315
Ichki o’takuchlanishlarni shartli ravishda ikkita guruhga bo’lib o’rganamiz.
Ulardan biri rezonansli ichki o’takuchlanish hisoblanadi.
Rezonansli o’takuchlanish – sistemaning simmetrik va nosimmetrik
sxemalarida turg’unlashgan tebranish bilan bog’liq bo’lgan o’takuchlanish
hisoblanadi.
Rezonansli o’takuchlanishlar guruhiga quyidagilar kiradi:
1) uzun liniyalarda simmetrik va nosimmetrik rejimlarda ishchi chastotadagi
rezonansli o’takuchlanish;
2) simmetrik rejimda aylanuvchi elektr mashinalarida o’z-o’zidan
qo’zg’atilish rejimidagi o’takuchlanish;
3) sistemaning nosimmetrik rejimida yuqori garmonikada rivojla-nadigan
o’takuchlanish;
4) temir o’zakli zanjirlarning nochiziq parametri bilan bog’liq yuqori va past
chastotalarda ferrorezonans o’takuchlanish.
Keltirilgan klassifikatsiya shartli hisoblanadi. Ayrim hollarda real elektr
sistemasida har xil guruhlarga mansub bo’lgan o’takuchlanishlar paydo bo’ladi.
Masalan, rezonansli o’takuchlanish ustiga o’tkinchi jarayonlar bilan bog’liq
bo’lgan o’takuchlanishlar ta’sirida amplitudasi ancha katta bo’lgan o’takuchlanish
kuzatilishi mumkin.
Rezonansli o’takuchlanish eng murakkab
jarayonlardan biri hisoblanadi,
chunki elektr sistemasi elementlarining ko’pchiligi po’lat o’zakli bo’lib, ularning
magnitlanish xarakteristikalari nochiziqlidir. Nochiziqli elektr zanjirlarida
tebranish jarayonining kechishi bir–biridan farq qiladi. Tebranish konturining
elementlarida kuchlanishning o’zgarishi ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Shu
sababli masalani ancha ixchamlashtirib qulay usullarni qullashimiz mumkin.
Nochiziqli zanjirlardagi rezonans jarayonnini quyidagi 4
ta guruxga
bo’lishimiz mumkin:
a) garmonik rezonans – sxemada manbaning chastotasiga teng chastotada
rezonans tebranishining paydo bo’lishi. Bunda asosiy chastotadan tashqari
316
ko’pgina yuqori garmonikalar paydo bo’lsa, etakchi o’rinni ishchi chastotadagi
tebranish egalaydi.
b) ultragarmonik rezonansda tebranish asosan
yuqori garmonikalarning
birida sodir bo’ladi.
v) subgarmonik rezonansda zanjirda man’baning chastotasidan past bo’lgan
chastotadan rezonans tebranishi rivojlanadi. Bu turdagi rezonans tarkibida
bo’ylama kompensatsiyalovchi qurilma o’rnatilgan uzun liniyalari bo’lgan
sistemada kuzatiladi.
g) parametrik rezonansning paydo bo’lishi tashqi kuch ta’sirida tebranish
konturining parametrlaridan biri (sig’im yoki induktivlikning) davriy ravishda
o’zgarishida kuzatiladi.
Elektr sistemasida amalda yuqorida qayd etilgan
rezonanslarning barchasi
kuzatilishi mumkin. Masalan, juda uzun liniyaga ulangan gidrogeneratorning
zanjirida qisqa tutashuv paytida parametrik rezonans, kompensatsiyalovchi
uskunalar bilan jihozlangan etarli darajadagi
uzunlikdagi liniyalarda esa
subgarmonik rezonans kuzatilishi mumkin .
Yuqorida qayd etilganidek, o’takuchlanishlarni tahlil qilishda bizni
sig’imdagi kuchlanish qiziqtiradi. Uni esa ikkita – turg’un
U