• Olinadigan, chiqariladigan va alveolyar havolarning tarkibi
  • 10.5. Nafas olish gigiyenasi
  • Sinf va o’quv xonalarining shamolatilishini gigiyenik jihatdan baholash.
  • Havoning harorat rejimi
  • Sinf xonasining havo tarkibi va mikroiqlimi
  • O’pkada gazlar almashinuvi




    Download 4,48 Mb.
    bet18/306
    Sana24.03.2017
    Hajmi4,48 Mb.
    #2105
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   306

    10.3. O’pkada gazlar almashinuvi.



    Nafasga olinadigan, chiqariladigan va alveolyar havolarning tarkibi. Odam navbati bilan nafas olish va nafas chiqarishni bajarish hisobiga alveolalarda nisbatan gazlar tarkibini doimiy ta’minlash bilan o’pkani ventilyatsiya qiladi. Odam katta miqdorda kislorod saqlovchi (20,9 %) va past miqdorda karbonat angidrid gazini saqlovchi (0,03 %) atmosfera havosi bilan nafas oladi va 16,4 % kislorod va 4 % karbonat angidirid saqlovchi havoni chiqaradi. Alveolyar havo tarkibida 14,2 % kislorod 5,2 % karbonat angidrid gazini saqlaydi.

    12-Jadval



    Olinadigan, chiqariladigan va alveolyar havolarning tarkibi.

    Havo

    Gazlarning miqdori (% da)

    kislorod

    Karbonat angidrid

    Azot

    Olinadigan

    20,94

    0,03

    79,03

    Chiqariladigan

    16,3

    4

    79,7

    Alveolyar

    14,2

    5,2

    80,6

    Nima uchun alveolyar havoga nisbatan chiqarilayotgan havoning tarkibida kislorodning miqdori ko’p? Bu holatni, nafas chiqarilayotgan paytda alveolyar havoga nafas organlaridagi va havo o’tkazuvchi yo’llardagi havolar bilan aralashishi bilan tushuntirish mumkin.

    Bolalarning o’pka ventilyatsiyasining yanada past samarasi chiqarilayotgan va alveolyar havolarning gazlar tarkibining boshqacha bo’lishi bilan ham namoyon bo’ladi. Bolaning yoshi qancha kichik bo’lsa chiqarilayotgan va alveolyar havolar tarkibida karbonat angidridning miqdori shuncha kam va kislorodning miqdori shuncha ko’p bo’ladi. Shunga mos holda kisloroddan foydalanish darajasi ham past bo’ladi. Shu sababli, ma’lum darajadagi kislorodni qabul qilishi va ma’lum darajadagi karbonat angidridni chiqarishi uchun voyaga yetgan odamlarga nisbatan o’pkasi ko’p ventilyatsiya qilishi zarur bo’ladi.



    O’pkada gazlar almashinuvi. O’pkada kislorod alveolyar havodan qonga o’tsa, karbonat angidrid gazi qondan o’pkaga o’tadi. Gazlarning harakatlanishi diffuziya qonuniyatlari asosida ya’ni bu qonuniyatlarga asosan gaz parsial bosimi yuqori bo’lgan muhitdan, parsial bosim past bo’lgan muhitga qarab tarqaladi. Suyuqliklarda erigan gazlar uchun, erkin gazlar uchun qo’llaniladigan «parsial bosim» atamasiga mos holdagi «kuchlanish» atamasi ishlatiladi.

    O’pkada gazlar almashinuvi alveolyar havo bilan qon orasida kechadi. O’pka alveolalari qalin kapillyarlar turi bilan o’ralgan. Alveolalar devori ham kapillyarlar devori ham juda yupqa va ular gazlarning o’pkadan qonga va aksincha harakatlanishini ta’minlaydi.

    Parsial bosim deb – gazlar aralashmasidagi umumiy bosimdan bitta gazni hisobiga to’g’ ri keladigan qismiga aytiladi. Aralashmadagi gazning foyiz miqdori qanchalik yuqori bo’lsa, shunga mos holda uning parsial bosimi ham yuqori bo’ladi.

    Gazlarning almashinuvi, gazlarning diffuziyasi bajarilayotgan yuzaga va diffuziya qilinayotgan gazlarning parsial bosimni farqiga bog’ liq bo’ladi. O’pkada bunday sharoit mavjud. Chuqur nafas olinganda alveolalar kengayadi va ularning yuzasi 100-150 m2 gacha yetadi. Xuddi shunday o’pkadagi kapillyarlarning yuzasi ham kattalashadi. Alveolyar havodagi gazlarning parsial bosimida ham yetarlicha farq va venoz qonidagi bu gazlarning kuchlanishida ham farq bor. (jadvalga qarang).

    Jadvaldan shu narsani qayd qilish mumkinki, venoz qonidagi gazlarning kuchlanishi orasidagi farqi va ularning alveolyar havodagi parsial bosimlari orasidagi farq kislorod uchun: 110-40=70 mm.sim.ust, karbonat angidrid gazi uchun esa 47-40=7 mm.sim.ustunini tashkil etadi. Bosimlarning bunday farqi organizmni kislorod bilan ta’minlash uchun va undan karbonat angidrid gazini ajratib chiqarish uchun yetarlidir.

    Kislorodning qon bilan birikishi. Kislorod qonda gemoglobin bilan uncha barqaror bo’lmagan birikma –oksigemoglobin hosil qiladi. 1 g gemoglobin 1,34 sm3 kislorodni biriktirib olish xususiyatiga ega. Kislorodning parsial bosimi qancha yuqori bo’lsa, shuncha ko’p oksigemoglobin hosil bo’ladi.

    13-Jadval

    Olinayotgan va alveolyar havolardagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining parsial bosimi va ularnng qondagi kuchlanishi (mm.sim.ust.)



    Gazlar

    Parsial bosim (kuchlanish)

    Atmosfera bosimi

    Alveolyar havo

    Venoz qoni (o’pka kapillyarlarida)

    Arterial qon

    Kislorod

    159

    100-110

    40

    102

    Karbonat angidrid gazi

    0,02-0,03


    40

    47

    40

    Alveolyar havodagi kislorodning parsial bosimi 100-110 mm.sim.ust. teng bo’ladi va bunday sharoitda qonning 97 % gemoglobini kislorod bilan birikadi.

    Oksigemoglobin shaklidagi kislorod o’pkadan to’qimalar bo’ylab tarqaladi. To’qimalarda kislorodning parsial bosimi past bo’lganligi sababli, oksigemoglobin dissosiyalanib kislorodni o’zidan ajratadi. Xuddi shu yo’l bilan to’qimalar kislorod bilan ta’minlanadi.

    Havoda yoki to’qimalarada karbonat angidrid gazi ko’p bo’lsa qondagi gemoglobinning kislorodni biriktirish xususiyatini pasaytiradi.

    Karbonat angidrid gazining qon bilan birikishi. Karbonat angidrid gazi qon tarkibida kimyoviy birikmalar hamda– natriy gidrokarbonat va kaliy gidrokarbonatlar shaklida tashiladi. Uning bir qismi gemoglobin bilan tashiladi.

    Karbonat angidrid gazining qon bilan birikishi va uning to’qimalardagi va qondagi kuchlanishiga bog’ liqdir. Bunday holatda eritrositlarda mavjud bo’lgan karbonangidraza fermenti muhim rolni o’ynaydi. Karbonat angidrid gazininig miqdoriga qarab karbonangidraza fermenti SO2+N2O = N2SO3 shakldagi tenglamadagi reaksiyani ko’p martaga tezlashtiradi.

    Karbonat angidrid gazining kuchlanishi yuqori bo’lgan to’qimalarning kapillyarlarida ko’mir kislotasining hosil bo’lishi yuz beradi. O’pkada karbonangidraza fermenti degidratasiyani ta’min etadi, bu esa qondan karbonat angidrid gazining qisib chiqarilishiga olib keladi.

    Bolalarning o’pkasidagi gazlar almashinuvi ulardagi kislota –ishqor muvozanatining boshqarilish xususiyatlari bilan chambarchas bog’ liq. Bolalarda nafas markazi qon reaksiyasining eng mayda o’zgarishiga ham juda aniq reaksiya qiladi. Hattoki, muvozanatning kislotali tomonga birozgina og’ ishi ham bolalarda havo yetishmasligini chaqiradi.

    Bolalarning diffuzion xususiyati yosh ulg’ ayishi bilan orta boradi. Bu esa o’pka alveolalarining umumiy yuzasining ortishi bilan bog’ liqdir.

    Organizmning kislorodga bo’lgan talabi va karbonat angidridning ajralishi organizmda kechadigan oksidlanish jarayonlarining darajasi bilan aniqlanadi. Yosh ulg’ayishi bilan bu daraja kamayadi, bolaning o’sishiga qarab har 1 kg tirik vaznga to’g’ri keladigan gazlar almashinuvi ham mos holda kamaya boradi.

    10.4. Nafas olishning boshqarilishi
    Nafas olish va chiqarish markazi. Odamlarning nafas olishi ularning organizmini holatiga bog’liq holda o’zgaradi. U uxlagan paytda tinch, har zamonda jismoniy ish bajarganda tez-tez va chuqur hayajonlangan paytda esa notekis, to’xtab-to’xtab qoladigan shakllarda namoyon bo’ladi. Odam sovuq suvga sho’ng’ igan paytda ma’lum muddatga nafas olish to’xtaydi, «ilohiy kuchlar tomonidan ushlab qolish». Rus fiziologi N.A.Mislavskiy 1919 yilda uzunchoq miyada bir guruh hujayralar jarohatlanganda nafas olish to’xtashini aniqladi. Nafas olish markazini o’rganish ana shundan boshlangan.

    Nafas markazi - murakkab hosila bo’lib u nafas olish va nafas chiqarish markazlaridan tashkil topgan. Keyinchalik nafas markazi ancha murakkab tuzilishga ega ekanligi va nafas olishni boshqarilishida organizmning turli faoliyatiga nafas organlari tizimining o’zgarishini ta’minlashda ishtirok etuvchi markaziy asab tizimining yuqori bo’limlari ham ishtirok etadi. Nafas olishni boshqarilishida muhim rolni bosh miya katta yarim sharlari po’stloq qismi o’ynaydi.

    Nafas markazi doimiy ravishda faol holatda bo’ladi: unda ritmik ravishda qo’zg’ alish impulslari yuzaga keladi. Hattoki markazga intiluvchi yo’llar to’lig’ icha kesib qo’yilganidan keyin ham unda ritmik faollikni qayd qilish mumkin. Nafas markazining avtomatiyasini undagi moddalar almashinuvi jarayoni bilan bog’lab tushuntirish mumkin, nafas markazidan ritmik impulslari markazdan qovuvchi neyronlar orqali nafas muskullariga va diafragmaga o’tkaziladi va nafas olish va nafas chiqarishni navbatlashuvini ta’min etadi.



    Reflektor boshqarilish. Og’riqli qo’zg’atishlar paytida, qorin bo’shlig’i organlari, qon tomirlari reseptorlari, teri, nafas yo’llari reseptorlari qo’zg’atilgan paytda nafas olishning o’zgarishi reflektor ravishda yuz beradi. Masalan, ammiak bug’lari bilan nafas olinganda burun-halqumning shilliq pardasidagi retseptorlar qo’zg’aladi, bu esa reflektor ravishda nafas olishni to’xtatadi. Bu o’pkaga zaharli va qo’zg’atuvchi moddalarni tushishidan saqlovchi muhim himoya moslashinishidir.

    Nafas olishning boshqarilishida nafas muskullaridagi va o’pkalarning o’zidagi retseptorlardan boradigan impulslar muhim ahamiyatga ega. Aynan ana shu impulslar hisobiga nafas olishni va nafas chiqarishni chuqurligi ta’min etiladi. Bu holatlar quyidagicha amalga oshadi. Nafas olingan paytda, o’pka kengayganida uning devorlaridagi reseptorlar qo’zg’aladi. Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali o’pka reseptorlaridan impulslar nafas markazigacha boradi va nafas olish markazini tormozlaydi, nafas chiqarish markazini esa qo’zg’atadi. Natijada nafas muskullari bo’shashadi, ko’krak qafasi pastga tushadi, diafragma gumbaz shaklini oladi, ko’krak qafasini hajmi kichrayadi va nafas chiqarish yuz beradi. O’z navbatida nafas chiqarish reflektor ravishda nafas olishni stimullaydi.

    Tashqi muhitning o’zgarishi va organizmning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan organizmning nafasga bo’lgan talabini juda ham yumshoq moslanishini ta’minlovchi nafasning boshqarilishida bosh miya po’stlog’i ishtirok etadi.

    Nafas jarayonlarini bajarilishida katta yarim sharlar po’stlog’ ini ta’sirini quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin. Odamlar ma’lum muddatga nafas olishni to’xtatishi mumkin, o’z xohishiga ko’ra nafas harakatlarini ritmini va chuqurligini o’zgartishi mumkin. Bosh miya po’stlog’ining ta’sirini sportchilarning startdan oldingi nafas jarayonidagi o’zgarishlar bilan tushuntirish mumkin – musobaqalar boshlanishi oldidan nafas olishning jiddiy darajada chuqurlashishi va tezlashishining kuzatish mumkin. Shartli nafas reflekslarini hosil qilish mumkin. Nafasga olinayotgan havoga 5-7 % karbonat angidrid qo’shiladigan bo’lsa, bunday gazlarning konsentratsiyasi nafas olishni tezlashtiradi va nafas olishni metronomni urish yoki qo’ng’iroq chalish bilan birgalikda bajarilsa, bir necha bor takrorlanishlardan keyin faqat birgina qo’ng’iroq yoki metronom tovushiga nafas olishning tezlashishi chaqirilishi mumkin.



    Nafas markaziga gumoral ta’sirlar. Nafas markazining holatiga qonning kimyoviy, ayniqsa uning gazli tarkibi, katta ta’sir ko’rsatadi. Qon tarkibida karbonat angidrid gazining yig’ilishi, qonni boshga olib boruvchi tomirlar devorlaridagi retseptorlarni ta’sirlanishini chaqiradi va reflektor ravishda nafas markazini qo’zg’atadi. Jismoniy mehnat bilan shug’ullangan paytda qon tarkibida miqdori ko’payadigan boshqa kislotali moddalar, shu jumladan sut kislotasi ham xuddi yuqoridagidek ta’sir ko’rsatadi.

    Yangi tug’ilgan bolaning birinchi nafas olishi. Embrional rivojlanishi davrida homila ona organizmidan plasenta orqali kislorodni oladi va karbonat angidridni beradi. Lekin, homila ko’krak qafasini zaif kengayishi shaklidagi nafas harakatlarini bajaradi. Bu paytda o’pka kengaymaydi, faqatgina plevralar orasida uncha katta bo’lmagan manfiy bosim hosil bo’adi.

    I.A.Arshavskiyning ma’lumotlariga ko’ra, bu xildagi homilaning nafas harakatlari qonning harakatlanishini va homilani qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi hamda o’pka funktsiyalarining o’ziga xos treningi hisoblanadi. Tug’ish paytida, kindik arqonchalari kesilib bog’langanidan keyin, bolaning organizmi ona organizmidan ajraladi. Bu paytda yangi tug’ilgan bolaning qonida karbonat angidrid gazining miqdori ko’p yig’iladi va aksincha kislorodning miqdori kamayib ketadi. Qonning gazli tarkibining o’zgarishi ham gumoral, ham reflektor ravishda qon tomirlari devorlaridagi reseptorlarini ta’sirlanishi tufayli nafas markazini qo’zg’alishiga olib keladi.

    Nafas markazlari hujayralari qo’zg’ atiladi va javob tariqasida birinchi nafas olinadi. So’ngra esa nafas olish reflektor ravishda nafas chiqarishni chaqiradi.

    Yangi tug’ ilgan bolada birinchi nafas olishning yuzaga kelishida uning homilada rivojlanish davridagi hayotidan tubdan farq qiluvchi yashash sharoitining o’zgarishi muhim rol o’ynaydi. Uning tanasi terisiga tekkan akusherning qo’lini mexanik ta’siri homiladorligidan uni o’rab turgan muhit haroratining ancha past bo’lishi, chaqaloqning tanasini havoda ko’rishi – bularning hammasi nafas markazining reflektor qo’zg’alishiga va birinchi nafas olishni yuzaga kelishini ta’min etadi.

    Birinchi nafas olishning yuzaga kelishida I.A.Arshavskiyning ta’biricha asosiy rolni orqa miyaning, nafas motoneyronlari, uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasining hujayralari bajaradi; bu paytda qon bosimidagi kislorodning parsial bosimini pasayishi qo’zg’ atuvchi omil sifatda xizmat qiladi.

    Birinchi nafas olishda, homilada pachaqlangan holdagi o’pka kengayib tiklanadi, homilaning o’pkasining to’qimalari juda tarang, kamcho’ziluvchan. Shuning uchun, uning cho’zilishi va tiklanishi uchun ma’lum darajadagi kuch talab qilinadi. Demak, nafas olish qiyin va katta miqdordagi energiya xarajati bilan bajariladi.



    Bolalarda nafas markazining qo’zg’aluvchanlik xususiyatlari. Bolalar tug’ ilish paytiga kelib ularning nafas markazi katta yoshdagi bolalarnikiga nisbatan takomillashgan bo’lmasa ham nafas sikllari fazalarining (nafas olish va nafas chiqarish) ritmik almashinishini ta’minlashga qodir bo’ladi.

    Bu holat eng avvalo tug’ilish paytigacha bolalarda nafas markazi funksional jihatdan to’lig’ icha shakllanmaganligi bilan bog’liqdir. Bolalar hayotining dastlabki oylaridagi nafas olish chastotasi, chuqurligi va ritmining keng ko’lamda o’zgaruvchanligi bundan dalolat beradi. Yangi tug’ilgan va emadigan bolalarda nafas markazining qo’zg’ aluvchanligi ancha past. Bir yoshgacha bo’lgan bolalar katta yoshdagi bolalarga nisbatan kislorod yetishmasligiga gipoksiyaga ancha yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi.

    Nafas markazining funksional faoliyatining shakllanishi yoshga bog’liq holda yuz beradi. 11 yoshga kelib turli hayot faoliyati sharoitlarida nafas olishning moslanish imkoniyatlari yaxshi namoyon bo’lib qoladi.

    Nafas markazining karbonat angidrid gazining miqdoriga sezuvchanligi yoshga qarab ortib boradi va maktab yoshidagi bolalarda voyaga yetgan odamlarnikiga tenglashib qoladi. Shuni qayd qilish kerakki, jinsiy yetilish davrida nafas olishning boshqarilishini vaqtinchalik buzilishi yuz beradi va o’smirlarning organizmi voyaga yetgan odamlar organizmiga nisbatan kislorodni yetishmasligiga juda past chidamliligi bilan ajralib turadi.

    Nafas apparatlarining funksional holati nafas olishning xohlagan holda o’zgartirish imkoniyati haqida ma’lumot berishi mumkin (nafas harakatlarining to’xtatish yoki maksimal ventilyatsiyani amalga oshirish). Nafas olishning o’z-o’zidan boshqarilishida bosh miya katta sharlarining po’stlog’i, nutq qo’zg’atuvchilarini qabul qiluvchi va bu qo’zg’atuvchilar bilan bog’liq bo’lgan markazlar ishtirok etadi.

    Nafas olishning o’z-o’zidan boshqarilishi ikkinchi signal tizimi bilan bog’langan va faqat nutqni rivojlanishi bilan yuzaga keladi.

    Nafas olishning o’z-o’zidan o’zgarishi qator nafas olish mashqlarini bajarishda muhim rol o’ynaydi va nafas fazalari (nafas olish va nafas chiqarish) bilan ma’lum harakatlarni to’g’ri-aniq bajarishda yordam beradi.

    Jismoniy ish paytida nafas olish. Voyaga yetgan odamlar jismoniy ish bajarganida nafas olishning tezlashishi va chuqurlashishi bilan bog’liq holda o’pka ventilyatsiyasi ortadi. Yugurish, suzish, konkida va chang’ilarda yugurish, velosipedda yurish kabi faoliyat turlari o’pka ventilyatsiyasini hajmini keskin oshiradi. Sport bilan shug’ullanuvchi odamlarda o’pkada gazlar almashinuvini tezlashishi asosan nafas olishning chuqurlashishi hisobiga yuz beradi. Bolalarda esa ularning nafas olish apparatlarining xususiyatlariga ko’ra jismoniy yuklamalar paytida nafas olishning chuqurligini jiddiy ravishda o’zgartiraolmaydi, nafas olish esa tezlashadi. Shusiz ham yosh bolalarning tez va yuzaki nafas olishi jismoniy ish bajarish paytida yana ham tez va yuzaki bo’lib qoladi. Bu esa, ayniqsa yosh bolalarda o’pka ventilyatsiyasining yanada samarasiz faoliyat ko’rsatishiga olib keladi.

    Voyaga yetgan odamlarga nisbatan o’smirlarda maksimal darajada kislorodni qabul qilishga o’taolish imkoniyatiga ega bo’lish bilan birga, xuddi shunday juda tez uzoq muddat davomida yuqori darajada kislorodni qabul qilaolmasligi tufayli ishni juda tez to’xtatadi.



    To’g’ri nafas olish. Ma’lumki, odam biron narsaga quloq solishi yoki uni diqqat bilan eshitish uchun qisqa muddatga nafas olishni to’xtatishi mumkin. Nima uchun eshkak eshuvchilar, katta bolg’a bilan ishlovchilarni eng kuchli harakati keskin nafas chiqarish («uh») bilan birgalikda kechadi, bularni hech o’ylab ko’rganmisiz?

    Mo’tadil nafas jarayoni bajarilganda nafas olish, nafas chiqarishdan qisqa bo’ladi. Nafas olishning bunday ritmi aqliy va jismoniy faoliyatni yengillashtiradi, buni esa quyidagicha tushuntirish mumkin. Nafas olish paytida nafas markazi qo’zg’aladi, aynan shu paytda induktsiya qonuniga asosan miyaning boshqa bo’limlarining qo’zg’aluvchanligi pasayadi va aksincha nafas chiqarish paytida yuqoridagi hodisaning teskarisi kuzatiladi. Shu sababli ham nafas olish paytida muskullarning qisqarish kuchi pasaysa, nafas chiqarish paytida esa ortadi. Ana shuning uchun ham agar nafas olish uzoq va nafas chiqarish qisqa bo’lsa ish qobiliyati pasayadi va tezda charchash kuzatiladi.

    Bolalar merganlik, chopish va boshqa faoliyat bilan shug’ ullanganida to’g’ri nafas olishni o’rganish o’qituvchining asosiy vazifalaridan biridir. To’g’ri nafas olishning asosiy shartlaridan - bu ko’krak qafasining rivojlanishi haqidagi g’amxo’rlikdir. Buning uchun ko’krak qafasini harakatlanishiga, muskullarning rivojlanishiga olib keluvchi nafas gimnastikalari va boshqa jismoniy mashqlarni bajarish hamda ayniqsa partada o’tirganda tana holatini to’g’ri tutish bu uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada suzish, eshkak eshish, konkida uchish, chang’ ida yurish kabi sport turlari muhim foydali omillardan hisoblanadi.

    Odatda ko’krak qafasi yaxshi rivojlangan odamlar tekis va to’g’ri nafas oladilar. Bolalarni yelkani to’g’ri tutib tik turish va yurishga o’rgatish kerak, qaysiki bular ko’krak qafasini kengayishini ta’minlaydi, o’pka faoliyatini yengillashtiradi va ancha chuqur nafas olishni ta’min etadi. Enkayib yurish, tananing egilgan holda bo’lishi natijasida organizmga kam miqorda havo tushishi ta’minlanadi.


    10.5. Nafas olish gigiyenasi
    Nafas olish va chiqarish harakatlarini to’g’ri bajarish nafas olish gigiyenasida muhim ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya darslarida bolalarni to’g’ri nafas olishga o’rgatiladi. Nafas olish organlarini rivojlantirish uchun bolalarga o’tirish, yugurishda, suzishda, velosiped uchish va gimnastika bilan shug’ullanganda nafas olish qoidalarini o’rgatish, ya’ni ularni burundan nafas olishga o’rgatish kerak, chunki burundan nafas olganda organizmni yallig’lanish kasalliklariga va infeksiyalarga chidamlilik darajasi ortadi. Og’iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismida ko’krak qafasining rivojlanishida kamchiliklar ko’zatiladi.

    Jismonan jihatdan chiniqqan bolalarda o’pka ventilyatsiyasi kuchli va nafas olish chuqur bo’ladi, bu yurak-tomir va asab tizimiga, hamda boshqa organlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

    Bolalar va o’smirlar yilning barcha fasllarida imkoni boricha sof havoda ko’proq bo’lishi, kerak. Bog’cha yoshidagi bolalar har kuni ochiq havoda kamida 5 soat, kichik maktab yoshidagi bolalar 3 soat bo’lishi shart.Maktab, lisey va kollejlarda sinf xonalari, laboratoriya, ustaxonani tez-tez shamollatib turish kerak. Bolalar yozda hovli yoki uyda derazani ochib qo’yib, qishda esa fortochkalarni ochib qo’yib uxlashi lozim. Ana shunda ular toza havodan yaxshi nafas oladilar.

    Sinf va o’quv xonalarining shamolatilishini gigiyenik jihatdan baholash.Odatda yopiq binolar havosining kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini yaxshilash uchun ventilyasiya yoki shamollatish usulidan foydalaniladi. Bunda tabiiy va sun’iy ventilyasiya tafovut qilinadi.

    Tabiiy ventilyasiya deb o’zgarmagan tashqi havoning qurilish materialidagi teshiklar va eshik hamda derazalarning ochiq joylaridan xona ichiga kirishini tabiiy ventilyasiya, deb atash rasm bo’lgan. Ayni vaqtda tashqari va ichkaridagi haroratning har xil bo’lishi, shuningdek bosimlarning farqi va boshqa sabablar havo kirib turishiga sabab bo’ladi.

    Sun’iy ventilyasiya deb maxsus texnika qurilmalari vositasida havo kiritishga aytiladi. Bunda havoning tortilishini mexanik yo’l bilan kuchaytirib beradigan elektr motor yoki deflektor havoni harakatlantirib turadi.

    Hojatxonalar, bufet-kutubxonalar va yechinish xonalarini shamollatish vaqtida tashqaridan kiradigan havo kamroq, tashqariga chiqadigan havo esa hammadan ko’p chiqishiga qarab borish zarur. Shunda o’sha xonalarning hidi ko’tariladi va o’quv xonalariga o’tmaydi.



    ` Havoning ionlashuvi. Sinf xonalari va boshqa binolarni shamollatish havoning kimyoviy tarkibini o’zgartiribgina qolmay, balki havoning elektr zaryadi va ion tarkibiga ham ta’sir qiladi.

    Ma’lumki, toza havoda teng miqdorda manfiy va musbat ionlar bo’ladi. Odam ko’p bo’ladigan bino havosida nafas organlariga yaxshi ta’sir ko’rsatadigan manfiy ionlar soni kamayib qoladi, binolar shamollatilganida esa tashqaridan manfiy ionlar keladi.

    Yopiq binolar havosining ion tarkibini yaxshilash uchun ionizatorlar deb ataladigan maxsus asboblardan foydalanish mumkin. Bu asboblar havoga ionlar tarqatadi va shu yo’l bilan uning xossalarini yaxshilaydi.

    Havoning harorat rejimi. Zamonaviy maktab binolarida mutadil harorat rejimini saqlab turish uchun ko’pincha past bosimli suv bilan markazdan turib isitadigan tizimi o’rnatiladi. Biroq yana pechka bilan isitish usuli ham uchrab turadi, buni ba’zan mahalliy isitish usuli ham deb yuritiladi.

    Normal ish uchun sinfda harorat 16-22° atrofida bo’lishi zarur, rekreatsion binolar (tanaffuslar vaqtida bolalar chiqib yuradigan keng koridorlar) va fizkultura zallarida harorat kamida +14° bo’lishi kerak, chunki bu joylarda bolalar harakat qilib turadi.

    Past bosimda suv bilan markazdan turib isitish tizimi bolalar muassasalari uchun juda qulay. U binolarda haroratning bir tekis bo’lishini ta’minlab beradi, havoni ortiqcha quritib yubormaydi, isituvchi asboblarda (radiatorlarda) chang qo’nmaydi. Bolalar jarohat olmasliklari uchun radiatorlar yog’och to’siqlar bilan to’silgan bo’lishi kerak.

    Sinf xonasining havo tarkibi va mikroiqlimi. Sinf xonasi tarkibidagi uglerod (CO2) - oksid miqdori 0,07-0,1% dan oshmasligi kerak (ruhsat yetilgan miqdor - 0,03-0,04%), havo tarkibida uglerod (CO2) - oksid ko’payib ketsa, o’quvchilar asab tizimining tez charchab qolishiga va o’tilgan fanlarni o’zlashtirilish darajasining pasayishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa, qish faslida boshlanqich sinflarda ba’zi o’quvchilar dars paytlarida uxlab qoladi. Bunga xona havosida uglerod (CO2) oksidining ko’payib ketishi sabab bo’ladi. Shuning uchun tanaffus vaqtida va dars mobaynida fortochkalar ochilib, sinf havosini yangilab turish zarur.

    Sinf xonasida har bir o’quvchi uchun 4,5-5 m3 havo to’g’ri kelishi lozim. Bir soatlik dars davomida har bir o’quvchi uchun 16-26 m3 havo mo’ljallanadi. Shuning uchun qish faslida dars vaqtida fortochkalarni har 10-15 daqiqada 0,5; 1,0 daqiqaga ochib havoni yangilab turilishi, yilning issiq fasllarida esa sinf derazalarini dars vaqtida umuman ochiq qo’yish kerak.Sinf harorati 16-18 0C, nisbiy namlik 40-60%, havoning yo’nalish tezligi 0,1 m/s bo’lishi kerak.

    O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya darsini deyarli yil davomida (yog’ingarchiliksiz kunlarda) ochiq havoda o’tkazgan ma’qul.Dars vaqtida sport zalining harorati 14-15 °C, nisbiy namlik 40-60% va havoning yo’nalish tezligi 0,2-0,3 m/s dan oshmasligi kerak.

    XI BOB. OVQAT HAZM BO’LISHINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI


    11.1. Ovqat hazmining ahamiyati
    Ovqatlar bilan organizm oqsillar, yog’lar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o’sish jarayonida va atrofiyaga uchragan hujayralarni o’rniga yangilarini hosil bo’lishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To’yimli moddalar organizmdagi energiya moddalar manbai hisoblanadi.

    Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, ma’danli tuzlar va suv ham kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman kimyoviy reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, ko’pchiligi ko’plab reaksiyalarda to’g’ ridan-to’g’ ri ishtirok etadi.

    Suv, ma’danli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan to’lig’icha o’zgarmagan holda o’zlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog’lar va uglevodlar borasida gap yuritadigan bo’lsak, ular organizm tomonidan to’g’ridan-to’g’ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazmi tizimi devorlaridan o’taolmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil topgandir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratkim, ularning hammasi organizm uchun begona va har qanday begona moddalar uchun organizmda ularga qarshi himoya moddalari ishlab chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli bo’lsa kerak, nima uchun asosiy to’yimli moddalar organizmni ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi.

    Ovqat hazmi jarayoni deb -oziq moddalarni fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon-ichaklar tizimidan surilishi, qon bilan tashilishi, organizm tomonidan o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi.

    Odamlar organizmida hazm shiralari ta’sirida, ovqat hazmi tizimida oqsillar aminokislotalargacha, yog’lar-gliserin va yog’ kislotalarigacha, murakkab uglevodlar esa oddiy qandlargacha (glyukoza va boshqalar) parchalanadi. Oziq moddalarning bunday kimyoviy qayta ishlanishida hazm shiralari tarkibiga kiruvchi –fermentlar bosh rolni o’ynaydi. Fermentlar tabiati jihatidan oqsilli moddalar bo’lib, organizm tomonidan ishlab chiqiladigan biologik katalizatorlardir. Fermentlarga xos bo’lgan xususiyatlardan biri – ularning spesifikligidir: ya’ni har bir ferment ma’lum fizik tarkib va tuzilishga, molekulasida kimyoviy bog’lar ma’lum- -aniq tipga ega bo’lgan moddalarga va moddalar guruhiga ta’sir ko’rsatadi. Fermentlar ta’siri ostida erimaydigan va surilishi mumkin bo’lmagan murakkab moddalar, eriydigan va yengil o’zlashtiriladigan ancha oddiy moddalarga aylanadi.

    Hazm shiralari ajratuvchi bezlar faoliyatini o’rganish usullari. Hazm jarayonida ishtirok etuvchi bezlar, hazm shiralari ishlab chiqarishlari aniq bo’lganidan buyon, olimlar tahlil ishlarini bajarish uchun shiralardan toza yoki aralashma holida olish uchun uringanlar. XVII-asrdayoq Gollandiyalik olim Graafga so’lak bezi va me’daosti bezlarining tashqariga chiquvchi yo’llariga qo’yilgan naychalar yordamida unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda hazm shiralari yig’ib olish imkoniga ega bo’ldi.

    Olim g’ovak rezina yordamida me’da shirasidan olish uchun harakat qilib ko’rdi, qaysiki g’ovak rezina yutilgach, u me’da ichidagi suyuqlikga to’yinganidan keyin unga bog’langan ip orqali me’dadan chiqarib olindi. Shotlandiyalik hakam Stivens odam me’da shirasining hazmlovchi ta’sirini ko’zbog’ lagich (fokusnik) yordamidan foydalangan holda o’rgandi. Ko’z bog’lagich me’dasiga tushgan turli predmetlarni (narsalarni) qayd qilish yo’li bilan chiqarib tashlash kabi noyob hunar egasi ekanligini namoyon qildi.

    Ko’z bog’lagich maxsus tayyorlangan, oziq moddalar bilan to’ldirilgan teshikchalari orqali hazm shiralari kiradigan teshikli qo’rg’oshin «bug’ursoq» larni avval yutib, so’ngra qusish harakatlari bilan me’dadan chiqargan. Tabiiyki, bunday usullar yordamida hazm shiralarining tarkibi va xususiyatlarini o’rganish juda qiyin bo’lgan.

    45-rasm. 2 - 4 soat oralig’idagi odam medasida ovqat hazmining rentgen ko’rinishi



    46-rasm. Haroratni (1) bosimni (2) va pH o’lchamini (3) o’rganish uchun foydalaniladigan radiopilyulalarining tashqi ko’rinishi. O’ng tomonda –solishtirish uchun bir tiyinlik tanga

    Keyinchalik hayvonlarni narkozlash yo’li bilan qorin bo’shlig’i ochilib hazm shiralari ajratuvchi bezlar yo’llaridan hazm shiralaridan olish imkoniga ega bo’lindi. Ammo, qandaydir bir xulosa qilish uchun, ya’ni hazm bezlari faoliyati qonuniyatlari haqida gap yuritish juda qiyin, chunki hayvon narkoz ostida jarrohning stolida yotgan bo’lsa, bu sharoit tabiiy sharoitdan tubdan farq qiladi. Fistula usuli yordamida hazm bezlari faoliyati haqida juda katta miqdorda ma’lumotlar olish mumkin. Fistula – bu hazm bezlari yo’li bilan yoki ovqat hazmi trakti – bo’shlig’ini organizmni tashqi muhit bilan aloqasini sun’iy bog’lanishini ta’minlovchi naycha –asbobdir. Bunday usulni yuzaga kelishi qiziq, lekin favqulodda kasal yoki me’da jarohatlanishi natijasida me’da yoki ichaklarda yuzaga kelgan teshiklar orqali olib borilgan kuzatishlar sabab bo’lgan. 1842 yilda Moskvalik jarroh Basov itlarni me’dasiga qo’yilgan fistula orqali me’da sekretsiyasini kuzatishni taklif qildi. Lekin bu holatda o’rganish uchun toza me’da shirasi olish mumkin emas edi, chunki bu holatda olingan shira oziqalar qoldiqlari, so’lak va doimiy ravishda me’dada bo’ladigan shilimshiq moddalar bilan aralashgan holda bo’ladi.

    Faqatgina I.P.Pavlovning ishlari bo’yicha fistula usuli tan olindi va keng qo’llanildi. I.P.Pavlov jarrohlik operatsiyalarini bajarish davomida, hayvonlarning u yoki bu hazm bezlari faoliyati orqasidan uzoq muddat davomida kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar qo’ydi. I.P.Pavlov o’zidan oldingi tadqiqotchilardan farqli o’laroq, operatsiyadan keyin hayvon sog’aygach o’rganiladigan organ uchun ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat ko’rsatishi uchun mo’tadil sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topishga harakat qildi va fanga tadbiq qildi.

    Fistulali usuldan foydalanish tufayli har qanday vaqtda operatsiya qilingan organ funksiyasini kuzatish mumkin bo’ldi. Fistula yordamida oziqalar qoldiqlari qo’shilmagan toza holdagi hazm shiralaridan yig’ib olish, ularning miqdorini aniq o’lchash va ovqat hazmining turli fazalarida shiralarning kimyoviy tarkibini, hazmlash faolligini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lindi. I.P.Pavlov tomonidan tavsiya qilingan fistula usulining bosh yutug’i shundan iboratkim, ovqat hazmi jarayonlari sog’lom hayvonlarda va organizm faoliyat ko’rsatayotgan tabiiy sharoitlarda o’rganiladi va ovqat hazmi organlarining faoliyati tabiiy oziqaviy qo’zg’ atuvchilar bilan qo’zg’atiladi.

    Hazm bezlari faoliyatini o’rganishda I.P.Pavlovni roli shunchalik buyukki, hatto fiziologiyaning ushbu bobini ko’pchilik hollarda «rus fiziologiyasi bobi» deb yuritiladi, I.P.Pavlov esa Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.

    Lekin, shuni qayd qilish kerakki fistula usulini barcha yutuqlari va foydali tomonlarini ta’riflagan bilan bu usul yordamida odamlarning ovqat hazmi funksiyalarini o’rganish mumkin emas. Tushunarli sabablarga ko’ra, odamlarda tekshirish ishlarini olib borish uchun fistulalar hosil qilish ishi bajarilmaydi. Odamlarda so’lakni maxsus metall kapsulalar – yopishgichlar yordamida yig’ib olish mumkin. Kapsula og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasiga shunday yopishtiriladiki, uning markazida so’lak bezining chiqaruv yo’li qoladi, qaysiki fistula bilan so’lak endi og’izga tushmay, balki kapsulaga va rezina naycha orqali tashqariga chiqariladi va stakanchaga yoki probirkaga qo’yiladi.

    Me’da shirasi va o’n ikki barmoqli ichakning ximusidan olish uchun zonddan foydalaniladi, qaysiki o’rganilayotgan odam zondni yutadi. Bunday zondning tashqi teshiklari orqali tadqiqot ishlari uchun shira olish mumkin.

    Me’dalarning va ichaklarning holati haqidagi ayrim ma’lumotlarni, ular joylashgan hududning rentgen nurlari bilan yoritish hisobiga olish mumkin. Rentgenli tekshirishlardan oldin tekshiriluvchiga Rentgen nurlarini yomon o’tkazuvchi va ekranda yaxshi soya hosil qiluvchi eritma yoki o’lchamli modda ichiriladi.

    Me’da muskullari qisqarganida va ovqat hazmi traktida sekretsiya paytida juda kam miqdorda bo’lsa ham qayd qilish mumkin bo’lgan elektr hodisalari yuzaga keladi. Me’dalardagi elektr hodisalarini qayd qilish –elektrogastrografiya me’daning qisqarish faoliyatining o’rganish uchun qo’llaniladi.

    Radiotelemetrik usulning kelajagi buyuk. Odamlarga yutish uchun juda mayda radiouzatgich- radiopilyuli beriladi, ularning diametri 8 mm va uzunligi 15-20 mm.ni tashkil etadi. Radiopilyulida uzatgich joylashtirilgan bo’lib u me’da va ichaklar ichidagi vodorod ionlarining konsentratsiyasini, ular ichidagi bosim va haroratni qabul qiladi. Uzatgich qabul qilinuvchi ko’rsatkichlarni ma’lum chastotadagi o’zgarishlarga aylantiradi, qaysiki ularni radio qabul qiluvchi apparat yordamida ushlash va qayd qilish hazm tarkti bo’ylab erkin o’tadi va uning turli qismlaridagi u yerdagi harorat, bosim va muhit reaksiyasi haqidagi axborotlarni beradi.


    11.2. Ovqat hazmi organlari tizimi.
    Ovqat hazmi organlari tizimi haqida tushuncha. Ovqat hazmi organlari tizimiga uch juft katta so’lak bezlari bilan og’iz bo’shlig’i, halqum, qizil o’ngach, me’da, ingichka ichak (uning tarkibiga o’n ikki barmoqli ichak kiradi – unga o’t suyuqligi va me’daost bezlari yo’llari ochiladi, och ichak va yonbosh ichaklar) va kur, chambar va to’g’ri ichaklardan iborat yo’g’on ichaklar kiradi. Chambar ichakda yuqoriga ko’tariluvchi, pastga tushuvchi va sigmasimon ichaklar farqlanadi.

    Hazm bezlari homiladalik davridayoq ona organizmidan tushayotgan moddalar va homilaoldi suvlaridan tushadigan moddalar hisobiga faoliyat ko’rsata boshlaydilar. Lekin bola tug’ilguniga qadar unda ovqat hazmi funksiyalari juda zaif namoyon bo’ladi. Bola tug’ilgach dastlab uvuz suti, so’ngra yetilgan sut va aralash oziqlantirishlar bolalarning ovqat hazmi apparatlari funksiyalarini jiddiy darajada tezlashtiradi.



    Og’iz bo’shlig’ida ovqat hazmining xususiyatlari. Ovqatlarning hazmlanishi og’iz bo’shlig’idayoq boshlanadi. Ovqatlarning mexanik bo’linishi va maydalanishi og’iz bo’shlig’i organlarini spesifik funksiyasini-chaynash tashkil qiladi. Barcha hazm organlari orasida faqatgina og’iz bo’shlig’i suyakli asosga ega, og’iz bo’shlig’ida til va tishlar joylashgan, til-qon tomirlari va nervlar bilan yaxshi ta’minlangan, shilliq parda bilan qoplangan harakatchan muskulli organdir. Chaynash jarayonida til ovqatlarni harakatlantiradi, ta’m sezish va nutq organi bo’lib xizmat qiladi.

    Tishlar ovqatlarni maydalaydi. Bundan tashqari ular nutq tovushlarini shakllanishida ishtirok etadi. Funksiyasi va shakli bo’yicha tishlar kesuvchi, qoziq, kichik va katta ildizli tishlarga farqlanadi. Voyaga yetgan odamlarda tishlarning umumiy soni 32 tani tashkil etadi. Har bir yuqorigi va pastki jag’ larning yarmida 2 ta kesuvchi, 1 qoziq, 2 ta mayda ildizli va 3 katta ildizli tishlar joylashgan. Bu quyidagi tish formulasi bo’yicha har ikkala jag’ning bir tomonidagi tishlarni belgilab beradi.


    2 1 2 3

    2 1 2 3


    Har bir tish milkdan chiqib turgan koronkadan va u keyin bo’g’izga va ildizga aylanadi. Ildiz esa jag’ning tish chuqurchasiga o’tirgan bo’lib, suyak usti qatlami bilan birgalikda unga tutashib ketgan. Pastki jag’ning katta qoziq tishlari ikkitadan, yuqorigisi esa 3 tadan ildizga ega bo’ladi. Boshqa tishlar bir ildizlidir. Ildiz ichidan kanal o’tgan bo’lib tish bo’shlig’ida kengayadi va u tish laxmi bilan –yumshoq po’kaksimon biriktiruvchi to’qima, tomirlar va nervlar bilan to’la bo’ladi.

    Tishning milkdan chiqib turgan qismi, bo’g’zi va ildizlari qattiq to’qimalardan iborat bo’ladi. Tish bo’shlig’ida tishning yumshoq to’qimasi – pulpa joylashgan bo’ladi. Pulpaning asosini hujayra elementlariga boy bo’lgan biriktiruvchi to’qimalar tashkil qiladi.

    Ildiz kanali orqali pulpaga tomirlar va nerv tolalari kiradi. Bu yerda tishning jadal moddalar almashinuvi kechadi va bu yerda dentinning jarohati bilan bog’ liq bo’lgan ayrim tiklanish jarayonlari ham bajariladi.

    Koronka emal bilan bo’g’zi va ildizida sement bilan qoplangan, tishning barcha qismlarini asosiy massasini dentin tashkil etadi. Organizmda eng qattiq to’qima-koronkani qoplab turuvchi emal hisoblanadi, qattiqligi bo’yicha deyarlik kvarsga tengdir. Lekin u ham yemirilishi va yorilishi mumkin. Emalni tarkibidagi organik moddalar bor-yo’g’i 2-4 % ni tashkil qiladi, qolgan qismini esa mineral moddalar tashkil qiladi. Dentin va sementlar shakli o’zgargan suyak to’qimasidir, ya’ni u suyakka nisbatan katta miqdorda kalsiyning fosforli achchiq tuzini saqlaydi.

    Tishlar jag’ qatlamida yuzaga keladi va rivojlanadi. Embrional rivojlanish davridayoq doimiy tishlarning kurtaklariga asos solinadi, qaysiki keyinchalik sut tishlari bilan almashinadi.

    Bolalar 6-8 oylik bo’lganida dastlab vaqtinchalik yoki sut tishlari chiqa boshlaydilar. Rivojlanishning shaxsiy xususiyatlari va oziqlanish sifatiga qarab tishlar erta va kech ham chiqishi mumkin.

    Ko’pchilik holatlarda dastavval pastki jag’ning o’rtangi kesuvchi tishlari chiqadi: so’ngra yuqorigi o’rta va yuqorigi yon tomondagilar paydo bo’ladi, bir yoshning oxirida odatda 8 ta sut tishlari chiqib bo’ladi. Bola hayotining ikkinchi yili davomida, ayrim hollarda esa hatto uchinchi yoshning boshida barcha 20 ta sut tishlarining chiqishi tamom bo’ladi. Bunday holatda tishning formulasi quyidagi ko’rinishni oladi:


      1. 0.2. yuqorigi jag’ (bir tomoni).

      1. 0.2. pastki jag’ (bir tomoni).

    Sut tishlar yumshoq va sinuvchan bo’lganligi uchun bolalarning ovqatlanishini tashkil qilishda buni hisobga olish zarur. Bolalar 6-7 yoshga yetganida ularning sut tishlari tusha boshlaydilar va ularning o’rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Almashinishdan oldin sut tishlarining ildizlari surilib ketadilar va shundan keyin ular tushadilar. Mayda ildizli va uchinchi katta ildizli tishlar yoki aql tishlar sut tishlarisiz chiqadilar. Doimiy tishlarning chiqib bo’lishi 14-15 yoshga borib tugaydi. Bundan aql tishlarining chiqishi mustasno, chunki ularning chiqishi ayrim paytlarda 25-30 yoshgacha kechikishi mumkin; 15 % holatda ular yuqorigi jag’da bo’lmasligi ham mumkin. arxeologik qazishlar o’tkazilib topilgan qadimgi odamlar qoldiqlarida (sinantroplar, neandartallar) bu tishlar juda yaxshi rivojlanganligi aniqlangan. Hozirgi paytda ular bir muncha rudimentlashgan holda ko’rinadi. Doimiy tishlar qator yillar mobaynida sut tishlari tagida bo’lganligi sababli, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarning og’iz bo’shlig’i va tishlari holatiga e’tibor berish kerak bo’ladi.

    14-Jadval

    Sut va doimiy tishlarning chiqish muddatlari (A.G.Xripkova bo’yicha)



    Tishlarning nomi

    Tishlarning chiqish muddatlari

    Sut

    Doimiy

    O’rtanchi kesuvchi

    8-9 oylikda

    7,-7,5 yoshda

    Yonbosh kesuvchi

    8-10 oylikda

    8-9 yoshda

    Qoziq

    14-18 oylikda

    10-12 yoshda

    Birinchi kichik ildizli

    12-14 oylikda

    10-11 yoshda

    Ikkinchi kichik ildizli

    20-30 oylikda

    11 yoshda

    Birinchi katta ildizli




    6-7 yoshda

    Ikkinchi katta ildizli




    12-14 yoshda

    Uchinchi katta ildizli




    17-25 yoshda

    Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra 10 ta tekshirilgan odamlardan 7-8 tasini tishlari davolashga muhtoj ekanligi aniqlangan va bu birinchi navbatda kariyes bilan aloqadordir. Uning mohiyati quyidagidan iboratdir. Emalga kimyoviy ta’sir ko’rsatilganida ularning demineralazasiyasi - ovqatlarning qoldiqlarini parchalanishi natijasida hosil bo’lgan kislotalar ta’sirida emalning mineral tuzlarini erishi yuz beradi.

    Tish to’qimalarining deminaralizasiyasi emal ostida joylashgan dentinda ham yuz beradi.

    Uglevodlarning achishidan yuzaga keluvchi asosiy maxsulot –sut kislotasi emalga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Keyinchalik esa to’g’ridan-to’g’ri mikroblarning deminerallashgan emalga va dentinga ta’siri yuz beradi. natijada tishning organik moddalarining parchalanishi kuzatiladi.

    Tashqi (ekzogen) omillar ham kariyes jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bular qatoriga vitaminlarning (asosan B guruhi va D) yetishmasligi, kalsiy, fosfor, va ftorlarni ovqat va suv tarkibida taqchil bo’lishi, ultrabinafsha nurlarini yetishmasligi yoki bo’lmasliklari kiradi. Bularning hammasi organizmda minerallar va oqsillar almashinuvining buzilishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida emallar va dentinning oziqlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

    Kislotalar ta’siri ostida emaldagi mineral moddalarning erishi yuz beradi, emalning jarohatlangan qismida mikroorganizmlarni faoliyati uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Kislota hosil qiluvchi mikroorganizmlardan tishning maddali toshmalari yuzaga keladi. bu yerda ko’pchilik holatlarda kariyesning rivojlanish jarayoni boshlanadi, ko’z bilan ko’rsa bo’ladigan oq dog’ yuzaga keladi. Jarohatlangan joyda mineral moddalarning kamayishi kuzatiladi.

    Bo’shliqlar hosil bo’lishining oldini olish uchun ko’proq oziqlar bilan yetarli miqdorda kalsiy, fosfor va ftor tushishini ta’minlash uchun oziqlanish ratsionini muvozanatlashtirish zarur.

    Hozirgi davrda kariyesning ftorli profilaktikasi keng qo’llanilmoqda. Bu ichimlik suvini, ftorlashtirish va natriy ftor eritmasi bilan mahalliy sug’orish, namlash, maxsus ftor saqlovchi tish talqonlari –kukun, pastalari, eleksirlar va nihoyat ftorli tabletkalardan foydalanish juda foydalidir.

    Maktablarda bolalarning tishlarini saqlash maqsadida og’iz bo’shlig’ini davolashga qaratilgan chora-tadbirlar o’tkaziladi: zararlangan tishlar olib tashlanadi yoki plombalanadi va shu yo’l bilan qolgan tishlarning ayniqsa doimiy tishlarning buzilishlarining oldi olinadi.

    Tishlarni salomatligini ta’minlash eng avvalo har bir oziqlanishdan keyin tishlar orasida qolgan ovqatlar zarrachalaridan tozalash maqsadida uncha issiq bo’lmagan qaynagan suv bilan chayqashni qat’iy kun tartibiga kiritish zarur.

    Har kuni kechqurun uyqudan oldin barcha ovqatlar qoldiqlarini chiqarib tashlash uchun tish talqoni va tish щyetkasi bilan tozalash zarur.

    Bolalarga juda issiq va sovuq suvni, ovqatlarni bermaslik kerak, hamda ularga yong’oq yoki boshqa qattiq moddalarni tish bilan sindrishiga ruxsat bermaslik kerak.

    Yuqorigi kesuvchi tishlar bilan pastki kesuvchi tishlarni tutatishi tishlash deb ataladi. Tishlash to’g’ri bajarilganida yuqorigi kesuvchi tishlar pastki tishlardan oldingi holatda turadi. Qaysiki ularning kesuvchilik ta’sirini oshiradi.

    Mexanik jihatdan maydalangan ovqatlar og’iz bo’shlig’ida so’lak bilan aralashadi. Og’iz bo’shlig’iga uch juft katta so’lak bezlarining yo’llari ochiladi: quloqoldi, pastki jag’ osti va tilosti bezlari. Katta so’lak bezlaridan tashqari mayda, shilliq so’lak bezlari ham mavjud, ular butun og’iz bo’shlig’i va til shilliq pardasida joylashgan.

    Bolalar tug’ilganidan boshlab ularning so’lak bezlari faoliyat ko’rsata boshlaydi, lekin hayotining birinchi oylarida so’lak kam ajraladi. Sut tishlari chiqishi bilan so’lak ajralishi shunchalik ortadiki, hattoki bola uni yutib ulguraolmaydi, natijada uning og’ izdan chiqib turishi kuzatiladi.

    So’lakda murakkab uglevodlarni maltozagacha parchalovchi ptialin fermenti va disaxaridlarni glyukozagacha parchalovchi maltaza fermentlari saqlanadi. So’lak oqsili musin – uni yopishqoq qiladi.

    Musin tufayli so’lak bilan yaxshi to’yingan ovqatlar yengil yutiladi. So’lakni tarkibida tabiati jihatidan oqsil bo’lgan lizosim – moddasi bo’lib u zararsizlantirish – baktrisidlik xsusiyatiga ega.

    Shular sabab bo’lsa kerak og’iz bo’shlig’i shilliq pardasidagi jarohatlar, yaralar, tana yuzasidagilarga qaraganda ancha tez tuzaladi.

    Bolalarning yoshi ulg’ayishi bilan ularda ajralayotgan so’lakning miqdori ham orta boradi: bolalarning 9 dan 12 oylikgacha va 9 dan 11 yoshgacha bo’lgan bolalarda so’lak ajralishining ancha aniq o’zgarishi kuzatiladi. Bolalar bir kecha-kunduzla o’rtacha 800 sm3 so’lak ajratadi.



    So’lak ajralishining boshqarilishi. Iste’mol ovqatlar, og’iz bo’shlig’iga tushganidan keyin, bir necha sekund o’tgach, so’lak ajrala boshlaydi. Og’iz bo’shlig’ining ta’sirlanishiga so’lak bezlarining bunday tezlikda javob berishi so’lak ajralishi reflektor ravishda asab tizimi ishtirokida bajarilishini ko’rsatib turibdi.

    Og’iz bo’shlig’iga tushgan ovqatlar ta’m sezuvchi nervlarni uchlarini qo’zg’atadi, ularda qo’zg’alish yuz beradi, qaysiki markazga intiluvchi nerv tolalari orqali uzunchoq miyadagi so’lak ajralish markaziga beriladi. Bu yerda qo’zg’alishni markazga intiluvchi nervlardan markazdan qochuvchi nervlarga (simpatik va parasimpatik) ya’ni so’lak bezlariga boruvchi nervlarga berilishi amalga oshadi. Qo’zg’ alish so’lak bezining sekretor hujayralarini qamrab oladi va ma’lum miqdordagi va tarkibdagi so’lak ajraladi. Shartsiz so’lak ajratuvchi refleks shunday bajariladi.

    So’lak faqat og’izga ovqat tushishi bilan ajralmasdan balki uni ko’rinishiga, hidiga, hattoki ovqat to’g’ risida gap yuritilganda ham so’lak ajraladi. Bu ham refleks, lekin maxsus, I.P.Pavlov tomonidan shartli refleks deb atalgan. Shartli reflektor ravishda so’lak ajralishi shu paytda amalga oshadiki, ya’ni ovqatni ko’rinishi, hidi yoki mazzali ovqat haqidagi gap-so’zlar ovqat yeyish bilan bir vaqtda bajarilsa.

    Qizilo’ngach. Og’iz bo’shlig’ida maydalangan va so’lak bilan to’yingan, oziqa luqmasiga aylangan oziqlar tanglay orqali avval halqumga so’ngra qizil o’ngachga tushadi. Qizil o’ngach-muskulli nay bo’lib voyaga yetgan odamlarda 25 sm.ga yaqin bo’ladi. Qizil o’ngachning ichki qatlami – shilliq –ko’p qatlamli epiteliy bilan qoplangan, yuqorigi qatlamida shox moddasi belgilari ko’rinib turadi. Epiteliy uni, unda dag’ al oziqa luqmalari harakatlanganda qizil o’ngachni himoya qiladi. Shilliq parda uzunasiga joylashgan qatlar hosil qiladi, qaysiki undan oziqa luqmasi o’tayotganda u ancha kengayadi.

    Yosh bolalarda qizil o’ngach juda nozik, yengil jarohatlanishi mumkin, qon tomirlariga juda boy. Yangi tug’ilgan bolalarda qizil o’ngachning uzunligi 10 sm.ga yaqin, 5 yoshli bolalarda –16 sm, 15 yoshlilarda esa –19 sm.ni tashkil etadi.


    11.3. Me’dalarda ovqat hazmining yoshga oid xususiyatlari
    Me’da –ovqat hazmi nayining ancha kengaygan qismidir. U 2 l oziqani joylashtirish xususiyatiga ega bo’lgan egilgan xaltani eslatadi.

    Me’da qorin bo’shlig’ida joylashgan bo’lib uning katta qismi chap tomonda va kamroq qismi tananing o’rta qismidan unga o’tgan bo’ladi. Osilgan me’dani pastki chekkasi katta qiyshiqlik, katta buklangan chekkasi esa – kichik qiyshiqlik deb yuritiladi. Me’dada kirish (kardial qismi), tubi (yoki fundal qismi) va chiqish (pilorik qismi) yoki privratnik qismlari farqalanadi. Privratnik o’n ikki barmoqli ichakka ochiladi.

    Me’da ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan bo’lib juda ko’plab burmalar (qatlar) hosil qiladi. Shilliq po’stloqning qalinligida naychalar shaklidagi bezlar joylashadi. Bezlar me’da shirasini ishlab chiqaradi. Me’da bezlarining uch xili farqlanadi: bosh hujayralar – me’da shirasining fermentlarini ishlab chiqaradi, qoplama hujayralar – xlorid kislota va qo’shimcha hujayralar esa – shilliq modda ishlab chiqaradi.

    Odam me’dasining shirasi – kislotali reaksiyaga ega bo’lgan rangsiz suyuqlikdir, u katta miqdorda xlorid kislota (0,5 % gacha) va shilimshiq modda saqlaydi. Me’daning shilliq qatlamidan ishlab chiqiladigan shilimshiq modda me’dani mexanik va kimyoviy jarohatlanishdan saqlaydi.

    Me’daga tushadigan bakteriyalar uchun xlorid kislota o’ldiruvchi (bakteriosidlik) xususiyatiga ega, xuddi shunday himoya funksiyasini bajarish bilan tolali ovqatlarni yumshatadi, oqsillarni ko’pchishini chaqiradi, hazmlovchi ferment pepsinni faollashtirish xususiyatiga ega.

    Voyaga yetgan odamlarda bir kecha-kunduzda 1,2-2,0 l shira ajraladi. Me’da shirasida ikki xildagi oqsillarni parchalovchi fermentlar pepsin va ximozin saqlanadi. Pepsin me’da bezlari bilan noaktiv holatda ishlab chiqiladi va xlorid kislota ta’sirida faollashadi. Pepsin oqsillarni albumoz va peptonlargacha parchalaydi. Ximozin yoki shirdon fermenti me’dada sutni ivishini chaqiradi. Ximozin bolalarning me’dasida ular sut bilan oziqlanganida topiladi. Katta bolalarda sutning ivishi me’da shirasidagi pepsin va xlorid kislota ta’sirida bajariladi. Me’da shirasida mavjud bo’lgan lipaza fermenti yog’ larni gliserin va yog’ kislotalarigacha parchalaydi. Me’da lipazasi yog’lar emulsiyalanganida ta’sir ko’rsatadi.

    Me’dada oziqalar 4 soatdan 11 soatgacha saqlanadi va me’da shirasi yordamida asosan kimyoviy jihatdan qayta ishlanadi. Bundan tashqari me’dalarda oziqalar mexanik jihatdan ham qayta ishlanadi. Me’da devori qatlamida juda kuchli muskulli qatlam mavjud bo’lib ular silliq muskullardan tashkil topgan, ular uzunasiga qiyshiq va aylanasiga joylashgandir. Me’da muskullarining qisqarishi oziq massalarining hazm shiralari bilan aralashishini ta’minlaydi, hamda me’dadan ichakga o’tishini ta’min etadi.

    Emadigan bolalarning me’dasi ko’proq gorizontal holda joylashgan bo’lib chap qobirg’alar ostini to’lig’icha egallaydi va faqat bola qachon tik turadigan va yuradigan bo’lganidan keyingina anchagina vertikal holatni oladi.

    Yosh ulg’ayishi bilan me’da o’zining shaklini ham o’zgartiradi. 15 yoshgacha bo’lgan bolalarda doirasimon, 2-3 yoshgacha noksimon, yetti yoshdan boshlab voyaga yetgan odamlarni me’dasini shaklini oladi.

    Yosh ulg’ayishi bilan me’daning sig’imi ham orta boradi. Agar yangi tug’ilgan bolalarda 30-35 ml ni tashkil qilsa, bir yoshga to’lganida bu hajm 10 marta ortadi va 300-350 ml ni tashkil etadi. 10-12 yoshga kelib me’daning sig’imi 1,5 l ga yetadi.

    Me’daning muskulli qatlami yosh bolalarda juda zaif rivojlangan bo’ladi, ayniqsa me’daning asosiy qismi –uning tubi zaif bo’ladi. Me’da tubidagi muskulli qatlamning yetarlicha rivojlanmaganligi va unga kiradigan qismning ancha katta bo’lishi emadigan bolalarda hiqichoq tutishiga yoki qusishning asosiy sababi bo’lib hisoblanadi.

    Yangi tug’ilgan bolalarda me’daning bezli epiteliyasi juda zaif tabaqalashgan bo’ladi, bosh hujayralar hali to’lig’ icha yetilmaganligi sababli xlorid kislota deyarlik bo’lmaydi. Bolalar me’dasi bez hujayralarining differensiyasi asosan yetti yoshga kelib tugallanadi, lekin o’zining to’liq rivojiga jinsiy yetilish davrining oxirida erishadi.

    Yangi tug’ilgan bolalar me’da shirasining umumiy kislotaliligi unda mavjud bo’lgan sut kislotasi bilan bog’liqdir. Xlorid kislotaning sintezlanish funksiyasi 2,5 dan 4 yoshgacha bo’lgan davrda rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda me’da shirasining umumiy kislotaliligi o’rtacha 35,4 birlikni tashkil etadi, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda bu ko’rsatkich 63 birlikga teng bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar me’da shirasidagi xlorid kislotaning nisbatini kam miqdorda saqlanishi uning bakterisidlik xususiyatini pasayishiga olib keladi, bu esa bolalarning oshqozon –ichaklar kasalliklari bilan ko’proq kasallanishga moyil ekanligini aniq ko’rsatib beradi.

    Yangi tug’ilgan bolaning me’da shirasining tarkibida pepsin, ximozin, lipaza fermentlari sut kislotasi va birikkan xlorid kislotalar saqlanadi. Me’da shirasining past kislotaliligi tufayli uning tarkibidagi pepsin fermenti faqatgina sut tarkibiga kiruvchi oqsillarnigina parchalaydi. Sut ivituvchi ferment ximozinni faolligi bolalar hayotining birinchi yilini oxiriga kelib 256-521 birlikkacha ortadi (bolaning birinchi oyidagi 16-32 birlikka nisbatan). Emadigan bolalar me’da shirasidagi lipaza fermenti 25 % sut yog’larini parchalash xususiyatiga ega. Shuni qayd qilish kerakki, ona sutining yog’i faqatgina me’da lipazasi bilan parchalanmaydi, balki buni parchalanishida ona sutining lipazasi ham ishtirok etadi. Shu sababli, sun’iy oziqlantirilgan bolalarda ko’krak sutini emgan bolalarga nisbatan yog’larni parchalanishi doimiy ravishda ancha sekin kechadi. Sigir sutini tarkibida lipaza juda kam. Bolalarni yoshi ortishi bilan lipazasini faolligi 10-12 birlikdan 35-40 birlikkacha ortadi.

    Iste’mol qilingan ovqatlar turiga qarab me’da shirasining miqdori, uning kislotaliligi va hazmlovchi kuchi (xuddi voyaga yetgan odamlardagiga o’xshash) ham o’zgaradi. Ona suti bilan oziqlanganda past kislotalilik va kuchsiz hazmlovchi xususiyatga ega bo’lgan me’da shirasi ajraladi. Yosh ulg’ayishi bilan me’da shirasi sekretsiyasining tiklanishi bilan avval go’shtga, so’ngra nonga yuqori kislotalilik shirasi ajralsa eng past kislotalilik xususiyatiga ega bo’lgan shira sutga ajraladi. Me’da shirasi ajralishi uchun albatta, me’daga ovqatlar tushishi shart emas, ovqatlarning og’iz bo’shlig’iga tushishining o’zi shira ajralishi uchun kifoya.

    Bu bildirilgan fikrga ishonish uchun itlarni «yolg’ondakam» oziqlantirishni kuzatishni o’zi kifoya. Buning uchun hayvonga operasiya yo’li bilan me’da ichiga naychali fistula kiritiladi: ikkinchi uchi esa hayvonni tana yuzasiga mahkamlanadi va tajriba bajarilmagan paytda tiqin bilan tiqib qo’yiladi. Shunday qilib tayyorlangan hayvonning qizil o’ngachi kesilib, uning uchlar kesilgan jarohati terisiga tikiladi.

    Operatsiyadan keyin bir necha kun o’tgach hayvonlar oziqlana boshlaydilar, lekin ovqatlar me’daga tushmaydi. Shu bilan birga me’da fistulasidan toza me’da shirasi ajraladi. Bu esa yolg’ondakam oziqlantirishdir.Yolg’ondakam oziqlantirish paytida me’da shirasi og’iz bo’shlig’idagi ta’m sezuvchi retseptorlarni qo’zg’alishiga javob tariqasida reflektor ravishda ajraladi.Me’da bezlari uchun sekretor nervlar bo’lib adashgan nerv hisoblanadi.

    Me’da shirasining ajralishini boshlanishi uchun albatta og’iz bo’shlig’idagi retseptorlarni ovqatlar bilan qo’zg’atilishi shart emas. Ovqatlanishga tayyorgarlik ko’rish, taomlar haqida gap yuritish, uning hidi va ko’rinishi, ovqatlanish vaqti kislotali, fermentlarga boy bo’lgan me’da shirasi ajralishini chaqiradi. Bu jarayon shartli reflektor holatda bajariladi. Shartli reflekslar tufayli, shira ovqatlanishdan bir muncha oldin ajrala boshlaydi. I.P.Pavlov bu shirani ishtaha yoki zapal shirasi deb atadi. Ishtaha shirasi, me’dani oziqalarni hazmlashga oldindan tayyorlaydi va uning normal ishlashi uchun qulay sharoit yaratadi.

    Ovqat yeyish akti doimo oziqalarni ko’rinishi va hidi – me’da bezlari uchun shartli qo’zg’atuvchilar bo’lib hisoblanadi. Shundan keyin og’iz bo’shlig’iga tushuvchi ovqatlar xuddi shartsiz qo’zg’atuvchi sifatida ta’sir ko’rsatadi va og’izdagi shilliq pardasidagi ta’m sezuvchi retseptorlarni qo’zg’aydi. Me’da sekretsiyasining bunday fazasi murakkab reflektor faza hisoblanadi va bu fazada me’da shirasi shartsiz va shartli reflekslar kompleksi hisobiga ajraladi.

    Ovqat me’daga tushganidan keyin, me’da shirasi reflektor ravishda ajralishda davom etadi, bu esa me’daning shilliq pardasini mexanik jihatdan qo’zg’alishi hisobiga yuz beradi. Bu yerda ovqat hazmlanishida qon tarkibida aylanuvchi va me’dani sekretsiyasini gumoral yo’l bilan qo’zg’atuvchi kimyoviy moddalar ham muhim rol o’ynaydilar.

    Bu borada go’sht sho’rvasi, qaynatilgan karam, baliqlar, qo’ziqorinlar, sabzavotlar qaynatilgan suvlarda saqlanuvchi moddalar ayniqsa faoldir.

    Bundan tashqari xlorid kislota yoki hazmlanish mahsulotlari ta’siri ostida me’daning shilliq pardasida maxsus gormon –gastrin hosil bo’ladi va u qonga so’rilib me’daning bezlarini sekretsiyasini tezlashtiradi.

    Me’da shirasining ajralishi turli ta’sirotchilar ta’siri ostida tormozlanishi mumkin. Buzilgan ovqatning ko’rinishi, uning yoqimsiz hidi, ko’ngilga o’tirmaydigan ahvol, ovqatlanish paytida qusish me’da sekretsiyasini tormozlaydi, bu paytda shiralarning hazmlovchi ta’siri kamayadi va oziqalar yomon o’zlashtiriladi.

    Sut emadigan bolalarning sut emishi to’g’ri olib borilsa ularning me’dasi oziqalardan 3-4 soatdan keyin bo’shaydi.

    Katta miqdorda oqsil va yog’ saqlovchi ovqatlar me’dadan 4,5-6,5 soatdan keyin chiqib ketadi.

    Ichaklarda ovqat hazmi. Me’da ichidagi massa, kislotali me’da shirasiga to’yingan oziqa atalasi shaklida qisman hazmlangan holda me’da muskullarining harakati bilan uning chiqish qismiga – pilorik bo’limga keladi va portsiya – portsiya bo’lib me’dadan ingichka ichaklarning boshlang’ich qismi –o’n ikki barmoqli ichakka o’tadi. O’n ikki barmoqli ichakning ichiga jigarning umumiy o’t yo’li va me’daosti bezining shira yo’llari ochiladi.

    O’n ikki barmoqli ichakda me’da osti bezi shirasi, o’t suyuqligi va ichak shiralari ta’sirida oziqa atalasining ancha jadal hazmlanishi kechadi. Bu shiralar ta’siri ostida oqsillar, yog’lar va uglevodlarning surilishi va organizm tomonidan o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan darajada hazmlanadi.

    Toza me’daosti bezi shirasi – rangsiz, tiniq, ishqoriy muhitga ega suyuqlik bo’lib tarkibida oqsillarni aminokislotalargacha parchalovchi tripsin fermenti saqlanadi; tripsin bez hujayralari tomonidan nofaol holatda ishlab chiqiladi va ichaklar shiralari fermentlari bilan faollashadi; shira tarkibida saqlanuvchi lipaza fermenti o’t suyuqligi ta’sirida faollashadi va yog’larga ta’sir qilib uni glitserin va yog’ kislotalariga aylantiradi; amilaza va maltaza fermentlari murakkab uglevodlarni glyukozalar tipidagi monosaxaridlargacha parchalaydi.Me’daosti bezi shirasi qabul qilingan ovqatlarning tarkibi va xususiyatlariga bog’liq holda 6-14 soat davomida ajraladi.

    O’n ikki barmoqli ichakga jigarning hujayralaridan ajraladigan o’t suyuqligi ham tushadi. O’t suyuqligini tarkibida oziq moddalarni parchalashda ishtirok etuvchi fermentlar bo’lmasa ham, ovqat hazmida uning roli juda katta. Birinchidan me’daosti bezi hujayralaridan ishlab chiqiladigan lipaza fermentini faol holatga o’tkazadi; ikkinchidan o’t yog’larni mayda tomchilarga aylantirib emulsiyalaydi (emulsiyalangan yog’lar yengil hazmlanadi); uchinchidan o’t suyuqligi ingichka ichaklarda surilish jarayoniga faol ta’sir ko’rsatadi; to’rtinchidan, me’daosti bezidan shira ajralishini tezlashishini ta’minlaydi.

    O’n ikki barmoqli ichakdagi hazm jarayonlari ingichka ichaklarning och ichak qismida ham davom etadi, och ichak esa yonbosh ichak qismida ham davom etadi. Voyaga yetgan odamlarda och ichakning uzunligi 5-6 m ni tashkil etadi, och ichakning ichki qismi –shilliq juda ko’plab o’simtalarga yoki so’rg’ichlarga ega. (voyaga yetgan odamlarda 4 mln ga yaqin). So’rg’ichlar ingichka ichaklar yuzasini keskin kattalashtirib yuboradi, bu esa o’z navbatida to’yimli moddalarning so’rilish jarayonini bajaralishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ichaklar shirasi tarkibida 20 dan ortiq fermentlar borligi aniqlangan va ularning barchasi oziq moddalarning parchalanishini tezlashtirish xususiyatiga egadirlar.

    Ingichka ichaklarning devorlarida uzunasiga va aylanasiga joylashgan muskullar bo’lib, ularning qisqarishi mayatniksimon va peristaltik harakatlarni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida ximus bilan hazm shiralarining aralashishini yaxshilaydi va ingichka ichaklar ichidagi massalarni yo’g’on ichaklar tomon harakatlanishini ta’min etadi. Yo’g’on ichaklarning uzunligi 1,5-2 m ni tashkil etadi va bu ichaklarning eng keng qismidir. Yo’g’on ichaklarda chuvalchangsimon o’simtasi bilan (apendiks) ko’r ichak, chambar va to’g’ri ichaklar farqlanadi.

    Yo’g’on ichaklarda oziqalarning fermentativ qayta ishlanishi deyarlik bajarilmaydi. Bu yerda suv juda jadal suriladi, buning natijasida uning oxirgi bo’limlarida najas shakllanadi va organizmdan chiqariladi. Yo’g’on ichaklarda juda ko’plab turdagi bakteriyalar yashaydi. Ulardan biri o’simliklar kletchatkasini parchalaydi, qaysiki odamlarning hazm shiralarida kletchatkani hazmlovchi fermentlar yo’q.

    Yo’g’on ichaklarda bakteriyalar yordamida K va B guruhi darmondorilarining ayrimlari ham sintezlanadi.

    Yosh bolalarda ichaklar voyaga yetgan odamlarga nisbatan ancha uzun. Voyaga yetgan odamlarda ichaklarning uzunligi uning tanasi uzunligidan 4-5 marta uzun bo’lsa, emadigan bolalarda u 6 marta uzundir. Ichaklar bolalar 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davrda ya’ni sutli oziqlardan aralash oziqlarda o’tish davrida juda jadal o’sadi, bunday holat 10 dan 15 yoshgacha bo’lgan muddatda ham kuzatiladi.

    Ichaklarning muskulli qatlami va uning elastik tolalari voyaga yetgan odamlarga nisbatan yosh bolalarda kam rivojlangan. Shu sababli, bolalarda peristaltika ancha zaif bo’ladi, ana shuning uchun ham bolalarda ich qotishga moyillik seziladi.

    Ichaklarning hazm shiralari hayotning birinchi kunidan boshlab ovqat hazmi jarayoni mutadil kechishini ta’minlovchi barcha asosiy fermentlarni saqlaydi.

    Me’daosti bezining o’sish va rivojlanishi 11 yoshgacha davom etadi, 6 oydan ikki yoshgacha bo’lgan muddatda ancha jadal o’sishi kuzatiladi.

    Jigar yosh bolalarda voyaga yetgan odamlarga nisbatan ancha katta; 8-10 oylik bolalarda uning massasi ikki martaga ortadi, ayniqsa jigar 14-15 yoshda jadal o’sadi va 1300-1400 g massaga ega bo’ladi. 3 oylik homilada o’t suyuqligini ajralishi qayd qilingan. Yosh ulg’ayishi bilan o’t ajralishi tezlashadi.

    Hazm tizimidagi so’rilishlar. Hazm tizimining barcha qismlarida so’rilish amalga oshadi. Agarda til ostida bir bo’lak qandni ushlab tursak, u eriydi va so’riladi. Demak, og’iz bo’shlig’idayoq so’rilish kuzatilar ekan. Lekin ovqat hazm tizimidan ovqat massasi so’rilish uchun zarur bo’lgan muddat davomida saqlanib qolmaydi.

    Me’dada alkogol, qisman glyukoza yaxshi surilsa, yo’g’on ichaklarda –suv, ayrim tuzlar yaxshi suriladi.

    Oziq moddalarning asosiy qismini surilishi ingichka ichaklarda kechadi. U o’zining tuzilishi jihatidan surilish funksiyasiga juda yaxshi moslashgan. Odamlar ichaklarining ichki yuzasi 0,65-0,70 m2 ga tengdir va u so’rg’ichlar hisobiga ichaklarning ichki yuzasi 4-5 m2 gacha kengayadi, ya’ni odam tana yuzasidan 2-3 martaga ortiqdir.

    So’rg’ichlarni qoplab turuvchi epiteliya hujayralari elektron mikroskop ostida qaralganda hujayralarning ichaklar bo’shlig’iga qaraganda yuzasi tekis emas, ular o’z navbatida barmoqsimon o’simtalar –mikroso’rg’ichlar bilan qoplanganligini ko’rish mumkin. Ularning o’lchami shundayki, ularni eng katta o’lchamdagi yorug’likka ega mikroskop ostida ham ko’rish mumkin emas. Lekin ularning ahamiyati juda katta. Birinchidan, mikroso’rg’ichlar ingichka ichaklarning so’rish yuzasini yanada kengaytiradi. Ikkinchidan, mikroso’rg’ichlar orasida katta miqdorda fermentlar saqlanadi, ular u yerda saqlanib tursada ichaklar yuzasiga juda kam miqdorda tushadi.

    Demak, mikroso’rg’ichlar orasidagi fermentlarni konsentratsiyasi yuqori bo’lganligi sababli, asosiy ovqat hazmi jarayoni ichaklar bo’shlig’ida kechmaydi, balki mikroso’rg’ichlar orasidagi bo’shliqlarda ya’ni ichaklar epiteliyasi hujayralari devorlarida kechadi. Ana shuning uchun bunday tipdagi ovqat hazmi «devoroldi ovqat hazmi» deb atalgan.

    Devorlarda oziq moddalarning parchalanishi organizm uchun ayniqsa so’rilish jarayonini kechishi uchun juda samaralidir.

    Gap shundaki, ichaklarda doimiy ravishda katta miqdorda mikroblar faoliyat ko’rsatadi. Agarda parchalanishning asosiy jarayonlari ichaklar yo’lagida kechganida edi bu paytda parchalanish mahsulotlarining katta qismi mikroorganizmlar tomonidan foydalanilardi, natijada jiddiy darajada kam miqdorda to’yimli moddalar qonga so’riladi. Bunday bo’lmaydi, chunki, mikroso’rg’ichlar mikroblarni fermentlar ta’sir ko’rsatadigan joyga o’tkazmaydi, mikroblar o’lcham jihatidan ancha katta va mikroso’rg’ichlar oralig’iga kira olishmaydi. Oziq moddalar esa ichaklar hujayralari devorlarida joylashganligi sababli juda yengil so’riladi.

    So’rilish–ichaklarning epiteliy hujayralarining faol ishi hisobiga bajariladigan murakkab fiziologik jarayondir.

    Oqsillar qonga aminokislotalarning suvdagi eritmalari shaklida suriladi. Bolalar ichaklarining devorlari uchun xarakterli bo’lgan xususiyat yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatidir, shu sababli sut oqsillari va tuxum oqsillari o’zgarmagan holda ularning ichaklari devorlaridan o’tishi mumkin. Lekin bolalar organizmiga parchalanmagan oqsillarning me’yoridan ortiqcha tushishi uning terisida har xil toshmalar, qichish va boshqa noqulay hodisalarga olib keladi.

    Bolalar ichaklarining devori yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lganligi sababli begona moddalar va ichaklarda chirish jarayoni natijasida hosil bo’ladigan zaharlar, to’liq hazmlanmagan mahsulotlar ichaklardan, qonga o’tishi mumkin va turli toksikoz holat(zaharlanish) larni chaqirishi mumkin.

    Uglevodlar qonga asosan glyukoza shaklida so’riladi. Bu jarayon ichaklarning yuqorigi bo’limida ancha jadal kechadi. Yo’g’on ichaklarda uglevodlar juda sekin so’riladi. Lekin ularning yo’g’on ichaklarda so’rilish imkoniyati kasallarni sun’iy oziqlantirish uchun davolash amaliyotida o’zining tasdig’ini topmoqda (oziq moddali klizmalar).Yog’lar asosan limfaga glitserin va yog’ kislotalari shaklida so’riladi.

    Suvning so’rilishi me’dalarda boshlanadi, ichaklarda esa yanada jadalroq so’riladi (25 daqiqa mobaynida 1 l). Madanli tuzlar qonga erigan holda so’riladi, ularning so’rilish tezligi eritmadagi tuzlarning konsentratsiyasi bilan aniqlanadi.


    Download 4,48 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   306




    Download 4,48 Mb.