244
6. ELEKTR SISTEMASI ELEMENTLARINING IZOLYATSIYASINI
PROFILAKTIK SINASH
6.1.Elektr uskunalari va jihozlarining izolyatsiyasini profilaktik sinash
masalasi va usullari
Izolyatsiyaning profilaktikasi deb elektr qurilmalari va jihozlarini
ekspluatatsiya qilish jarayonida izolyatsiyaning ishonchli ishlashini ta’minlashga
qaratilgan tadbirlar sistemasiga aytiladi. Bu tadbirlar avvalo izolyatsiyaning
normal ishlashini ta’minlashga qaratilgan o’ta qizishga yo’l qo’ymaslik,
ho’llanishdan himoya qilish, changdan muhofazalash, mexanik shikastlanishning
oldini olish kabi ishlarning bajarilishini o’z ichiga oladi. Ammo normal sharoitda
eksplutatsiya qilinganida ham izolyatsiya umumiy eskirish hisobiga har xil
mahalliy deffektlarning paydo bo’lishi tufayli asta–sekin o’zining dastlabki
dielektriklik xususiyatini yo’qota boshlaydi. Bu defektlarning rivojlanishi
natijasida izolyatsiyaning dielektriklik xossasini shunchalik pasaytirib yuborishi
mumkinki, ayrim hollarda sistemada kuzatiladigan o’takuchlanishga emas hatto
ishchi kuchlanishga ham chidash bera olmay qoladi. SHuning uchun
izolyatsiyaning dielektriklik xususiyati davriy ravishda ta’mirlash ishlarini
bajarishda tiklanib turiladi. Bu ta’mirlashning davriyligi izolyatsiyada paydo
bo’lgan deffektlarning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik holatlarda bu
deffektlarni oddiy kuzatish yo’li bilan ilg’ab bo’lmaydi, ular profilaktika deb
yuritiluvchi maxsus dastur asosida aniqlanadi. Izolyatsiyani normal sharoitda
to’g’ri ekspluatatsiya qilinganda uni profilaktik sinash ishlari davriy ravishda olib
boriladi. Bu uzliksiz nazoratni talab etadi.
Har bir izolyatsiya uchun uning o’ziga xos bo’lgan deffektlari mavjud.
Ularning paydo bo’lish sabablarini va fizik xususiyatlarini o’rganish ham
profilaktika qilish masalalari tarkibiga kiradi. Izolyatsiyada kechadigan
jarayonlarni o’rganish bir tomondan elektr qurilmalarni to’g’ri ekspluatatsiya
qilishni tashkillashtirishga imkon bersa, ikkinchi tomondan aynan shu deffektni
245
ilg’ashga yo’naltirilgan profilaktik sinash usullarni ishlab chiqishga imkon
yaratadi.
Deffektlarni har xilligiga qaramay ularni ikkita asosiy guruhga bo’lish
mumkin: a) yig’ilgan (mahaliy) deffektlar va b) tarqalgan deffektlar. Yig’ilgan
deffektlar dielektrik hajmining nisbatan uncha katta bo’lmagan qismida
rivojlanadi. Ammo u izolyatsiya uchun tarqalgan deffektga nisbatan ko’proq xavf
to’g’diradi. Yig’ilgan deffektga tipik misol tariqasida osma chinni izolyator
qolpog’ining tagida mexanik yuk ta’sirida yoriqning paydo bo’lishini olish
mumkin. Odatda bunday defekt mexanik mustahkamlikning pasayishiga olib
keladi.
Tarqalgan deffekt ko’pincha dielektirikning kattaroq hajmini egalaydi.
Bunga misol sifatida qog’oz tolalarining (masalan, aylanuvchi elektr
mashinalarining izolyatsiyasida) atrof muhitdan namlikni yutishi hisobiga ko’p
qatlamli izolyatsiya tashqi qatlamining xo’llanishini olish mumkin.
Dielektrik holatining yomonlashishini aniqlaydigan usullardan keng
tarqalgani – dielektrik isrofni o’lchash hisoblanadi. Ma’lumki, dielektrik isrof
dielektrik materialning sifatini belgilaydi. Toza dielektriklarda isrof juda kam
bo’lib, begona aralashmalarning mavjudligi dielektrik isrofni sezilarli darajada
ko’payishiga olib keladi. Dielektrikning eskirishi uning asta sekin ximik chirishi
natijasida dielektrik isrof (
tg
)ning o’sishiga olib keladi. Ushbu usul izolyatsiyani
dielektrik sinashning yagona usli emas. Bu usulda ayrim hollarda dielektrikning
ancha kichik qismini egallaydigan mahaliy deffektlarni topishga imkon bo’lmaydi.
Masalan, dielektrik hajmining taxminan 2% ni egalagan qismida
tg
ning o’sishi
taxminan 5% kuzatiladigan bo’lsa, u vaqtda dielektrikdagi umumiy isrof
%
10
5
2
bo’lib, bu o’lchanayotgan
tg
ham ko’payishini bildiradi. Bunday hollarda
tg
ning o’lchangan qiymati izolyatsiyaning yomonlashgani to’g’risida to’liq
ma’lumot bera olmasligini kuzatamiz. SHuning uchun to’plangan deffektlarni
topish uchun maxsus usullarni qo’llash kerak bo’ladi. Ayrim hollarda bunday
usullar izolyatsiyada bo’ladigan shikastlanishlarni topishga imkon bermaydi.
246
Bunday defekt izolyatsiyaning teshilish mustahkamligining keskin pasayib
ketishiga olib keladi, uni topish uchun esa izolyatsiya oshirilgan kuchlanish berib
sinalishi zarur. Bunday sinash elektr qo’rilma izolyatsiyasini nafaqat zavodda,
balki ta’mirlashdan keyin ham amalga oshiriladi.
Izolyatsiyada
deffektning
rivojlanishi
ko’p
jihatdan
izolyatsiyaga
namlikning singishiga bog’liq. Namlikning singishi, ayrim xolatlarda izolyatsiya
konstruktsiyalarining mexanik shikastlanishi natijasida yuz berishi mumkin.
Izolyatsiyada
deffektning
payda
bo’lish
jarayoni
va
dielektrikning
izolyatsiyalovchi xususiyatini buzilishi boshlanishida juda sekin kechadi va faqat
oxirgi bosqichlarda keskin o’sib ketishi kuzatiladi.
Elektr qurilmalarni texnik to’g’ri ekspluatatsiya qilish izolyatsiyaga ta’sir
etadigan bo’zg’unchi ta’sirlarni bartaraf etish izolyatsiyaning elektr qurilmalarning
ishonchli ishlashini ta’minlash zamini xisoblanadi. Izolyatsiyaning xizmat qilish
vaqti kupincha izolyatsiyaga qaratilgan texnik nazoratga bog’liq bo’ladi.
Izolyatsiyaning profilaktikasi faыat izolyatsiyani tekshirishning bita elementi
xisoblanadi.
Har xil izolyatsiyaning turiga bog’liq holda paydo bo’luvchi deffektlar ham
har xil bo’ladi. Bu deffektlarning fizik xususiyatini va paydo bo’lish sabablarini
o’rganish ham izolyatsiyani profilaktik tekshirish va sinash tadbirlari tarkibiga
kiradi.
Bu
jarayonni
o’rganish bir tomondan elektr qurilmalarining
ekspluatatsiyasini to’g’ri tashkil etishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, xuddi
shunday deffektni aniqlash uchun profilaktik sinash usullarini ishlab chiqish
imkonini yaratadi.
Elektr qurilmalar izolyatsiya konstruktsiyasida bir- birini to’ldiruvchi
dielektriklar kombinatsiyasining qo’llanilishi natijasida izolyatsiyaning xususiyati
ancha yaxshilanadi. Hozirgi vaqtda ko’p qatlamli izolyatsiya keng tarqalgan.
Ko’p qatlamli izolyatsiya tarkibida tolali materiallar bo’lib, ular kabellar,
kondensatorlar, aylanuvchi elektr mashinalari va boshqa elementlarda keng
qo’llaniladi. Ko’p qatlamli izolyatsiya sifatining yomonlashuvi ko’p xolatlarda bir
247
yoki bir nechta qatlamnining izolyatsion xususiyati bir tekis o’zgargani holda
qolgan izolyatsiya qatlamlarining izolyatsion xususiyatilarini o’zgarmasligi bilan
bog’liq.
|