqat tayyorlash, qozon–tavoqlar, mahsulotlarni saqlash va har kuni ovqatlanish uchun qo‘llaniladi. YUzasi 1,2,3 xonali xonadonlarda 8 m2 , 4,5,6 xonali xonadonlarda 10 m2 olinadi. Qishloq uylarida 8-12 m2 olishga tavsiya qilinadi.
Xonadon sanitar tugunlari 2 xonadan tashkil topadi, ya’ni vanna- yuvinish va hojatxonadan, 1 xonali xonadonlarda vanna va hojatxona bir xonada joylashtiriladi. Vannaxonani ichki o‘lchamlari kamida 1,73 x 1,5m bo‘lishi kerak. Agarda hojatxona eshigi tashqariga ochilsa 0,8 x 1,2 m, eshik ichkariga ochilsa 0,8 x 1,5 m o‘lchamda qabul qilinadi.
Dahlizning eni kamida 1,4 m va yuzasi kamida 3 m2 bo‘lishi kerak. Xo‘jalik omborxonasi 1-2 xonali xonadonlarda kamida 1m2, 3-4-5 xonali xonadonlarda 1,5 m2 , 0,8 (kamida 0,6 ) m chuqurlikda qilinadi.
Xonadon ichidagi koridorlarning eni yashash xonalariga kiruvchi joylarda kamida 1,1 m, boshqa xonalarga kirilganda eni 0,85 m bo‘lishi kerak. Koridorning balandligi 2m qilinadi, chunki yuqori qismda antrisol joylashtiriladi.
Xonadon yozgi xonalariga balkon, lodja, terassa va erkerlar kiradi.
21. Турар жой биноларининг асосий конструктив элементлари Turar joy binolarining asosiy konstruktiv elementlariga poydevorlar, devorlar, qavatlararo yopmalar, alohida tayanchlar, tom, deraza, eshiklar, zinalar hamda ichki to‘siq (parda) devorlar kiradi.
Birinchi qavatning poli sathidan pastda joylashgan konstruktiv elementlar-poydevor, erto‘la, texnik maqsadlarga mo‘ljallangan erto‘la devorlari binoning er osti qismi hisoblanadi. Birinchi qavat poli sathidan balandda joylashgan konstruktiv elementlar binoning er usti qismini tashkil qiladi.
Poydevorlar binoning er osti qismi bo‘lib, ular bino og‘irligini o‘ziga qabul qilib, uni zaminga uzatuvchi konstruksiyadir.
Devorlar o‘z vazifasiga va joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi to‘siq, ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalarni bir-biridan ajratib turuvchi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ular yuk ko‘taruvchilik vazifasini ham bajaradi. Devorlarning yuk ko‘taruvchi, o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi va osma turlari bor.
Binolarni kichik-kichik xonalarga ajratuvchi yuk ko‘tarmaydigan devorlarga pardevor (peregorodka) deyiladi. Pardevorlar odatda poydevorsiz quriladi.
Alohida tayanchlarning (yuk ko‘taruvchi vertikal elementlar-ustunlar, tirgovuch, sinch) ning vazifasi qavatlararo yopmalardan tushadigan yuklarni poydevorga uzatishdan iborat.
Qavatlararo yopmalar binoning ichki bo‘shlig‘ini qavatlarga ajratadi. Ular devorlarga (g‘ishtli, yirik panelli, yirik blokli), rigel yoki progonlarga, ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ustunlarga mahkamlanadi. Qavatlararo yopmalar doimiy va vaqtinchalik yuklarni ko‘tarish bilan birga devorlarni o‘zaro bog‘laydi, ularning ustuvorligini ta’minlaydi va butun binoning fazoviy bikrligini oshiradi.
Tomlar bino va uning konstruksiyalarini atmosfera ta’sirlaridan himoya qiluvchi elementdir. Ular tom yopish uchun ishlatilgan ashyo va uni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Tomlar konstruktiv tuzilishi jihatidan chordoqli va chordoqsiz, ya’ni tekis (o‘rama ashyolardan, mastikali) tomlarga bo‘linadi.
Zinalar bino qavatlarini bir-biriga o‘zaro bog‘laydi va odamlarni binodan evakuatsiya qilish vazifasini ham o‘taydi. Zinalar joylashgan maydonga zina katagi deyiladi. Zinalar ikki konstruktiv element-zinaning ikkita maydonchasi (sahni) va ular orasidagi qiya joylashgan qadam (marsh) dan iborat bo‘ladi. Zina qadamida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qadam chekkasiga himoya to‘sig‘i o‘rnatiladi.
Derazalar xonalarga yorug‘lik, quyosh nuri tushishi hamda xonalarni shamollatish uchun xizmat qiladi. Ular deraza o‘rni, deraza kesakisi va deraza tavaqalaridan iborat bo‘ladi.
Eshiklar xonalarni bir-biri bilan bog‘laydi, shuningdek binoga kirish va undan chiqish yo‘li hisoblanadi. Ular devordagi yoki parda devordagi eshik o‘rni, eshik kesakisi va tavaqasidan iborat bo‘ladi.
Turar joy binolarida bu elementlardan tashqari boshqa konstruktiv elementlar, ya’ni dahliz, ayvon, eshik usti soyaboni va boshqalar ham bo‘ladi.
Ekspluatatsiya va sanitariya-gigiena shartlarini ta’minlash uchun binolar sanitariya-texnika va injenerlik qurilmalari bilan jihozlanadi. Bularga isitish qurilmalari, issiq va sovuq suv ta’minoti, shamollatish, oqova suvlarni chiqarish (kanalizatsiya), axlatlarni chiqarish, gazlashtirish, elektr energiyasi bilan ta’minlash, telefonlashtirish va boshqalar kiradi. Binolarning turiga, asosiy parametrlariga, qurilish rayoniga qarab u yoki bu konstruktiv elementni o‘rnatishga sarf bo‘ladigan mablag‘lar miqdori o‘zgarib turishi mumkin.
22. Биноларнинг конструктив тизимлари Binoning konstruktiv echimini loyihalashning boshlang‘ich bosqichida konstruktiv va qurilish tizimlari hamda konstruktiv sxemalarini aniqlashdan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari
|