Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

Nazorat savollari 
 
1. 
Elektr sistemasida yashin qaytargichlar nima uchun xizmat qiladi? 
2. 
Elektr sistemasida qanday turdagi yashin qaytargichlar qo’llaniladi? 
3. 
Nima sababdan podstantsiyalarda trosli yashin qaytargichlardan 
foydalanilmaydi? 
4. 
Yashin qaytargich nimalardan iborat bo’ladi? 
5. 
Stenjensimon yashin qaytargichlar qaerlarda qo’llaniladi? 
6. 
Podstantsiyalarda sterjensimon yashin qaytargichlar qaerlarda 
o’rnatiladi? 
7. 
Yashinning orientirlash balandligi nima? U qanday aniqlanadi? 
8. 
Sterjensimon 
yashin 
qaytargichning 
himoya 
sohasi 
qanday 
aniqlanadi? 


338 
9. 
Sterjensimon yashin qaytargichning himoya sohasi qanday shklga ega 
bo’ladi? 
10. 
Yashin qaytargich yordamida himoyalanish sohasi deganda nima 
tushuniladi? 
11. 
Yashin qaytargichning himoyalash sohasi tajribada qanday 
aniqlanadi?
12. 
Himoyalanish radiusi nima va u qanday aniqlanadi? 
13. 
Ikkita sterjensimon yashin qaytargichning himoya sohasi qanday 
aniqlanadi? 
14. 
Trosli yashin qatyargichlar qaerlarda qo’llaniladi? 
15. 
Trosli 
yashin 
qaytargichlarning 
himoyalash 
sohasi 
qanday 
aniqlanadi? Ular qanday shaklda bo’ladi? 
16. 
Ikkita yashin qaytargich trosning himoyalash sohasi qanday 
aniqlanadi? Ularning balanligi va himoyalash sohasini o’lchamlari o’rtasidagi 
bog’lanishlarni tushuntiring. 
 
8.2. Elektr sistemasi elementlarini o’takuchlanishdan himoyalash 
apparatlari 
Himoyalash 
apparatining 
ishlash 
printsipi 
elektr 
qurilmalarining 
izolyatsiyasi uchun xavfli o’takuchlanish impulsining paydo bo’lishini bartaraf 
etish va uning ishchi kuchlanishda ishlashiga to’sqinliq ko’rsatmaslikka 
asoslangan. 
Stantsiya va podstantsiya elektr jixozlarini o’takuchlanishdan himoyalash 
ventilli razryadlagichlar (VR) va nochiziqli o’takuchlanishni chegaralagich 
(NO’KCh) yordamida amalga oshiriladi.
Havo elektr uzatish liniyalarida yashining urilishidan paydo bo’lgan 
o’takuchlanish to’lqinlari stantsiya va podstantsiyada o’rnatilgan kurilmalar 
izolyatsiyasiga katta havf tug’diradi. Bu holda elektr qurilmalari izolyatsiyasini 


339 
stantsiyada, havo elektr uzatish liniyalarida va podstantsiyalarda o’rnatilgan 
yashin qaytargichlar himoya qila olmaydi. Buning uchun qo’shimcha tadbirlar 
qo’llaniladi. 
Eng oddiy himoya qurilmasi – bu himoyalanayotgan izolyatsiya konstruk-
tsiyasiga parallel uchqun oralig’i (UO) hisoblanadi. Elektr qurilmalari 
izolyatsiyasining qoplanishi va teshilishini bartaraf etish uchun UOning volt-
sekund xarakteristikasi (VSX) to’laligicha izolyatsiya konstruktsiyasining 
VSXsida yotishi lozim. Lekin buni ta’minlash muammosi o’ta murakkab 
hisoblanadi (8.9- rasm). Bu shartlar bajarilganda elektr qurilmalarining 
izolyatsiyasi uchun xavfli o’takuchlanishning paydo bo’lishi mumkin emas. 
Chunki, UO ulangan nuqtaga o’takuchlanish impulsi
Tush
U
kelib urilganda, UO 
teshilib ortiqcha zaryad erga o’tkazib yuborilishi natijasida kuchlanish keskin 
kamayadi (kesiladi). UO orqali tok impulsidan keyin himoyalash oralig’i orqali 
ionlashtirilgan yo’l bo’yicha sanoat chastotasidagi kuchlanish hosil qilgan tok – 
kuzatuvchi tok oqib o’tadi. Agar elektr qurilmasi neytrali zaminlangan tarmoqda 
ishlayotgan bo’lsa yoki himoya oralig’i (HO)ning teshilishi ikki yoki uchta fazada 
teshilish paydo qilgan bo’lsa, kuzatuvchi tok yoyi so’nmasligi va impuls teshilish 
turg’un yoyga aylanishi, natijada elektr qurilmasining avariya holatida 
o’chirilishiga olib kelishi mumkin. Bunga yo’l quymaslik uchun kuzatuvchi tok 
yoyi albatta so’ndirilishi kerak.
Himoya oralig’i konstruktiv jihatdan keskin bir jinsli bo’magan maydon 
hosil qiluvchi sterjen ko’rinishda bajariladi. Bunday elektrodlar uchun kam vaqt 
ichida razryadlanish kuchlanishining keskin o’sib ketishi, bu esa razryadlanish 
oldi vaqti diapazonning barcha qiymatlarida himoyalanayotgan izolyatsiya bilan 
himoya oralig’ining VSXni muvofiqlashtirishga erisha olmasligiga olib kelishi 
mumkin. 
Himoya oralig’ining teshilishida tok impulsining turg’un yoyga aylanishi 
elektr qurilmasini yoki taromoqning qismini o’chirishda kuzatiladi. SHu sababli 
elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish uchun HOni faqat elektr tarmog’ining 


340 
avtomatik qayta ulagich bilan jihozlangan qismida o’rnatish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Himoya oralig’ining ishga tushishlar sonini, ya’ni o’chirishlar sonini 
kamaytirish uchun izolyatsiyaning himoya sharti bo’yicha himoya oralig’ining 
uzunligini maksimal tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sterjen ko’rinishdagi 
himoya oralig’i uzunligining va razryadlanish kuchlanishining eng kam qiymati 
8.1-jadvalda keltirilgan. 
a)
b) 
8.9- rasm. Himoya uskunasining ishlash printsipi: a– uchqun oralig’i (UO)ning sxemasi; b– 
himoyalanayotgan element (1) va uchqun oralig’i (UO)ning volt–sekund xarakteristikalarini
moslashtirish. 
Kuchlanishi 35 kVgacha bo’lgan elektr qurilmalarida o’rnatiluvchi himoya 
oralig’ining uzunligi eng katta bo’ladi. Kuchlanishi 3 – 10 kV bo’lgan elektr 
qurilmalarining himoya oralig’ining elektrodlari shox ko’rinishida bajariladi, 
chunki issiqliq oqimi va elektrodinamik kuch ta’sirida yoy cho’zilib o’chishi 

Download 6,12 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish