U
tush
UO
U
tush
341
mumkin, yoydagi tokning qiymati 300 A dan kam bo’lgan hollarda yoy o’z –
o’zidan so’nadi.
Sterjen ko’rinishidagi UOning oddiyligi va arzonligi ularning past
kuchlanishdagi tarmoqlarda keng tarqalishiga imkon berdi. YUqori va o’ta yuqori
kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalarida ichki o’ta kuchlanishni chegaralash
uchun maxsus tadbir qo’llanilib unda UO izolyatsiyani muvofiqlashtiruvchi rolni,
ya’ni liniyadan stantsiya va podstantsiya izolyatsiyasiga xavf soluvchi o’ta
kuchlanish to’lqinni chegaralaydi.
8.1- jadval. Sterjen ko’rinishdagi himoya oralig’i uzunligining va razryadlanish
kuchlanishining eng kam qiymatlari
Parametrlar
Nominal kuchlanish, kV
3
6 10 20
35 110 150 220
330
500
HO uzunligi, mm
20 40 60 140 250 650 930 1350 1500 1500
Qo’shimcha oraliq
uzunligi
5
10 15 20
30
-
-
-
-
-
Razryadlanish
kuchlanishining
50 Gts chastotada-
gi ta’sir etuvchi
qiymati, kV
20 34 45 70
105 252 348 495
560
750
Impuls
razryad-
lanish
kuchlani-
shi, kV:
Musbat qutbli
33 51 66 121 195 466 618 735
945
1065
Manfiy qutbli
34 53 68 134 220 510 698 817
1070 1190
Himoyalovchi UOning kamchiligi uning har bir teshilishida erga qisqa
tutashuv sodir bo’lishidir. Agar UO podstantsiya izolyatsiyasini himoyalash uchun
o’rnatilgan bo’lsa, uning har bir teshilishi podstantsiya qurilmalarining shinasida
342
qisqa tutashuvga olib keladi, bu sistema uchun o’ta og’ir shikastlanish
hisoblanadi.
Nafaqat o’takuchlanishdan himoyani, balki kuzatuvchi tok yoyini rele
himoyasining ta’sir etish vaqtidan kam vaqtda so’ndirishni ta’minlaydigan himoya
apparatlari – himoyalash razryadlagichlari deb nomlanadi.
Shuning uchun UO mukammal himoyalash elementi bir-biridan kuzatuvchi
tok yoyini o’chirish usuli bilan farq qiladigan razryadlagichlarga ko’shimcha
qurilma ko’rinishida qo’llaniladi. Himoyalash razryadlagichlari paydo bo’ladigan
elektr yoyini mustaqil so’ndiradi. Hozirgi vaqtda energosistemada asosan
HEULlarini himoyalash uchun qo’llaniladigan naysimon razryadlagich (NR)lar va
podstantsiya izolyatsiyasini himoyalashga mo’ljallangan ventil razryadlagichlar
(VR) ishlatiladi. Naysimon razryadlagichlarda yoyni so’ndirish intensiv ravishda
bo’ylama purkash natijasida amalga oshirilsa, VRlarda UO bilan ketma – ket
ulangan ishchi qarshilik yordamida kuzatuvchi tokning qiymatini pasaytirish
orqali bajariladi.
Nochiziq o’ta kuchlanishni chegaralagich (NO’KCh) rezistorning juda katta
nochiziq xarakteristikasi tufayli ishchi kuchlanishda oqayotgan kuzatuvchi tok
milliamper ulushida qiymatga egaligi sababli himoya apparati uchun havfli emas
va unda quvvat isrofi deyarli sezilarli emas. Shuning uchun u uchqun oralig’isiz
bajariladi.
Naysimon razryadlagichlarning printsipial sxemasi 8.10- rasmda keltirilgan.
Bu razryadlagichning asosi o’zidan gaz ajratuchi materialdan yasalgan nay (1)
hisoblanadi. Nayning bir tomoni ichki sterjen ko’rinishdagi elektrod o’rnatilgan
temir qopqoq (2) bilan mahkamlangan. Nayning ochiq tomonida xalqa
ko’rinishdagi ikkinchi elektrod (3) o’rnatilgan. Sterjen va halqasimon elektrodlar
oralig’i S
1
ichki yoki yoy so’ndiruvchi oraliq deyiladi. Nay faza o’tkazgichidan
tashqi UO S
2
bilan ajratiladi. Aks xolda nayning gaz ajratuvchi materiali doimo
naydan oqib o’tuvchi tok ta’sirida emirilishga uchragan bo’lar edi.
343
NRning himoyalash printsipi uning VSX va zaminlash qarshiligi bilan
xarakterlanadi. Uning VSX razryadlagichning ishga tushish kuchlanishini
aniqlasa, uning zaminlash qarshiligi esa NR ishga tushgandan so’ng unda
qolayotgan
kuchlanish
impulsi
bilan
xarakterlanadi.
Uning
VSXsi
razryadlagichning ichki va tashqi UOlarining uzunligiga bog’liq bo’lib, xarakteri
esa keskin bir jinsli bo’magan maydonli UO xarakteristikasiga o’xshashdir. Tashqi
UOning uzunligi NRning izolyatsiyani himoyalash shartidan kelib chiqib
tanlanadi va ma’lum chegarada rostlanishi mumkin. Ichki UOning uzunligi
razryadlagichning yoy so’ndirish xossasi bo’yicha o’rnatilib, u rostlanmaydi.
8.10- rasm. Naysimon razryadlagichning tuzilishi.
Atmosfera o’takuchlanish to’lqini razryadlagichga urilganda ikkala oraliq
ham teshiladi (razryadlagichning tashqi sirti buyicha qoplanish kuzatilmaydi,
chunki bu sirt bo’yicha razryadlanish oralig’i juda katta) va kuchlanish impulsi
chegaralanib tok impulsi erga o’tkaziladi. Teshilgan UOlari orqali razryadlanish
kanali bo’yicha sanoat chastotasidagi kuzatuvchi tok (qisqa tutashuv toki) oqib
o’tadi. O’zgaruvchan tok yoyining ta’sirda qizishidan kanalda gazning intensiv
ajralishi sodir bo’ladi. Buning natijasida gazning bosimi bir necha atmosferaga
oshadi. Gazlar nayning ochiq tomoniga yo’nalishi natijasida bo’ylama purkash
paydo
bo’lib yoy tokning birinchi noldan o’tishi vaqtida o’chadi.
344
Razryadlagichning ishlashi paytida qizigan ionlashtirilgan gaz atmosferaga
chiqariladi va o’q ovoziga o’xshash ovoz eshitiladi.
Kuzatuvchi tokning yoyini muvvafaqiyatli o’chirish uchun nayda gazning
intensiv ajralishi sodir bo’lishi kerak, yoyning kattaligi undan oqib o’tayotgan
tokning qiymatiga bog’liq. SHuning uchun razryadlagichni ishonchli o’chirilishini
ta’minlovchi tokning quyi chegarasi mavjud. SHuningdek, katta qiymatdagi tok
oqib
o’tganida
ajralgan
gazning
bosimi
oshib
ketishi
naysimon
razryadlagichlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. SHu sababli NRlar uchun
o’chirilish tokining yuqori chegarasi ham o’rantiladi. O’chirilish tokining
chegaralari trubka ichki kanalining uzunligiga bog’liq. Ichki UOning uzunligini
kamaytirish va razryadlanish kanalining diametrini kattalashtirish o’chirish
tokining ikkala chegarasini katta qiymati tomon siljishiga olib keladi. Agar UOni
uzunlashtirib razryadlanish kanalining diametrini kamaytirsak, bu chegaralar
kichiklashish tomon siljiydi.
Elektr tarmog’ining NR o’rnatiladigan nuqtasi uchun qisqa tutashuv toki
hisoblanadi. Bu tok razryadlagichlarning o’chirish toki diapazonida yotishi kerak.
Bir necha o’chirishlardan so’ng razryadlagichlarning ichki kanalining diametri
20
25% ga kattalashishi natijasida o’chirish tokining diapazoni o’zgaradi. SHu
sababli razryadlagichlarni almashtirish yoki uning o’chirish tokining diapazoni
o’zgartirish talab etiladi. Hozirgi vaqtda elektr energetikada fibromekalentli (RNF)
va viniplastili (RNV va RTVK) NRlar qo’llaniladi. Fibromikalentli NRda
fibraning, ya’ni fibra pardaning mexanik mustahkamligi uncha katta
bo’lmaganligidan uning ustidan bakelizlangan qog’oz bilan o’raladi, aks holda u
fibra gazning yuqori bosimiga chidash bera olmaydi. Bakelit gigraskoplik
xususiyatiga egaligi sababli NR nayining ustki qismi PVX-26 namlikka chidamli
emal bilan qoplanadi.
RNF turidagi NRlar bir marta ishlaganligini ko’rsatuvchi egilgan metal
plastina bilan jixozlangan. Bu plastina ikkinchi uchi bilan nayning ochiq tomoniga
345
biriktirilgan. Plastinaning mahkamlanmagan tomoni razryadlagich ishlaganda
naydan tashqi tomonga chiqarib tashlanadi.
RNF rusumli razryadlagichlar 3
110 kV kuchlanishga mo’ljalanib ishlab
chiqariladi. Nominal kuchlanishidan tashqari razryadlagichlar o’chirish tokining
chegarasi bilan ham farqlanadi va bu kattaliklar uning markirovkasida ko’rsatiladi.
Misol, RNF
85
0
110
,
razryadlagich 110 kV kuchlanishga mo’ljallangan bo’lib uning
o’chirish toki 0,85 kAgacha bo’ladi. RNV rusmli naysimon razryadlagich RNF
rusumli razryadlagichlarga qaraganda yaxshi izolyatsiya va gaz generatsiya qilish
xususiyati bilan farqlanadi. Viniplast materiali deyarli gigroskopik emasligidan u
ochiq havoda ham o’zining xususiyatini saqlaydi. RNV rusmli NRlarda kamera
rolini nay devori bilan elektrod orasidagi sterjen ko’rinishdagi oraliq bajaradi.
Viniplastning yuqori mexanik mustahkamligidan RNV rusumli razryadlagichlar
o’zining katta o’chirish toki diapazoniga ega. Hozirgi vaqtda RNV
20
110
rusumli
razryadlagichlar nominal kuchlanishi 110 kV va o’chirish toki 20 kAgacha
bo’lgan diapazonlar uchun tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda RTVK
20
220
razryadlagichlar ishlatilmoqda. NRlar ishlagan vaqtda ionlashgan gazning otilib
chiqishi sababli uni tayanchlarga o’rnatishda bu gazni fazalar orasiga yo’nalishiga
yo’l qo’yilmaydi. Aks holda bu fazalararo qiska tutashuv sodir bo’lishiga olib
kelishi mumkin.
NRlar shunday mahkamlanadiki, uning gorizontga nisbatan joylashishi 5
gradusdan oshmasligi va ochiq tomoni bilan pastga qaratilib o’rnatilishi lozim.
Bunday o’rnatilishda ularda namlik yig’ilmaydi. Ifloslangan rayonlarda
razryadlagichlar 45 gradusgacha qiyalangan holda o’rnatiladi. Bu uning o’z-o’zini
tozalash sharoitini yaxshilaydi.
Podstantsiya va stantsiya elektr qurilmalari izolyatsiyasini elektr uzatish
liniyasidan kelayotgan o’takuchlanish to’lqinidan himoyalash uchun ventilli
razryadlagichlar (VR) qo’llaniladi. Chunki transformator va apparatlarning
346
izolyatsiyasi VR mo’ljallangan kuchlanishga chidashi lozim. SHuning uchun
VRning himoyalash xarakteristikasi podstantsiya qurilmalarining o’lchamiga va
ularning narxiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
VRlarning asosiy elementi ko’p karrali UO bilan unga ketma-ket ulangan
nochiziqli volt-amper xarakteristikali ishchi qarshilik hisoblanadi.
VRga tashqi o’ta kuchlanish to’lqini ta’sir etganda uning UO teshiladi va
o’takuchlanish to’lqini kesiladi, natijada VR orqali oqayotgan (5 – 14 kA) tok
impulsidan ishchi qarshilikda kuchlanishning tushishi hosil bo’ladi. Bu tokka
koordinatsiya toki deyildadi. Ishchi qarshilikdagi kuchlanishga esa "qolayotgan
kuchlanish" deyiladi va VRning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. Razryadlagich
orqali oqib o’tayotgan yashin tokining qiymatidan qat’iy nazar "qolayotgan
kuchlanish"ning o’zgarmay qolishi asosiy talab hisoblanadi. Bu ideal holatni
amalga oshirishga imkon yo’q, lekin vilit materialidan yasaladigan noziqli
qarshilik, razryadlagichda qoladigan kuchlanishni UOning teshilish kuchlanishiga
yaqin bo’lishini ta’minlaydi. UOning teshilish kuchlanishining impulsi bilan
ishchi qarshilikdagi qolayotgan kuchlanish VRning himoyalash ta’sirini
xarakterlaydi va UOning teshilish kuchlanishi himoyalanayotgan izolyatsiyaning
teshilish kuchlanishidan 20-25% kam bo’lishi kerak. YAshin toki o’tkazilgandan
keyin razryadlagich orqali sanoat chastotasidagi ishchi kuchlanish bilan
aniqlanadigan tok oqib o’tadi. Nozichiq qarshilik tayyorlanadigan vilit
materialining xarak-teristikasi shundayki, atmosfera o’takuchlanishiga nisbatan
ancha kichik kuchlanishda uning qarshiligi keskin o’sib ketadi natijada,
o’tayotgan tok juda kamayib ketishi ta’minlanadi va tokning noldan o’tishi vaqtida
UOdagi yoy so’nadi. VRning oqib o’tayotgan tokni ishonchli uzadigan sanoat
chastotasidagi eng katta kuchlanishiga so’ndirish kuchlanishi deyiladi va u
razryadlagichning asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi:
|