• Binolar vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi
  • Funksional talab
  • -1991 YILLAR ARXITEKTURA VA KURILISHI




    Download 334 Kb.
    bet4/11
    Sana09.12.2023
    Hajmi334 Kb.
    #114101
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    ARX ON JAVOBLARI.

    1917-1991 YILLAR ARXITEKTURA VA KURILISHI
    1966 yilda er kimirlagandan sung markaz shaxar Toshkentni 2 tumani turar joy komplekslarini taxlil kilinganda bu erdagi turar joy binolari kurilishi sifati keskin oshganligini kurish mumkin. Bugungi kunda xam keng va xilma xil kurinishlarga va rejalashtirishga ega bulgan erkin turli parametrli, "gilam " kurinishlar olib borilmokda. Binolarni X.Olimjon maydonidagi 18 kavatli turlari katta kizikish uygotadi. Er kimirlagandan sung Toshkentda MDX davlatlarini ishtirokida ushbu yillar davomida 5 mln.m2 turar joy maydoni egalariga topshirildi. SHayxantaur tumani xududidagi yopik bozor binosi kompleksi (1980y) kizikarli arxitektura- kurilish echimiga ega, Sirk binosi , “Turkiston”, “Xalklar dustligi” saroyi (1981y). “Xalklar dustligi” saroyi yukori darajali er silkinishi mumkin bulgan xududda joylashganligi uchun bino konstruktiv echimiga kura sinchli boglanishli tizimda kurilgan, bikrlik yadrosi bulib tomosha zali perimetri (atrofi) buylab joylashgan panjarasimon pulat konstruksiyasi xizmat kiladi. Bu konstruksiyalarni ichkarisida liftlar, zinalar va eskalatorlar va boshka kommunikatsiya jixozlari joylashgan. Asosiy yadroga 9 ball er kimirlash kuchiga bardosh beruvchi kavatlararo yopma kuyma beton disklar tutashtirilgan. Toshkent shaxri ustidan buy chuzib turgan teleminora balandligi 375m bulib, u markaziy Osiyoda eng baland minora xisoblanadi va 225m balandlikka 5 kavatli bino balandligiga teng yarus-binosi mavjud.
    4.BINOLARNING VAZIFASIGA KO’RA TURLARI. Binolar vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

    1. Fuqaro binolari;

    2. Sanoat binolari;

    3. Qishloq xo‘jaligi binolari.

    Fuqaro binolari – inson va jamiyatning maishiy, jamoa, madaniy va kundalik talablarini qondirish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Fuqaro binolariga:
    - turar joy binolari
    - jamoat binolari kiradi.
    Fuqaro binolari qo‘llanilishiga karab 4 sinfga bo‘linadi:

    1. Yirik jamoat binolari (teatrlar, muzeylar, ma’muriy binolar, 9 kavatdan baland bo‘lgan turar joy binolari);

    2. Ommaviy quriladigan jamoat binolari va 5 qavatgacha bo‘lgan turar joy binolari;

    3. 5 qavatgacha bo‘lgan binolar;

    4. Kam qavatli turar joy binolari va vaqtinchalik jamoat binolari.

    Qo‘llanilishiga qarab turar joy binolari 4 ta asosiy turga bo‘linadi:

    1. Oila bilan doimiy yashash uchun mo‘ljallangan xonadonli yashash uylari;

    2. Ishlash davrida ishchilarning va o‘qish paytida o‘kuvchilarning vaqtinchalik (uzoq muddatli) yashashi uchun yotoqxonalar;

    3. Qisqa muddatli yashash uchun mehmonxonalar;

    4. Nogironlar va qariyalarning doimiy yashashi uchun internatlar.

    Ommaviy turar joy qurilishida 90% ko‘pini oila bilan doimiy yashashga mo‘ljallangan xonadonli uylar tashkil qiladi. QMQ (Qurilish me’yorlari va qoidalari) ga asosan bunday uylar 4 sinfga bo‘linadi:


    1-sinfga qavatlar sonidan qat’iy nazar asosiy konstruksiyalari uzoq muddatga ishlashi va olovbardoshligi 1-darajadan kam bo‘lmagan turar-joy binolari kiradi.
    2-sinfga 9 qavatgacha bo‘lgan turar-joy binolari, uzoq muddatlilik va olovbardoshliligi 2-darajadan kam bo‘lmagan binolar kiradi.
    3-sinfga 5 qavatgacha bo‘lgan turar joy binolari, uzoq muddatlilik kamida 2-daraja va olovbardoshligi kamida 3-darajaga ega bo‘lgan binolar kiradi.
    4-sinfga 2 qavatgacha bo‘lgan binolar, uzoq muddatliligi kamida 3-daraja va olovbardoshlik darajasi normalanmagan binolar kiradi.
    Uzoq muddatliligi bo‘yicha binolar quyidagi sinflarga bo‘linadi:

    1. 100 yildan ortiq

    2. 50-100 yil

    3. 25-50 yil

    4. 25 yilgacha

    Jamoat binolari tarkibiga maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, o‘quv yurtlari, shifoxonalar, savdo korxonalari, umumovqatlanish korxonalari, madaniy muassasalar joylashgan binolar, ya’ni teatrlar, sport inshootlari, madaniyat saroylari, ko‘rgazma pavilonlari, ma’muriy binolar va xokazolar kiradi.


    Qavat soniga qarab turar joylar:
    - kam qavatli (1-2 qavatli)

    • o‘rta qavatli (3-5 qavatli)

    • ko‘p qavatli (6 va undan ko‘p)

    6.BINOLARGA QO’YILGAN ASOSIY TALABLAR. Funksional talab deganda qurilayotgan bino va uning xonalarini, shu binoda kechadigan funksional jarayonlarni maksimal darajada bajarilishiga aytiladi. Bu talabni bajarish binoning gabarit o‘lchamlari, iqlim muhiti (harorat-namlik rejimi va havo almashinuvi), yorug‘lik rejimi (tabiiy va sun’iy yoritilganlik), ovoz rejimi (shovqunga qarshi tadbirlar) va boshqalar orqali ta’minlanadi.

    Download 334 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 334 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -1991 YILLAR ARXITEKTURA VA KURILISHI

    Download 334 Kb.