Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

 
Nazorat savollari 
1. 
Elektr maydon kuchlanganligining oshib borishi bilan izolyatsiyaning 
ishonchliligi qanday o’zgaradi? Sababini tushuntiring. 
2. 
Elektr energetikasida qo’llaniladigan kondensatorlar qanday turlarga 
bo’linadi? Bu turlarga masub kondensatorlarning xarakterli jihatlarini 
tushuntiring. 
E
te
sh
 f
 
%
 
E
te
sh
 
50%
 
Gs 


236 
3. 
Berilgan kuchlanish chastotasining oshishi bilan qog’ozli-moyli 
dielektrikning elektr mustahkamligi va ionlashtirish kuchlanishi qanday 
o’zgaradi? 
 
5.5. Kondensatorlarning turlari va ularning sig’imlari 
 
Elektrodlargi o’zgarmas tok kuchlanishi qo’yilganda ionlashish jarayonning 
intensivligi sezilarli darajada kichik, ya’ni razryadlarning paydo bo’lish chastotasi 
ancha kam.
Ma’lumki 
kondensator 
izolyatsiyasi 
uchun 
ishchi 
kuchlanganlik 
quyidagilardan: ta’sir etayotgan kuchlanishning shakli va ta’sir etish vaqti
dielektrikning elektrik mustahkamligi va ionlashish xarakteristikasidan; 
kondensatordagi isrof va uning sovutish shartlaridan kelib chiqib tanlanadi. 
Bundan tashqari ishonchlilik darajasi, talab etilayotgan ishlash muddati, dielektrik 
xarakteristikasining ma’lum darajada yomonlashishi va bir qancha faktorlar 
hisobga olinadi. Hozirgi vaqtda yuqori kuchlanishli kuch kondensatorlarining 
qog’ozli – moyli dielektriklari uchun tekshirilgan hisoblanib quyidagi ishchi 
kuchlanganlik tavsiya etiladi: 
1. O’zgaruvchan tok kuchlanishli kondensatorlar uchun: 
a) chastotasi 50 Gts o’zoq davom etuvchi kuchlanish va o’takuchlanish 
yo’q holatda 12 -14 kV
ta’sir etuvchi
/mm; 
b) xuddi shunday va kommutatsiyali o’takuchlanishning paydo bo’lishida 8 
– 9 kV
ta’sir etuvchi
/mm; 
v) xuddi shunday va kommutatsiyali va atmosfera o’takuchlanishning 
paydo bo’lishida 7 - 8 kV
ta’sir etuvchi
/mm; 
g) chastotasi 0.1 – 10 kGts bilan o’zgarayotgan kuchlanishning o’zoq 
davom etishida va tabiiy sovutishda 3 – 6 kV/mm; 
d) xuddi shunday suv bilan sovutishda 8 – 10 kV/mm; 
2. O’zgarmas tok kuchlanishli kondensatorlar uchun: 


237 
a) o’zoq muddatga xizmat qilishda 25 – 40 kV/mm; 
b) chegaralangan muddatga xizmat qilishda to 100 kV/mm gacha. 
3. Ipulsli kondesatorlar uchun: 
a) o’zoq muddatga xizmat qilishda 30 – 40 kV/mm; 
b) chegaralangan muddatga xizmat qilishda to 100 kV/mm gacha. 
Bu raqamlar dielektrikning ishchi kuchlanishida ishlash rejimini 
xarakterlaydi. 
O’zun liniyalarda uning induktiv qarshiligini buylama 
kompensatsiya muljalangan, taqsimlovchi tarmoqlarda kuchlanishni rostlashga 
qullaniladiga va kosunisli kondensatorlarda ishchi kuchlanishini qisqa va o’zoq 
muddatga kuchlanishning oshirilgan qiymatidan kelib chiqib tanlanadi. 
Sanoatda kondensatorlar uchun ikki turdagi qalinligi 5 

30 mk va zichligi 
bilan bir-biridan farqlanuvchi KON I va KON II kondensator qog’ozi ishlab 
chiqariladi. Bu qog’ozlar yuqori mexanik va elektrik mustahkamlikka hamda 
kichik noorganik ulanishlarga ega. Bu qog’ozlarning elektrik mustahkamligi 30 

50 kV/mm ga teng,
KON I qog’ozi asosan o’zgaruvchan, KON II esa o’zgarmas tok 
kuchlanishlarida qo’llaniladi. Qalinligi 50 

120 mk bo’lgan kabel qog’ozlari 
yuqori kuchlanish kondensatorlarida ishlatiladi. 
Ma’lumki yuqori kuchlanishga muljallangan kondensatorlar uchun qog’oz 
mineral kondensator moyi bilan tuyintiriladi. Kondensator moyi transformator 
moyini qayta tozalash yordamida olinadi. Bu moyning elektr mustahkamligi 200 
kV/mm-gacha bo’lishi mumkin. 
O’zgaruvchan kuchlanishda ishlashga muljallangan kondensatorlarda 
mineral moydan tashqari sovola (pentaxlordifenil) sintetik moy ham qo’llaniladi. 
Bu sintetik moyning dielektrik singdiruvchanligi mineral moynikiga qaraganda 2 
barobar katta va tg

=0,003

0,006 gacha bo’lganida kondensatorning massasi 35 

40% ga kamayadi.
Kondensator dielektriklari uchun asosiy xarakteristikalardan biri bu tg

chunki ishchi kuchlanganlik kup tomondan ushbu parametrga ham bog’liq.


238 
Kuchlanishi 525 kV bo’lgan kondensatorlarda dielektrik atrofidagi tempratura 20
0
S- da qog’ozli - moyli dielektriklar uchun norma bo’yicha tg

= 0,004- ga, 
o’tayuqori kuchlanishlarda esa tg

=0,003 ga teng deb qabul qilinadi. 
Kondensatorlardagi 
dielektrik 
isrof 
quyidagi 
formula 
yordamida 
aniqlaniladi: 
P
a
 = kU
2
Ctg


(5.21). 
Kondensatordagi isrof uning sig’imiga praportsionaldir. 
Elektr maydon kuchlanganligining ionlanish jarayoni boshlanadigan
boshlang’ich qiymati quyidagi ifoda bo’yicha topiladi. 
E
i.b
 = (1,85 – 1,6 )d
-0,58
 , kV/mm. 
Bu yerda d - kondensator qoplamalari orasidagi izolyatsiya qalinligi. 1,85 – 
KON I uchun; 1,6 – KON II uchun. 
Xususiy razryadlanishda paydo bo’ladigan mayda gaz po’faklari moyda erib 
asta-sekin izolyatsiyaning elektr mustahkamligini pasayishiga olib keladi. 
Izolyatsiyaning 
yashash 
davri 
(xizmat 
qilish 
davri) 
maydon 
kuchlanganliklarning nisbati bilan baxolanadi: 
ishchi
.
b
.
i
.
b
.
i
ishchi
.
b
.
i
ishchi
Е
Е
arccos
]
)
Е
Е
(
)
Е
Е
[(
T
2
6
0



.
(5.22) 
Normal ishlash sharoitiga mo’ljallangan kondensatorlar uchun T
0
=150 – 
200 deb qabul qilinadi. 
Kondensator tuzilishi bo’yicha elektrodlarining o’zaro joylashishiga qarab 
quyidagi uchta ko’rinishda bo’lishi mumkin: 
- yassi kondensatorlar; 
- tsilindrik kondensatorlar; 
- sferik kurinishdagi kondensatorlar. 

Download 6,12 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish