351
8. Naysimon razryadlagichning ishlash tokining
quyi va yuqori chegaralari
nima bilan belgilanadi? Ularni qanday o’zgartirish mumkin?
9. Ventilli razryadlagichning tuzilishini tushuntiring.
10. Ventilli raryadlagichlar qaerlarda qo’llaniladi?
11. Ventilli razryadlagichning asosiy xarakteristikalari va parametrlarini
tushuntiring.
12. Aylanuvchan mashinalarni o’takuchlanishdan
himoyalash qanday amalga
oshiriladi?
13. Yashinbardoshlilik nimani bildiradi?
8.3. Nochiziqli o’takuchlanishni chegaralagichlar
Ventilli razryadlagichlarning asosiy kamchiligi korborund asosida
tayyorlangan
rezistorlarning
xarakteristikasi
uncha
yuqori
bo’lmagan
nochiziqlilikka egaligi bilan bog’liq. Ventilli razryadlagichlarning
himoyalash
munosabatini
pasaytirish
uchqun
oraliqlarining
sezilarli
darajada
murakkablashishi hisobiga razryadlagichlardagi so’nish kuchlanishining ma’lum
qismini qabul qiladi.
Yarim o’tkazgichlarni ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi o’tgan
asrning 70 yillari boshlarida ruxning asosida nochiziq rezistiv xarakterdagi
materiallar yaratishga imkoniyat yaratib berdi.
Bu materiallardan yasalgan
nochiziqli o’takuchlanishni chegaralagichlar (varistorlar)ning xarakteristikalari
sezilarli darajada nochiziqlilikka ega bo’lishi bilan birga
tokning zichligini keng
diapazonida o’zgarishida (bir necha daraja 1 dan to 1000 A/sm
2
) ham
varistorlardagi kuchlanish taxminan 30% gacha o’zgarishi mumkin.
Bunday materiallarning ishlab chiqilishi printsipial yangi himoya apparati
nochiziqli o’takuchlanishni chegaragichlarni (NO’KCH)
yaratishga imkoniyat
yaratib berdi. Bu apparatlarning ventilli va naysimon razryadlagichlarga nisbatan
farqi unda ishchi kuchlanishda juda katta tokning oqib o’tishini bartaraf etadigan
352
va o’takuchlanishda esa xuddi razryadlagichdagi kabi
ancha katta tokning oqib
o’tishini ta’minlaydigan uchqun oralig’ining qo’llanilmasligi hisoblanadi. Rux
oksidi asosida yaratiladigan varistorlarning volt-amper xarakteristikasi keskin
nochiziqliligi (8.12- rasm) bilan xarakterlanadi. Varistorlar kolonkasi (VK)
bevosita ishchi kuchlanishga mo’ljallab yaratilganda u orqali oqib o’tayotgan tok
milliamperning ulushini tashkil etadi.
Bunda
varistorlarning
issiqlik
balansi
ta’minlanadi:
ajralayotgan
issiqliqning atrof muhitga sochilishi natijasida
issiqliq energiyasining
jamlanmasligi va temperaturaning varistorni emirishgacha bo’lgan darajagacha
ko’tarilishi kuzatilmaydi. SHunga qaramasdan varistorlarning
issiqliq balansini
ta’minlash uchun ishchi kuchlanishda varistorga bo’layotgan ruxsat etiladigan
yuklamani aniqlash juda muhim masala hisoblanadi.
8.12- rasm. Diametrlari har hil bo’lgan varistorlarning volt-amper xarakteristikasi: 1-
diametri 46 mm; 2 – diametri 60 mm; 3- diametri 85 mm; 4 – diametr 115 mm.
Ist’emolchi tomonidan varistorning o’rnatilish nuqtasidagi ruxsat etiladigan
uzoq davom etuvchi tarmoqning kuchlanishi quyidagicha aniqlanadi:
EKIK
ERK
Э.IK
min
.
E
U
U
,
(8.16)