|
Binolar odamlar yashashi, ishlashi va dam olishi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarning asosiylaridan biri hisoblanadi
|
bet | 7/11 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 334 Kb. | | #114101 |
Bog'liq ARX ON JAVOBLARI.Binolar odamlar yashashi, ishlashi va dam olishi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarning asosiylaridan biri hisoblanadi.
10.FUQARO BINOLARI TURLARI Fuqaro binolari – inson va jamiyatning maishiy, jamoa, madaniy va kundalik talablarini qondirish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Fuqaro binolariga:
- turar joy binolari
- jamoat binolari kiradi.
Fuqaro binolari qo‘llanilishiga karab 4 sinfga bo‘linadi:
Yirik jamoat binolari (teatrlar, muzeylar, ma’muriy binolar, 9 kavatdan baland bo‘lgan turar joy binolari);
Ommaviy quriladigan jamoat binolari va 5 qavatgacha bo‘lgan turar joy binolari;
5 qavatgacha bo‘lgan binolar;
Kam qavatli turar joy binolari va vaqtinchalik jamoat binolari.
11.SANOAT BINOLARI TURLARI. Sanoat va qishloq xo‘jaligi binolari tarkibiga zavodlar, fabrikalar, turli xildagi hayvonlarni boqish uchun mo‘ljallab qurilgan fermalar, mashina-traktor parklari va hokazolar kiradi
13.TURAR JOY BINOLARI TASNIFI Qo‘llanilishiga qarab turar joy binolari 4 ta asosiy turga bo‘linadi:
Oila bilan doimiy yashash uchun mo‘ljallangan xonadonli yashash uylari;
Ishlash davrida ishchilarning va o‘qish paytida o‘kuvchilarning vaqtinchalik (uzoq muddatli) yashashi uchun yotoqxonalar;
Qisqa muddatli yashash uchun mehmonxonalar;
Nogironlar va qariyalarning doimiy yashashi uchun internatlar.
Ommaviy turar joy qurilishida 90% ko‘pini oila bilan doimiy yashashga mo‘ljallangan xonadonli uylar tashkil qiladi. QMQ (Qurilish me’yorlari va qoidalari) ga asosan bunday uylar 4 sinfga bo‘linadi:
1-sinfga qavatlar sonidan qat’iy nazar asosiy konstruksiyalari uzoq muddatga ishlashi va olovbardoshligi 1-darajadan kam bo‘lmagan turar-joy binolari kiradi.
2-sinfga 9 qavatgacha bo‘lgan turar-joy binolari, uzoq muddatlilik va olovbardoshliligi 2-darajadan kam bo‘lmagan binolar kiradi.
3-sinfga 5 qavatgacha bo‘lgan turar joy binolari, uzoq muddatlilik kamida 2-daraja va olovbardoshligi kamida 3-darajaga ega bo‘lgan binolar kiradi.
4-sinfga 2 qavatgacha bo‘lgan binolar, uzoq muddatliligi kamida 3-daraja va olovbardoshlik darajasi normalanmagan binolar kiradi.
Uzoq muddatliligi bo‘yicha binolar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
100 yildan ortiq
50-100 yil
25-50 yil
25 yilgacha
14.BINO KONSTRUKTSIYALARI OLOVBARDOSHLIK CHEGARASI Binolarning olov ta’sirida o‘z ustuvorligini yo‘qotguncha bardosh berish qobiliyatiga olovga bardoshlilik deb ataladi.
Binodagi qurilish ashyolari va konstruksiyalari o‘t oluvchanligi bo‘yicha:
a) YOnmaydigan (tabiiy va sun’iy toshlar, po‘lat va h.zo);
b) Qiyin yonadigan (yonmaydigan anorganik moddalar bilan himoyalangan qismlar);
v) YOnadigan guruhlarga bo‘linadi.
Qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq bino va inshootlar olovbardoshliligi 5 darajaga bo‘lib qabul qilingan, ya’ni olovga chidamlilik chegarasi bilan konstruksiyalarning olov va yuqori harorat ta’siriga mustaqil hamda turg‘un turish vaqti belgilab berilgan.
Olovbardoshliligi uning konstruktsiyasiga boglik bulib 5 ta darajaga bo’linadi:
- birinchi va ikkinchi daraja o’tga chidamli binolarga yonmaydigan orayopma va pardevorlarga ega tosh binolar kiradi;
- uchinchi darajaga kiyin yonuvchi orayopma va pardevorli binolar kiradi;
beshinchi darajaga yogoch uylar kiradi.
Binolarni yong‘indan saqlash maqsadida bino konstruktiv tizimida yong‘inga qarshi to‘siqlar, yonmaydigan yopmalar va qiyin yonadigan ashyolarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
15.BINOLARNING UZOQQA CHIDAMLILIGI. Uzoqqa chidamlilik 3 guruxga bo’linadi:
1.Xizmat muddati 100 yildan ortiq bo’lgan binolar;
2.Xizmat muddati 50-100 yil bo’lgan binolar
3.Xizmat muddati 25 yildan 50 yilgacha bo’lgan binolar.
16 Қурилиш конструксияларини бир хиллаштириш ва типларга ажратиш Tiplashtirish – loyihalash va ommaviy qurilishda ko‘p marta qo‘llanaladigan konstruktiv, tarxiy-xajmiy echimlarni ishlab chiqish va ularni tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan texnik yo‘nalishdir. Tiplashtirish katologlar yordamida amalga oshiriladi.
Bu qurilish narxini pasaytirish imkonini beradi. O’z navbatida tipizatsiya unifanatsiya bilan olib boriladi, bunda ko’plab turdagi turli tipovoy detallarni ma’lum bir kamroq miqdordagi tipga keltirish, shakl va o’lchamlarini bir xillikka keltirish. Bu xolda detal va konstruktsiyalarning nafakat o’lchamlari, balki ularning asosiy xossalari xam unifikvtsiya qilinadi. (masalan, orayopma yoki tomlarning yuk ko’tarish kobiliyati, issiqlik va tovush izolyatsiyasi xossalari).
|
| |