• 40-rasm. Qon aylanish tizimi.
  • Katta va kichik qon aylanish doiralari.
  • Kichik qon aylanish doirasi.
  • 41-rasm. Yurakning o’tkazuvchi tizimlarini chizmali ko’rinishi.
  • 9.8. Homilada qon aylanishi xususiyatlari
  • 42-rasm. Homilada qon aylanishi.
  • Tug’ilish akti bilan bog’liq qon aylanishidagi o’zgarishlar.
  • Yurakning yoshga oid o’zgarishi.
  • Yurak massasining yoshga bog’liq holda o’zgarishi, g. (K.Kubat bo’yicha).
  • Qonning sistolik va daqiqalik hajmi.
  • Yurakning qisqarish chastotasi va urish (zarbali) hajmining o’zgarishi.
  • Yurakdagi elektr hodisalar.
  • 9.9. Qon tomirlari bo’ylab qonning harakati Qon harakatining uzluksizligi.
  • Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi sabablari.
  • O’g’il bolalar va qizlarda qon bosimi, mm simob ustunida (K.Kubat bo’yicha).
  • Yosh fiziologiyasi va gigienasi




    Download 4,48 Mb.
    bet16/306
    Sana24.03.2017
    Hajmi4,48 Mb.
    #2105
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   306

    9.7. Qon aylanishi



    Qon aylanishining ahamiyati. Qon o’zining hayotiy zarur funksiyalarini doimiy harakatda bo’lgandagina bajara oladi. Qonning organizmdagi harakati, uning tinimsiz aylanishi qon aylanishining mohiyatini tashkil etadi.

    Organizmni ichki muhitini doimiyligini qon aylanishi tizimi organlari ta’min etadi. Qon aylanishi tufayli barcha organlarga va to’qimalarga kislorod, to’yimli moddalar, tuzlar, gormonlar, suv olib boriladi va organizmdan almashinuv mahsulotlari chiqariladi. To’qimalarni issiqlikni juda past o’tkazganligi sababli, issiqlikni odam tanasidagi organlardan teriga va tashqi muhitga o’tkazilishi asosan qon aylanishi hisobiga bajariladi. Organizmni va uning barcha organlarini faoliyati qon aylanish organlari funksiyasi bilan chambarchas bog’liqdir.




    40-rasm. Qon aylanish tizimi.

    a-katta va kichik qon aynalish doiralari. 1-katta doiraning kapillyar to’ri; 2-o’pka doirasining kapillyar to’ri; 3-aorta; 4-chap bo’lma; 5-chap qorincha; 6-katta doiraning kapillyar to’ri; 7-katta doiraning kapillyar to’ri; 8-o’ng qorincha; 9-o’ng bo’lim; b-odam qon aylanishining umumiy tasviri; s-arteriya, vena va kapillyarlarning alohida tasviri: 1-arteriya; 2-kapillyar; 3-vena; D-kapillyarlarning tuzilishi.


    Katta va kichik qon aylanish doiralari. Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita: katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat.

    Katta qon aylanishi doirasi yurakning chap qorinchasidan, qonni aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi. Arterial qonning yo’li arteriyalar bo’ylab davom etadi, ya’ni yurakdan uzoqlashishiga qarab tarmoqlanadi va ulardan eng maydalari kapillyarlarga shoxlanadi, ya’ni ularning qalin turi butun organizmni qamrab oladi. Kapillyarlarning nozik-yupqa devorlari orqali to’yimli moddalarni va kislorodni to’qimalararo suyuqliklarga beradi. Hujayralarning hayot faoliyati mahsulotlari bu paytda to’qimalararo suyuqliklardan qonga tushadi, kapillyarlardan qon mayda venalarga tushadi va ular qo’shilib ancha yirik venalar hosil qiladi va yuqorigi hamda pastki kovak venalarga qo’yiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar vena qonini, katta qon aylanish doirasi tugaydigan o’ng bo’lmachaga olib keladi.

    Kichik qon aylanish doirasi. Yurakning o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanadi. O’pka arteriyasi orqali vena qoni o’pka kapillyarlariga olib boriladi. O’pkada kapillyarlar bilan o’pka alveolalari havosi orasida gazlar almashinuvi kechadi. O’pkadan to’rtta o’pka venalari orqali arterial qon chap bo’lmachaga qaytariladi. Chap bo’lmachada qon aylanishining kichik doirasi tugaydi. Chap bo’lmachadan qon chap qorinchaga tushadi va qaysiki u yerdan katta qon aylanish doirasi boshlanadi.

    Yurakning tuzilishi. Yurak ikkita bo’lmacha va ikkita qorincha: to’rtta kameradan iborat kovak organdir. Yurakning o’ng va chap qismlari bir-biridan uzluksiz to’siq bilan bo’lingan. Bo’lmachalardan qorinchalarga, qon to’siqlardan bo’lmacha va qorinchalar orasidagi teshiklardan o’tadi. Teshiklar klapanlar bilan jihozlangan bo’lib, ular faqat qorinchalar tomonga ochiladi. Klapanlar tutashuvchi tabaqalardan hosil bo’ladi va shuning uchun ham tabaqali klapanlar deb ataladi. Yurakning chap qismidagi klapanlar ikki tabaqali bo’lsa, o’ng tomondagisi uch tabaqalidir.


    41-rasm. Yurakning o’tkazuvchi tizimlarini chizmali ko’rinishi.

    1-sinus tuguni(Kis-Flek tuguni); 2-bo’lmacha-qorinchalar oldi tuguni(Ashoff-Tavara tuguni); 3-Giss tutami; 4- va 5-uning o’ng va chap oyoqchalari; 6-Giss tutami oyoqchalarining tarmoqlanish uchlari(Purkinye tolalari).

    Chap qorinchadan aortaga va o’ng qorinchadan o’pka arteriyalariga chiqish joyida yarim oysimon klapanlar joylashgan. Yarim oysimon klapanlar qonni qorinchalardan aortaga va o’pka arteriyasiga chiqishiga imkon beradi va qonni tomirlardan qorinchalarga qaytib kirishiga qarshilik ko’rsatadi.

    Yurak klapanlari qonni faqat bir tomonga qarab harakatlanishini ta’min etadi, bo’lmachalardan –qorinchalarga, qorinchalardan esa –arteriyalarga.

    Yurakning yuqorigi kengaygan qismini asos, qisqargan pastki qismini esa –yurak uchi deb yuritiladi.

    Odam yuragining massasi 250 g dan 360 g ni tashkil etadi.

    Yurak to’sh suyagini orqasida qiyshiq yotadi. Uning asosi orqaga, yuqoriga va o’ngga yo’nalgan bo’lsa, uning uchi esa – pastga, oldinga va chapga yo’nalgan bo’ladi. Yurakning uchi ko’krak qafasining oldingi qismini v-chap qovurg’alar orasida yotadi: ana shu yerda yurak qisqargan paytda yurak zarbi yoki turtkisi seziladi.

    Yurakni devorlarining asosiy massasini kuchli muskullar – miokard tashkil etadi va ular maxsus turdagi ko’ndalang talg’ir muskul to’qimasidan iboratdir. Yurakning turli qismlarida miokardning qalinligi turlichadir. U bo’lmachalarda ancha nozik va yupqa (2-3 mm), chap qorincha esa juda kuchli muskulli devorga ega, u hatto o’ng qorinchaga nisbatan 2,5 martaga qalindir.

    Yurak muskullarining asosiy massasi yurakga xos bo’lgan –tipik tolalar bilan namoyon bo’ladi, qaysiki ular yurak bo’limlarini qisqarishini ta’min etadi. Ularning asosiy funksiyasi – qisqaruvchanlik. Bu tipik ishchi yurak muskulaturasidir. Bundan tashqari yurak muskullarida tipik tolalar ham mavjud. Yurakdagi qo’zg’alish va uning bo’lmachalardan qorinchalarga o’tkazilishi atipik tolalarning faoliyati bilan bog’liq.

    Yurak muskullarining atipik tolalari qisqaruvchi tolalardan o’zining tuzilishi va fiziologik funksiyalari hamda xususiyatlari bilan farq qiladi. Ularda ko’ndalang talg’irligi juda zaif ko’rinadi. Lekin yengil qo’zg’aluvchan va zararli ta’sirlarga juda turg’unlik xususiyatlari yuqoridir. Muskullarning atipik tolalarining yuzaga kelgan qo’zg’alishni yurak bo’ylab o’tkazish xususiyati uchun uni yurakning o’tkazuvchi tizimlari ham deyiladi.

    Hajmi bo’yicha tipik bo’lmagan muskullar yurakning uncha katta bo’lmagan qismini tashkil etadi. Atipik muskullarning yig’ilgan joyi tugunlar deb ataladi. Shunday tugunlardan biri o’ng bo’lmachada, yuqorigi kovak venaning qo’yilish joyida joylashgan. Bu sinus –bo’lmacha tuguni yoki Kiss-Flek tuguni. Aynan ana shu tugunda sog’lom odamlarni yuragining qisqarish ritmini aniqlovchi qo’zg’alish impulslari hosil bo’ladi. Ikkinchi tugun o’ng bo’lmacha va qorinchalar orasidagi yurak to’siqlarida joylashgan – bu esa bo’lmacha, qorinchali tugun yoki Ashof Tavar (atrioventrikullyar) tuguni deb yuritiladi. Yurakning bu oblastdan qo’zg’alish bo’lmachalardan qorinchalarga qarab tarqaladi.

    Bo’lmacha –qorinchalari tugunidan qo’zg’alish bo’lmacha –qorinchalarni o’tkazuvchi tizim tolalari (Giss bog’i) bo’ylab qorinchalar orasidagi to’siqlarda joylashgan. Bo’lmacha –qorinchalar bog’ining dastasi ikkita oyoqchalarga bo’linadi, ulardan biri o’ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga yo’nalgan bo’ladi.

    Atipik muskullardan qo’zg’alish yurakning qisqaruvchi muskul tolalariga atipik muskullar guruhiga kiruvchi tolalar yordamida o’tkaziladi.
    9.8. Homilada qon aylanishi xususiyatlari
    Homilaga ona qornida rivojlanishining ikkinchi oyidan boshlab bola tug’ulgunigacha davom etadigan plasentar qon aylanishi o’rnatiladi.

    Plasiyentadan homilaga kindik venasi borsa, homiladan plasiyentaga – ikkita kindik arteriyasi boradi. Bu tomirlar kindik arqonchasini tashkil qiladi va u homilaning kindik teshigidan plasentagacha cho’zilgan bo’ladi. Kindik arqonchasining uzunligi homiladorlikning oxiriga kelib 50-60 sm.gacha yetadi.

    Homilada qonning kislorod bilan to’yinishi va uning karbonat angidrid gazidan tozalanishi plasentada yuz beradi. Homilaning to’qimalari aralash qon bilan ta’minlanadi.



    42-rasm. Homilada qon aylanishi. 1-kindik venasi; 2-darvoza venasi; 3-venozli oqim;

    Arterial qon plasentadan kindik venasi orqali homila organizmiga tushadi, kindik venasi homilani jigariga kelib u ikkita shoxga bo’linadi. Ulardan biri pastki kovak venaga venoz oqimi shaklida boshqasi esa qopqa venasiga tushadi. Shu yerda arterial qon venoz qoni bilan aralashadi, jigar venasi orqali pastki kovak venaga qo’yiladi. Shu yo’l bilan pastki kovak venada arterial qon bilan venoz qonining birinchi aralashuvi yuz beradi.

    Aralashgan qon pastki kovak vena orqali o’ng bo’lmachaga kelib qo’yiladi. Bu yerga yana yuqorigi kovak vena orqali ham venoz qoni kelib qo’yiladi.O’ng bo’lmachada yana qonlarning to’liq bo’lmagan ikkinchi aralashishi amalga oshadi.

    O’ng bo’lmachadan ancha arteriallashgan qon o’ng va chap bo’lmachalar orasidagi oval shaklidagi teshik orqali chap bo’lmachaga tushadi va undan avval chap qorinchaga va nihoyat aortaga chiqadi.

    Ancha venozlashgan qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga va nihoyat o’pka arteriyasi orqali o’pkaga tushadi, nihoyat to’rtta o’pka venasi orqali chap bo’lmachaga kelib qo’yiladi. Homilada o’pka o’z funksiyasini bajarmaydi. Homilada o’pka arteriyasi keng arterial oqim aortasi yoki botallov oqimi bilan birikadi. Shu sababli ancha yengil yo’l bilan o’ng qorinchadan haydalgan qonning asosiy massasi harakatlanadi. Qonning uchinchi aralashishi amalga oshadi. Aralashgan qon katta qon aylanish doirasi tomirlari bo’ylab organlar va to’qimalarga kelib tushadi, ularga kislorod va to’yimli moddalarni yetkazib beradi, ulardagi karbonat angidrid gazi va almashinuv mahsulotlari bilan to’yinib kindik arteriyasi orqali yana plasentaga qaytadi.

    Shunday qilib, homiladagi yurakning har ikkala qorinchalari katta qon aylanish doirasini qon bilan to’ldirib turadi, homilani arterial qon bilan to’yintirib turadi. Homilada arterial qon faqat kindik venasida va venozli yo’lda oqadi. Homilaning barcha arteriyalarida aralash qon aylanadi.



    Tug’ilish akti bilan bog’liq qon aylanishidagi o’zgarishlar. Bola tug’ilganidan keyin plasentar qon aylanishi tamom bo’ladi. Kindikning kesilishi homilani ona organizmi bilan aloqasini buzadi. Birinchi nafas olish bilan yangi tug’ilgan bolaning o’pkasi kengayadi. O’pka arteriyasi orqali qon arterial qon yo’liga tushmasdan (botallov) to’g’ri o’pkaga yo’naladi. Bu oqim yo’li qonsiz holda qoladi va tezda biriktiruvchi to’qimali paylarga aylanadi. Oqimning to’qimaga aylanishi, hayotining 6-8 ayrim vaqtlarda 9-11 haftalarida yuz beradi, bo’lmachalar orasidagi oval teshigi hayotning birinchi yarim yilining oxirida bitadi. Kindik kesilganidan keyin kindik arteriyalari va venasi ham sekin-asta bitib ketadi.

    Yurakning yoshga oid o’zgarishi. Bolaning yuragi tug’ilganidan keyin faqatgina o’smasdan, balki barcha yo’nalishlarda orta borib unda shakllarning hosil bo’lishi jarayonlari amalga oshadi (shaklining proporsiyasining o’zgarishi). Yangi tug’ilgan bolaning yuragi ko’ndalang holatda va deyarlik sharsimon shaklda bo’ladi. Nisbatan ancha katta bo’lgan jigar diafragmaning gumbazini ancha balandga ko’taradi, shundan yangi tug’ilgan bolaning yuragi balandroqda (to’rtinchi chap qobirg’alar oralig’i darajasida) joylashgan bo’ladi. Hayotning birinchi yilini oxirida o’tirish, tik turish natijasida va diafragmani pastroqqa tushishi tufayli yurak ko’ndalang joylashish holatini oladi. 2-3 yoshga yetganda yurakni uchi V-qobirg’agacha yetadi, 10 yoshli bolalarda esa deyarlik voyaga yetgan odamlardagidek holatni egallaydi.

    Hayotning birinchi yilida bolalarning yuragining bo’lmachalari qorinchalarga nisbatan tez o’sadi, so’ngra ular bir xil tezlikda o’sishadi va faqat 10 yoshga yetganidagina qorinchalarning o’sishi bo’lmachalarnikidan ustun bo’ladi.

    Bolalarning yuragi voyaga yetgan odamlarnikiga nisbatan katta. Bolalarda yurakning massasi ularning tirik massasining 0,63-0,80 % ni tashkil qilsa, voyaga yetgan odamlarda esa 0,48-0,52 % ni tashkil etadi. Yurak bolalarning hayotini birinchi yilida ancha jadal o’sadi: sakkiz oylik bo’lganda yurakning massasi ikki martaga, uch yoshga kelib uch martaga, besh yoshga kelib 4 martaga, 10 yoshga kelib esa 11 martaga kattalashadi. (jadvalga qarang).

    O’g’il bolalarda tug’ilganidan keyingi birinchi yilda yurakni massasi qiz bolalarnikidan ortiq bo’ladi.

    8-jadval

    Yurak massasining yoshga bog’liq holda o’zgarishi, g. (K.Kubat bo’yicha).

    Yosh (yillarda )

    O’g’il bolalar

    Qiz bolalar

    Yangi tug’ilgan

    17,24

    16,4

    1-2

    55,6

    52,5

    5-6

    85,1

    82,4

    9-10

    111,1

    96,8

    10-11

    112,4

    108,8

    11-12

    127,8

    125,4

    12-13

    134,2

    143,0

    14-15

    183,6

    184,0

    15-16

    193,0

    190,0

    Voyaga yetganlarda

    244,4

    -

    12-13 yoshga borganida qiz bolalarda yurakni kuchli o’sish davri boshlanadi va uning massasi o’g’il bolalarnikidan ortiq bo’ladi. 16 yoshga borganidan keyin yana qizlarning yuragi massa jihatidan o’g’il bolalarnikidan orqada qola boshlaydi.



    Yurakning ish sikli. Yurak ritmik ravishda qisqaradi: yurak bo’lmalarining qisqarishi uning bo’shashishi bilan navbatlashib turadi. yurak bo’lmalarining qisqarishi sistola deb atalsa, uning bo’shashishi esa diastola deb ataladi.

    Yurakning bir marta qisqarishi va bir marta bo’shashishini qamrab olgan, muddat yoki davr yurakning ish sikli deb ataladi. Nisbatan tinchlik davrda voyaga yetgan odamlarning yuragi bir daqiqada 75 marta qisqaradi. Bu esa, bir siklni bajarilishi uchun 0,8 soniya vaqt sarflanadi deganidir. (60:75).

    Yurakning har bir ish sikli uch fazadan iboratdir: birinchi – bo’lmachalarning qisqarishi – bo’lmachalarning sistolasi (0,1 s davom etadi) ; ikkinchi – qorinchalarning sistolasi (0,3 s davom etadi); uchinchi-umumiy pauza (0,4 s davom etadi).

    Katta jismoniy ish bajarganda yurak daqiqasiga 75 marta emas balki tezroq qisqaradi, bu paytda umumiy pauzaning davomiyligi qisqaradi.



    Qonning sistolik va daqiqalik hajmi. Voyaga yetgan odam tinch turgan paytida uning yuragi qisqarganda har bir qorincha arteriyalarga 60-80 sm3 qonni haydaydi. Qorinchalarning bir marta qisqarishi natjasida haydalgan qonning miqdori zarbli yoki sistolik hajmi deyiladi. Chap va o’ng qorinchalar doimo bir xil miqdordagi qonni haydaydilar. Yangi tug’ilgan bolaning yuragi bilan aortaga haydalgan qonning miqdori bor-yo’g’i 2,5 sm3 ni tashkil etadi. bir yoshga to’lganda uning miqdori 4 martaga, yetti yoshda esa – 9 marta, 12 yoshda esa –16,4 martaga ortadi. Yurakning qisqarish chastotasi yangi tug’ilgan bolalarda 1 daqiqada 140 martagacha yetgan bo’lsa, 13 yoshga kelib bu ko’rsatkich 80 martagacha pasayadi (jadvalga qarang). 1 daqiqa davomida yurakdan haydalgan qonning miqdori minutlik (daqiqalik) hajm deyiladi (9-Jadval).

    Bu ko’rsatkichlar voyaga yetgan odamlarda o’zaro mos holda 72 va 60 ham undan ko’proqni tashkil etadi.

    Sistola paytida qorinchalardan haydalgan qon miqdorini va 1 daqiqadagi yurakning qisqarish sonini bilgach yurakning daqiqalik hajmini aniqlash juda oson. Agar yurakning sistolik hajmi 70 sm3 ga teng bo’lsa, yurakning qisqarish soni daqiqasiga 75 marta bo’lsa, minutlik hajm 70.75 = 5250 sm3 ga teng bo’ladi

    9-Jadval.



    Yurakning qisqarish chastotasi va urish (zarbali) hajmining o’zgarishi.

    Ko’rsatkich

    Yoshi (yillarda)

    Yangi tug’ilgan

    1

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    12

    13

    14

    15

    Yurakning qisqarish chastotasi

    (1daqiqadagi puls)



    140-135

    120

    -

    95

    90

    88

    86

    82

    80

    78

    76

    72

    Yurakning zarbali hajmi (sm3)

    2,5

    10,2




    20,6

    23,0

    25,0

    27,0

    831,6

    33,4

    35,7

    38,5

    41,4

    Sport bilan shug’ullangan odamlarda yurakning minutlik hajmini ortishi asosan sistolik hajmni kattalashishi hisobiga yuz beradi, bu paytda qisqarish sonini jiddiy bo’lmagan holdagi tezlashishi kuzatiladi. Mashq qilmagan odamlarda qonning daqiqalik hajmi, faqatgina yurak ishini tezlashishi hisobiga ortadi.

    Ma’lumki, yurakning qisqarish chastotasi tezlashgan paytda yurakning umumiy pauzasining davomiyligi qisqaradi. Bu xulosadan shu narsa kelib chiqadiki, sport bilan shug’ullanmagan odamlarda yurak unchalik ham samarali ishlamaydi va juda tez charchaydigan bo’ladi. Sportchilarda yurak-qon tomirlari kasalliklari bilan sport bilan shug’ullanmagan odamlarga nisbatan ancha kam kasallanishi hyech kimga sir emas. Juda yaxshi mashq qilgan sportchilarda yurakning sistolik hajmi 200-250 sm3 gacha yetishi mumkin.

    Yurakdagi elektr hodisalar. Yurakning faoliyati ham barcha qo’zg’aluvchan to’qimalar faoliyatidagi kabi elektr hodisalar bilan birga kechadi. Ishlayotgan yurakdagi elektr hodisalarni qayd qilish usuli elektrokardiografiya deb nomlanadi. Qo’zg’algan yurakdagi hosil bo’luvchi elektr hodisalarni qayd qiluvchi sezuvchan asbob elektrokardiograf deb yuritiladi.

    Ma’lumki, elektr maydonining kuchli chizig’i potensiallar ayirmasi hosil bo’ladigan joydan hamma tomonga qarab tarqaladi. Yurak ko’krak qafasida nosemmitrik joylashgani singari, uning elektr o’qi ham nosimmetrik joylashgan. Shuning uchun qo’zg’algan yurakda yuzaga keluvchi potensiallar ayirmasini qayd qilish uchun elektrokardiografning elektrodlarini odam tanasidagi elektr o’qiga nosemitrik bo’lgan ikki nuqtasiga qo’yiladi. Ko’pchilik holatlarda elektrokardiograf o’ng va chap qo’llar bilan (birinchi bog’lanish), o’ng qo’l va chap oyoq bilan (ikkinchi bog’lanish), yoki chap qo’l va chap oyoq bilan (uchinchi bog’lanish) biriktiriladi (ulanadi).

    Qo’zg’algan yurakda yuzaga keluvchi potensiallar ayirmasi juda ham past darajali kuchlanishga egadir (voltning mingdan biri) shuning uchun elektrokardiografda kuchaytiruvchi asbob mavjud. Yurakning elektr faolligini qayd qilishda elektrokardiogarfning harakatdagi qog’oz tasmasiga chiziqcha yoziladi va unga elektrokardiogramma (EKG) deyiladi.

    Sog’lom odam yuragining elektrokardiogrammasida beshta tishcha juda aniq ko’rinadi, shulardan uchtasi yuqoriga yo’nalgan bo’lsa, (PRT) ikkitasi esa (QS) pastga yo’nalgan bo’ladi. R tishcha bo’lmachalardagi elektr hodisalarni aks ettirsa, QRST tishchalar esa yurak qorinchalaridagi qo’zg’alish to’lqinlarini harakatini xarakterlaydi.

    Elektrokardiografiya - yurak faoliyatini qayd qiluvchi juda muhim obyektiv usullardan biridir. U yurak bo’ylab qo’zg’alishni tarqalishini navbatlashuvi haqida ma’lumotlar berish bilan birga amaliy tibbiyotga yurak kasalliklari diagnostikasida bahosiz yordam beradi. Yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli (miokard infarkti) biron bitik yoki toshmalar hosil bo’lgan bo’lsa, bular tishchalar shaklini o’zgarishi bilan elektrokardiogrammada aniq ko’rinadi.
    9.9. Qon tomirlari bo’ylab qonning harakati

    Qon harakatining uzluksizligi. Yurak ritmik ravishda qisqarganligi sababli, qon tomirlarlariga qon porsiya-porsiya bo’lib tushadi. Lekin qon tomirlari bo’ylab qon uzluksiz oqim bilan oqadi. Qon tomirlari bo’ylab qonning uzluksiz oqishini qon tomirlar devorlarini elastikligi va mayda qon tomirlarida yuzaga keluvchi qon oqishiga ko’rsatiladigan qarshilik bilan tushuntirish mumkin. Ana shu qarshilik tufayli yirik tomirlarda qonning ushlab qolinishi va tomirlar devorlarining cho’zilishini chaqiradi. Yurak qorinchalarining qisqarishi natijasida bosim ta’sirida arteriyalarning cho’zilishi kuzatiladi. Yurak bo’shashgan paytida tomirlardan qonning yurakga tushishi kuzatilmaydi, elastikligi bilan ajralib turuvchi qon tomirlari devorlari qisiladi va qonni oldinga itaradi va tomirlar bo’ylab uning uzluksiz harakatini ta’minlaydi

    Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi sabablari. Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi yurakning qisqarishi va tomirlar tizimining turli qismlarida bo’ladigan qon bosimining farqlari tufayli harakatlanadi. Yirik tomirlarda qon oqimiga qarshilik unchalik katta emas, tomirlarni diametri kichrayishi bilan qarshilik orta boradi.

    Qonning yopishqoqligi bilan yuzaga keluvchi ishqalanishning yengish uchun qon o’zining yurakni qisqarishi bilan yuzaga kelgan energiyasini bir qismini yo’qotadi va qonning bosimi sekin-asta pasayib boradi.

    Qon aylanish tizimining turli qismlaridagi qon bosimining farqlari qonning qon aylanishi tizimidagi harakatini ta’minlaydi.Qon, bosim yuqori bo’lgan joydan past bo’lgan tomonga qarab oqadi.



    Qon bosimi. Qon tomirlaridagi qonning o’zgaruvchan bosimi -qon bosimi deb ataladi. Bosimning ko’lami yurakning ishi, tomirlar tizimiga tushuvchi qonning miqdori, uning periferiyaga oqish tezligi, tomirlar devorining qarshiligi, qonning yopishqoqligi, tomirlarning elastikligi bilan aniqlanadi. Eng yuqori bosim aortada bo’ladi. Qonning tomirlari bo’ylab harakatlanishi natijasida uning bosimi ham pasaya boradi.

    Yirik arteriyalar va venalarda qon oqimiga ko’rsatilayotgan qarshiliklar unchalik katta emas, shu sababli ularda qon bosimi sekin-asta pasayib boradi. Qon bosimining sezilarli kamayishi arteriolalar va kapillyarlarda kuzatiladi, chunki ularda qon oqimiga ko’rsatilayotgan qarshilik eng katta.

    Qon aylanish tizimida qon bosimi o’zgaradi. Qorinchalar sistolasi paytida qon aortaga kuch bilan haydaladi, bu paytda qon bosimi eng yuqori bo’ladi. Bu eng yuqori bosim sistolik yoki maksimal bosim deyiladi. Bu holat yurakdan yirik tomirlarga sistola paytida undan periferiyaga oqib ketayotgan qondan ko’p va katta miqdordagi qon kiritiladi va natijada yuqoridagi yuzaga keladi. Yurakning bo’shashish fazasida (diastola) arterial bosim pasayadi va diastolik yoki minimal bosim yuzaga keladi. Sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq puls bosimi deb ataladi. Puls bosimini o’lchami qanchalik kam bo’lsa, sistola paytida yurak qorinchasidan aortaga shuncha qon haydaladi.

    Odamning yelka arteriyasida sistolik bosim 110-125 mm.sim.ust.teng bo’lsa, diastolik bosim esa 60-85 mm.sim.ust.teng bo’ladi. Yosh bolalarda qon bosimi voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan jiddiy darajada past. Bola qancha yosh bo’lsa, undagi kapillyarlar turi shuncha katta bo’ladi va qon tomirlarini yuzasi shuncha katta bo’ladi, demak qon bosimi ham shuncha past bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning maksimal bosimi 76 mm.sim.ust.ga yaqin, minimal bosim esa 40-50 mm.sim.ust.teng, yosh ulg’ayishi bilan arteriya tomirlarining ko’ndalang kesimi yuzasini nisbatan torayishi tufayli qon bosimini oshishi kuzatiladi.

    6-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda yurakning o’sishi qon tomirlarining o’simidan ortda qoladi, keyingi davrlarda esa ayniqsa jinsiy yetilish davrida yurakning o’sishi tomirlarni o’sishidan ustun bo’ladi. Bu holat qon bosimi darajasida o’z aksini topadi, ayrim paytlarda o’smirlik gipertoniyasi deb ataluvchi bosim kuzatiladi, bu esa yurakning haydovchi kuchi nisbatan tor qon tomirlari tomonidan ko’rsatilayotgan qarshilikga uchraydi, tana massasi esa, bu davrda jiddiy darajada ortadi. Qon bosimining bunday ko’tarilishi odatda vaqtinchalik xarakterga ega. Lekin o’smirlik gipertoniyasi paytida jismoniy yuklamalarni dozalashda juda ehtiyot bo’lish talab qiladi.

    50 yoshdan keyin maksimal bosim 130-145 mm simob ustunigacha oshishi mumkin.Sog’lom odamlarda qon bosimining o’lchami doimiy ravishda bir xil darajada ushlab turiladi. Qon bosimi kuchli jismoniy ish bajarganda ko’tariladi. Qaysiki qon bosimini ko’tarilishiga olib keluvchi turli emotsional holatlar arterial bosimni ko’tarilishiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Qon bosimni doimiyligini ta’minlashda asab tizimining roli juda muhim. Qon bosimini o’lchamini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega bo’lganligi sababli tibbiyot amaliyotida keng qo’llanilmoqda va foydalanilmoqda.

    10-jadval

    O’g’il bolalar va qizlarda qon bosimi, mm simob ustunida (K.Kubat bo’yicha).

    Yoshi, yillar

    da


    O’g’il bolalarda

    Qizlarda

    Sistolik bosim

    Diastolik bosim

    Puls bosim

    Puls chastotasi

    Sistolik bosim

    Diastolik bosim

    Puls bosim

    Puls chastotasi

    6

    90,24

    48,27

    41,97

    97,02

    91,29

    49,63

    41,60

    98,02

    7

    98,47

    53,12

    45,38

    95,00

    94,13

    51,60

    42,53

    97,30

    8

    102,37

    60,27

    42,10

    90,58

    99,79

    55,50

    44,29

    91,38

    9

    103,37

    61,20

    49,21

    83,00

    108,33

    59,80

    44,03

    84,72

    10

    104,41

    61,50

    44,58

    88,42

    107,61

    60,92

    46,89

    86,94

    11

    106,08

    61,32

    43,64

    80,22

    110,31

    61,81

    49,00

    84,72

    12

    104,96

    65,60

    42,69

    84,75

    113,21

    66,20

    47,01

    84,48

    13

    108,98

    65,40

    47,14

    83,50

    111,75

    65,93

    45,82

    82,20

    14

    112,54

    66,38

    49,20

    82,00

    113,80

    67,20

    46,00

    80,30

    15

    115,67

    68,90

    51,15

    80,36

    115,29

    67,40

    47,84

    78,58

    16

    120,05

    73,34

    51,96

    77,10

    119,71

    69,81

    50,90

    75,08

    17

    125,30

    73,08

    52,75

    75,59

    120,77

    70,21

    50,56

    71,08

    Qonning oqish tezligi. Qon ham xuddi daryodagi suv kabi uning tor joyida tez, keng joyida esa sekin oqqanidek tomirlarning umumiy yig’indisi tor bo’lgan joylarda tez (arteriyalarda) va keng bo’lgan joylarda (kapillyarlarda) juda sekin oqadi.

    Qon aylanish tizimining eng tor qismi aorta hisoblanadi, unda esa qon eng tez oqimga ega (500 mm/s). Aortaning har bir arteriyasi, odam tanasidagi hamma arteriyalarning ko’ndalang kesimining yuzasi, aorta yuzasidan katta. Barcha kapillyarlarning yuzasini umumiy yig’indisi aorta yuzasidan 800-1000 martaga katta va kapillyarlarda qonning oqish tezligi esa aortadagiga qaraganda 1000 martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillyarlarda qonning sekin oqishi gazlar almashinuvini ta’minlaydi hamda to’yimli moddalarni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to’qimalardan qonga o’tishini ta’min etadi.

    Qonning aylanish tezligi yosh ulg’ayishi bilan sekinlashadi, bu o’z navbatida tomirlarni uzayishi bilan bog’liq bo’lsa keyingi davrlarda esa tomirlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog’liqdir. Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlarda oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug’ilgan bolalarda qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to’liq aylanib chiqishi uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda –15 s, 14 yoshda –18,5 s.dan ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odamlarda qon aylanish vaqti 22 s tashkil qiladi.


    Download 4,48 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   306




    Download 4,48 Mb.