327
Agar sterjen ko’rinishidagi yashin qaytargich transformator yoki shina
portalida o’rnatilgan bo’lsa, yashin urilganda unda paydo bo’ladigan yuqori
kuchlanish ta’sirida portaldan izolyatorlar shodasi bo’ylab o’tkazgichga teskari
qoplanish sodir bo’lishi mumkin. Agar himoya uchun alohida yoki projektor
machtasiga o’rnatilgan YaQ qo’llanilsa undan elektr qurilmasiga havo orqali
qoplanish kuzatilishi mumkin. Bunday holatdan muhofoza qilish uchun YAQ ning
zaminlash qarshiligi imkoni boricha kichik bo’lishi, izolyatorlar shodasining va
izolyatsiya oralig’ining elektr mustahkamligi katta bo’lishi kerak.
Shu bilan birga alohida o’rnatilgan YaQ bilan erda yoki er ostida joylashgan
qurilmalar, kabellar va quvurlar orasidagi izolyatsiya oralig’i ta’minlanishi zarur.
YaQ ning zaminlash qarshiligini etarli darajada kichik bo’lmasligi teskari
yo’nalishda qoplanishning sodir bo’lishiga olib keladi. Bundan himoyalash uchun
nochiziqli o’takuchlanishni chegaralagichlar yoki transformatorlarning past
kuchlanishli chulg’ami bilan korpusi orasida o’rnatiluvchi ventilli razryadlagichlar
xizmat qiladi.
Barcha YaQlarning himoya ta’siri uning tepasida lider bosqichida zaryad
yig’ilib, rivojlanayotgan lider bilan YaQ uchi orasida lider yo’nalishi bo’yicha
katta elektr maydon kuchlanganligini hosil qilinadi. YAQdan teskari yo’nalishda
liderning paydo bo’lishi va rivojlanishi shu yo’l bo’yicha elektr maydon
kuchlanganligini yanada kuchaytiradi va oqibatda yashinning er ustidagi ob’ektga
razryadlanish
yo’nalishi
to’la
aniqlaniladi.
YaQdan
past
bo’lgan
himoyalanayotgan ob’ekt yashinning bevosita urilishidan himoyalanadi, ya’ni u
yashin tomonidan shikastlanmaydi. Liderning birorta ob’ektga yo’nalishi
aniklangan nuqtadan ergacha bo’lgan masofaga «Yashinning orientirlash
balandligi» deyiladi (8.1- rasm). Yashin qaytargichning orientirlash balandligi
quyidagi ifoda bo’ychicha topiladi: