U
K
U
z
n
'
so
,
(8.11)
347
bu yerda K
z
- neytralni zaminlash usuliga bog’liq bo’lgan koeffitsient bo’lib,
neytrali zaminlangan elektr uskunalari uchun K
z
= 0,8; neytrali izolyatsiyalangan
elektr uskunalari uchun K
z
= 1,1.
VR uchqun oralig’ining yoy so’ndirish darajasi uning quyidagicha
aniqlanuvchi yoy so’ndirish koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
n
so'
tesh
n
'
so
U
U
,
(8.12)
bu yerda
tesh
U
- UOning sanoat chastotasidagi teshilish kuchlanishi. Nochiziqli
rezistorning himoyalash darajasit himoya koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
n
so'
kol
himoya
U
2
U
Κ
.
(8.13)
VRning ishchi qarshiligining asosini elektrotexnik karborund (SIO
2
) tashkil
etadi. Bu razryadlagichda elektrotexnik korborund kukunining ustidan qalinligi
10
-5
sm bo’lgan kremniy oksididan to’sqinlovchi qatlam mavjud. Korborund
kukunining solishtirma qarshiligi uncha katta emas (10
-2
Om.m). Maydon
kuchlanganligining kichik qiymatida (ya’ni ishchi qarshilikdagi kuchlanishning
uncha katta bo’lmagan qiymatida) to’sqinlovchi qatlamning solishtirma
qarshiligi 10
4
10
6
Om.m. Bunda barcha kuchlanish to’sqinlovchi qatlamga to’g’ri
keladi. U ishchi qarshilikning qiymatini belgilaydi. Maydon kuchlanganligining
o’sishida to’sqinlovchi qatlamning qarshiligi keskin kamayib ketadi va ishchi
qarshilikning qiymati karborundning qarshiligi bilan belgilanadi. VRning ishchi
qarshiligi karborund kukuni va bog’lovchi materialidan yasalgan diskdan iborat.
Vilit disklarini birlashtirish uchun suyuq shisha qo’llaniladi. Bu esa vilit disklarini
past xaroratda (taxminan 350
0
graduslarda) tayyorlanib, bu qatlamning ventil
xususiyatini saqlashga imkon beradi. Oldingi vaqtlarda ishchi qarshilik tirvit
materialidan yasalib, ularda bog’lovchi rolini oddiy loy bajargan. Uni toblash
uchun yuqori tempratura talab etilib (1200
0
S), toblashda to’sqinlovchi qatlamning
sinib, buzilish holatlari kuzatilgan.
348
Qalinligi 60 mm bo’lgan vilit diskalarining VAX 8.11- rasmda keltirilgan.
Bu xarakteristika amplitudasi 1-10000 amper diapazonida o’zgaruvchan va davom
etish vaqti 20-40 mksekundli tok to’lqinida olingan. Xarakteristika har xil
qiyalanish koeffitsientiga ega bo’lgan ikkita siniq chiziqli qismdan iborat. Bu siniq
chiziqlar uchun alohida analitik bog’lanishlarni keltiramiz:
I
ln
A
lg
U
lg
,
(8.14)
bu yerda
- ventillik (yoki nochiziqlik) koeffitsienti; A – o’zgarmas qiymat.
8.11- rasm. Ventilli razryadlagichning ishlash printsipi va uning ishchi qarshiligini volt – amper
xarakteristikasi (razryalagich diskining diametri d = 130 mm, I kiloamperda)
Koeffitsient
qancha kichik bo’lsa, vilit diskasi orqali oqayotgan tokning
o’sishi bilan uning kuchlanishi shuncha sekin o’sadi. VAXning birinchi bo’lagi
1
1
tg
kuzatuvchi tokka mos kelsa, ikkinchi bo’lagi esa
1
2
(
2
2
tg
)
impuls tokiga mos keladi. Bu esa kichik nochiziqlik koeffitsientli disklardan
yasalgan ishchi qarshiliqda qolayotgan kuchlanish shuncha turg’un bo’lishini
ta’minlaydi. Razryadlagich orqali katta tok oqib o’tganda u xarakteristikaning
o’ng tomonida ishlab, bu qismda noziqlik koeffitsienti
= 0.13
0.2. Oldingi
qo’llanilgan tirvit diskalarida bu koeffitsient
= 0.14
0.25 diapazonda bo’lgan.
349
VAXning birinchi chap qismida ishlaganda ishchi qarshiliqda qoladigan
kuchlanish
=0.28
0.32 noziqlik koeffitsienti bilan xarakter-lanadi. Bu holda
yuqoridagi tenglamani quyidagicha yozib olinishimiz mumkin:
I
U
.
bu yerda A- o’zgarmas kattalik bo’lib, diskning 1 A tokdagi qarshiligi hisoblanadi.
VRning ishchi qarshiligi n ta ketma-ket ulangan disklardan iborat bo’lsa,
razryadlagichning VAXni quyidagi bog’lanish bilan aniqlash mumkin:
U = nAI
.
(8.15)
Razryadlagichning disklari kichik noziqlik koeffitsienti bilan birga diskning
ishchi qarshiligi etarli o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Bu
razryadlagich bir necha karra takroriy ishlaganda ham uning elektr xarakteristikasi
o’zgarmasligi kerak. Ishchi qarshilikda ajralib chiqqan issiqlik energiyasi ta’sirida
diskning teshilishi va u o’zining xususiyatini yo’qotishi mumkin. Demak, diskning
o’tkazuvchanlik qobiliyati ishchi qarshilik orqali oqayotgan tok amplitudasi va
ta’sir etish vaqtiga bog’liq. Shuning uchun o’tkazuvchanlik qobiliyati to’g’ri
burchakli formadagi 2000 mksek davomida ta’sir etuvchi tok bilan tekshiriladi.
VR ishlashi UO ning teshilishidan boshlanadi va UOlarda yoyning so’nishi bilan
tugallanadi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishga mo’ljallangan VRlarda ketma-ket
ulangan alohida UOlarining soni 96 ta va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Kuchlanishning notekis taqsimlanishi impuls koeffitsientining birdan kichik
bo’lishini ta’minlaydi. Bu koeffitsientining birga tengligini ta’minlash uchun
ketma-ket ulangan UOlari orasiga ekranlovchi xalqa o’rnatiladi. Har to’rtta ketma-
ket ulangan UO chinni tsilindrik idishga joylashtiriladi. Bu razryadlagichlarni
komplektlashni yaxshilaydi. Har bir shunday komplekt bronza qalpoq bilan
berkitilib, unda karborund qarshiligining normalari keltiriladi.
Aylanuvchi mashinalar (generatorlar, motorlar)ni o’ta kuchlanishdan
himoyalash podstantsiyalarni himoyalashga o’xshash. Aylanuvchi mashinalar
izolyatsiyasining elektrik mustahkamligi transformatorlarnikiga qaraganda ancha
350
past. Aylanuvchi mashinalarni himoyalash uchun magnitli RVVM rusumli VRlar
qo’llanilgan. Ammo bu razryadlagichlarda qoladigan kuchlanish izolyatsiyaning
kafolatlangan
impuls
mustahkamligidan
ancha
kattaligi
sababli
bu
razryadlagichlar talabga javob bermaydi. Shu sababli 310 kV kuchlanishda
ishlashga mo’ljallanib yasalgan RVS rusumli VRlar qo’llanilmoqda. Lekin yangi
yoyni magnit bilan so’ndirishga mo’ljallanib yasalayotgan razryadlagichlarning
xarakteristikasi ancha yaxshilangan. Razryadlagichda qoladigan kuchlanish ishchi
qarshilik disklarini nozichiqligini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Elektr apparatlarini konstruktsiyalashda ichki izolyatsiyaning bardoshliligi
tashqi izolyatsiyaga nisbatan katta qilib tanlansada vaqt o’tishi bilan rejim
buzilishlarda izolyatsiyaning jadal eskirishi, yashindan qoplanishi natijasida
apparatlar izolyatsiyasining teshilishiga va apparatning shikastlanishiga olib
keladi. Ma’lum tadbirlarni qo’llash hisobiga podstantsiya izolyatsiyasining
shikastlanish ehtimolini kamaytirishga intiliniladi. Buni son jihatidan harakterlash
uchun "Podstantsiyaning yashinbardoshlilik ko’rsatkichi" degan kattalik qabul
qilinadi. U podstantsiyada xavfli kuchlanish paydo bo’lmaydigan hisobiy yillar
soniga teng. Podstantsiya uchun u yuzlab, ba’zida minglab yillarga teng bo’lib,
juda katta yashinbardoshlilikni beradi.
|