|
Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari
|
bet | 10/11 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 334 Kb. | | #114101 |
Bog'liq ARX ON JAVOBLARI.Zinalar bino qavatlarini bir-biriga o‘zaro bog‘laydi va odamlarni binodan evakuatsiya qilish vazifasini ham o‘taydi. Zinalar joylashgan maydonga zina katagi deyiladi. Zinalar ikki konstruktiv element-zinaning ikkita maydonchasi (sahni) va ular orasidagi qiya joylashgan qadam (marsh) dan iborat bo‘ladi. Zina qadamida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qadam chekkasiga himoya to‘sig‘i o‘rnatiladi.
Derazalar xonalarga yorug‘lik, quyosh nuri tushishi hamda xonalarni shamollatish uchun xizmat qiladi. Ular deraza o‘rni, deraza kesakisi va deraza tavaqalaridan iborat bo‘ladi.
Eshiklar xonalarni bir-biri bilan bog‘laydi, shuningdek binoga kirish va undan chiqish yo‘li hisoblanadi. Ular devordagi yoki parda devordagi eshik o‘rni, eshik kesakisi va tavaqasidan iborat bo‘ladi.
24 25. Синчли бинолар конструктив схемалари Sinchli binolarda 3 ta konstruktiv sxema qo‘llaniladi:
Bo‘ylama rigelli
Ko‘ndalang rigelli Rigelsiz 21 26. Заминлар тўғрисида тушунча ва уларга қўйиладиган талабларGrunt deb er qa’rining ustki qatlamida joylashgan tuproqqa aytiladi. Gruntlarning qoya toshli, parcha toshli, qumli (sochiluvchan) gilli va boshqa maxsus turlari bor.
Qoya toshli gruntlar – turli granit, bazalt, qumtosh, ohaktosh va boshqa tog‘ jinslarining massivlari bo‘lib, ular juda mustahkam bo‘ladi, ularning hisobiy qarshiligi 6-18 Pa va undan ortiqdir.
Parchalangan yirik toshli (krupnooblomochnыe) gruntlar tarkibiga 0,10 mm dan katta bo‘lgan chaqilgan tosh, yirik shag‘al va shunga o‘xshash tog‘ jinslari kiradi, ularning hisobiy qarshiligi 2,5-7 Pa bo‘ladi.
Qumli gruntlar tarkibiga 0,05 dan 2 mm gacha bo‘lgan jinslar kiradi. Har xil yiriklikdagi va zichlikdagi qumlarning suv shimuvchanligi katta bo‘ladi, shag‘al-qum va yirik qumlarning hisobiy qarshiligi 4,5 Pa gacha bo‘ladi.
Gilli gruntlar tarkibiga yirikligi 0,005 mm gacha bo‘lgan, o‘zaro bog‘langan mayda zarrachalardan iborat bo‘lgan jinslar kiradi. Mayda zarrachalardan iborat bo‘lgan gilli gruntlarning eng ko‘p tarqalgan turi lyossimon gruntlardir. Gilli gruntlarning hisobiy qarshiligi 2,5 Pa gacha bo‘ladi.
Grunt tarkibi tubdan o‘zgarmay sodir bo‘ladigan zamin deformatsiyasiga cho‘kish (osadka) deyiladi.
Grunt tarkibining tubdan o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladigan zamindagi deformatsiyalar o‘ta noxush cho‘kish (prosadka) deyiladi.
Zamin grunti tarkibi 50 % gacha namlangan bo‘lsa-yarim nam, 50 % dan ortiq bo‘lsa o‘ta nam va 80 % dan ko‘p namlangan gruntlarga namga to‘yingan gruntlar deyiladi.
Poydevor ostida joylashgan bino yoki inshoot og‘irligini o‘ziga qabul qiluvchi tuproq massasiga zamin deyiladi.Zaminlar tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi.
Tabiiy zamin deb qurilgan bino og‘irligini o‘zining tabiiy holatida ko‘tarib tura olishi mumkin bo‘lgan poydevor osti gruntiga aytiladi.
Sun’iy zamin deb bino og‘irligini o‘zining tabiiy holatida ko‘tara olmaydigan va shu sababli sun’iy ravishda qotirilgan va zichlashtirilgan gruntga aytiladi
27. Замин турлари.Табиий ва сунъий заимин Poydevor ostida joylashgan bino yoki inshoot og‘irligini o‘ziga qabul qiluvchi tuproq massasiga zamin deyiladi.Zaminlar tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi.
Tabiiy zamin deb qurilgan bino og‘irligini o‘zining tabiiy holatida ko‘tarib tura olishi mumkin bo‘lgan poydevor osti gruntiga aytiladi.
Sun’iy zamin deb bino og‘irligini o‘zining tabiiy holatida ko‘tara olmaydigan va shu sababli sun’iy ravishda qotirilgan va zichlashtirilgan gruntga aytiladi.
28. Заминнинг мустаҳкамлиги. Мустаҳкамлаш усуллари. Zamin mustahkamligini kamaytiruvchi va loyihalashda kuzatilmagan cho‘kishlar hosil bo‘lmasligi uchun tuproqqa er osti suvlarining ta’sirini, cho‘kishni va surilish ehtimolini nazarda tutish kerak. Poydevor qurishdan oldin tuproq shibbalanib bir tekis cho‘kishi ta’minlanadi, aks holda binoda yoriqlar paydo bo‘ladi. Agar bino qurilishi mo‘ljallangan er uchastkasi zaminga qo‘yilgan talablarga javob bermasa sun’iy zamin qilinadi. Bunda tuproqni qotirish yoki sifatsiz tuproqni sog‘ tuproq bilan almashtirish yo‘li bilan mustahkamligi oshiriladi. Almashtirilgan tuproqqa yostiq deyiladi Tuproqni qotirishning usullariga quyidagilar kiradi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari
|