• Turar joy binolarining asosiy konstruktiv elementlariga
  • Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari




    Download 334 Kb.
    bet9/11
    Sana09.12.2023
    Hajmi334 Kb.
    #114101
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    ARX ON JAVOBLARI.

    Konstruktiv tizim bu – o‘zaro bog‘langan, binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining birgalikda bo‘lib uning mustahkamligini, qattiqligini, ustuvorligini ta’minlaydi. Bino yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari o‘zaro bog‘langan vertikal va gorizontal elementlardan tashkil topadi.
    Gorizontal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar tomlar va orayopmalar bo‘lib vertikal yuklarni qabul qiladi va vertikal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga uzatadi. Gorizontal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar bino qattiqlik diafragmasi vazifasini bajaradi.
    Vertikal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar turli xilda bo‘ladi:

    1. Sterjenli tekis kesimli (sinchli)

    2. Tekislikli (devorli, yirik blokli)

    3. Hajmiy fazoviy (hajmiy blokli)

    Vertikal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar binolarni 5 ta asosiy tizimga bo‘ladi:

    1. Sinchli

    2. Sinchsiz ya’ni devorli

    3. Hajmiy blokli

    4. Tanali (stvolli)

    5. Qobiqli (obolochkali)Fazoviy rama sinchli tizim ko‘p qavatli seysmik ustuvor bino (9-10 dan ko‘p kavatli) larda, ishlab chiqaruvchi oddiy qurilish sharoitli binolarda qo‘llaniladi.

    Sinchli tizim-sanoat va jamoat binolarida keng qo‘llanila-di, turar joy qurilishida esa iqtisodiy bo‘lmaganligi sababli kam qo‘llaniladi.
    Sinchsiz tizim- turar joy qurilishida eng ko‘p qo‘llaniladi. Ular 30 qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llanilishi mumkin.
    Hajmiy blokli tizim – binolar ayrim yuk ko‘taruvchi ustun (stolba) lar va ust-ustiga o‘rnatilgan hajmiy bloklardan, oddiy va murakkab grunt sharoitida quriladigan 12 qavatgacha balandlikli binolarda qo‘llaniladi. Ustunlar bir-biri bilan ixcham (gipkiy) va qattiq svyazlar bilan biriktiriladi.
    Tanali (stvolli) tizim – 16 qavatdan baland bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi.
    Qobiqli tizimunikal baland turar joy, ma’muriy va ko‘p funksional maqsaddagi binolarda qo‘llaniladi.

    Asosiy konstruktiv tizimlar qatorida aralash tizimlar ham keng qo‘llaniladi. Bularga:



    1. To‘liqmas sinchli tizim

    2. Sinch-diafragmali tizim

    3. Sinch-tanali

    4. Sinch-blokli

    5. Blok-devorli (blok-panelli)

    6. Tana – devorli

    7. Tana - qobiqli

    8. Sinchli – qobiqli

    23. Турар-жой биноларининг констурктив схемалари Turar joy binolarining asosiy konstruktiv elementlariga poydevorlar, devorlar, qavatlararo yopmalar, alohida tayanchlar, tom, deraza, eshiklar, zinalar hamda ichki to‘siq (parda) devorlar kiradi.
    Birinchi qavatning poli sathidan pastda joylashgan konstruktiv elementlar-poydevor, erto‘la, texnik maqsadlarga mo‘ljallangan erto‘la devorlari binoning er osti qismi hisoblanadi. Birinchi qavat poli sathidan balandda joylashgan konstruktiv elementlar binoning er usti qismini tashkil qiladi.
    Poydevorlar binoning er osti qismi bo‘lib, ular bino og‘irligini o‘ziga qabul qilib, uni zaminga uzatuvchi konstruksiyadir.
    Devorlar o‘z vazifasiga va joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi to‘siq, ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalarni bir-biridan ajratib turuvchi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ular yuk ko‘taruvchilik vazifasini ham bajaradi. Devorlarning yuk ko‘taruvchi, o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi va osma turlari bor.
    Binolarni kichik-kichik xonalarga ajratuvchi yuk ko‘tarmaydigan devorlarga pardevor (peregorodka) deyiladi. Pardevorlar odatda poydevorsiz quriladi.
    Alohida tayanchlarning (yuk ko‘taruvchi vertikal elementlar-ustunlar, tirgovuch, sinch) ning vazifasi qavatlararo yopmalardan tushadigan yuklarni poydevorga uzatishdan iborat.
    Qavatlararo yopmalar binoning ichki bo‘shlig‘ini qavatlarga ajratadi. Ular devorlarga (g‘ishtli, yirik panelli, yirik blokli), rigel yoki progonlarga, ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ustunlarga mahkamlanadi. Qavatlararo yopmalar doimiy va vaqtinchalik yuklarni ko‘tarish bilan birga devorlarni o‘zaro bog‘laydi, ularning ustuvorligini ta’minlaydi va butun binoning fazoviy bikrligini oshiradi.
    Tomlar bino va uning konstruksiyalarini atmosfera ta’sirlaridan himoya qiluvchi elementdir. Ular tom yopish uchun ishlatilgan ashyo va uni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Tomlar konstruktiv tuzilishi jihatidan chordoqli va chordoqsiz, ya’ni tekis (o‘rama ashyolardan, mastikali) tomlarga bo‘linadi.

    Download 334 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 334 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yillarda 0‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. Soha bo’yicha Prezident qarorlari va farmoyishlari

    Download 334 Kb.