-§. Konstruktorlik hujjatlarining turlari




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/237
Sana11.12.2023
Hajmi13,35 Mb.
#116299
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   237
Bog'liq
Chizmachilik.I.Raxmonov. 2016

2-§. Konstruktorlik hujjatlarining turlari
Konstmktorlik hujjatlariga standartga muofiq, grafikali va matnli 
hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar ayrim yoki yig‘ilgan holda buyumning 
tarkibi va tuzilishi, uni tuzish yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, 
ishlatish va ta’mirlash uchun kerakli m a’lumotlami o ‘z ichiga oladi.
303


Detal chizmasi - detaining tasviri, uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat 
qilish uchun kerak bo‘lgan barcha m a’lumotlami o ‘z ichiga olgan hujjat.
Yig'ish chizmasi -  buyumning tasviri, uni tayyorlash, yig'ish va 
nazorat qilish uchun kerak bo'lgan barcha m a’lumotlami o 'z ichiga olgan 
hujjat. Y ig'ish chizmalariga gidromantaj, pnevmomontaj, elektromontaj 
kabi chizmalami ham kiritish mumkin.
Umumiy ко ‘rinish chizmasi -  buyum konstmksiyasi, asosiy tarkibiy 
qismlarining o'zaro bog'lanishi va buyumning ishlash prinsipini 
aniqlovchi hujjat.
Nazariy chizma - buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini 
aniqlovchi hujjat.
Gabarit chizma -  buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va 
uning gabarit, o'm atish va biriktirish o'lcham lari ko'rsatilgan hujjat.
Montaj chizmasi -  buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri, 
buyumning montaji (o'm atish) uchun zarur m a’lumotlarga ega bo'lgan 
hujjat. Montaj chizmalarga buyumni o'm atish uchun alohida tuzilagn 
poydevor chizmalarini ham kiritish mumkin.
Sxema - buyum yoki uning qismlarining va ulaming o'zaro 
bog'lanishining shartli ravishda tasviri ko'rsatilgan hujjat.
Spetsifikatsiya -  yig'ish birligi, komplekt va komplekslaming tarkibini 
aniqlovchi hujjat.
Konstmktorlik hujjatlami loyihalash darajasiga qarab, ular 
loyiha va 
ish hujjatlariga bo'linadi.
Loyiha hujjatlariga 
texnikaviv takliflar, eskiz va lovihalar kiradi. Ish 
hujjatlariga buyumlar va ulaming tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish, 
nazorat qilish, ishlatish va ta ’mirlash uchun zarur bo'lgan ish hujjatlari 
kiradi.
Konstmktorlik hujjatlari bajarish usuliga qarab quyidagi turlarga 
bo'linadi:
1. 
Asl (original) -  istalgan materiallarda bajarilgan hujjat bo'lib, ular 
asl nusxalar tayyorlash uchun m o'ljallangan.
2. 
Asl nusxalar - ko'plab nusxa ko'chirish imkoniyatini beradigan 
materiallarda bajarilgan va m as’ul shaxslaming asl imzolari bilan 
rasmiylashtirilgan hujjat.
Asl nusxa siftida original, fotonusxa, bosmaxonada nashr qilingan 
nusxa kseronusxa va hujjatni chiqarish uchun m as’uliyatli shaxslaming
304


asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjatlardan foydalanishga уоЧ 
qo'yiladi.
3. 
Dublikatlar ~ asl nusxalardan olingan nusxalar bo‘lib, asl nusxalar 
bilan bir xillikni saqlab, asl nusxalami qayta tiklash va nusxalar ko'chirish 
imkoniyatini beradigan istalgan materiallarda bajarilgan hujjat.
4. 
Nusxalar - asl nusxa yoki dublikat bilan bir xillikni saqlab qolish 
usuli bilan bajarilgan hujjat bo‘lib, buyumni loyihalashda, ishlab 
chiqarishda ishlatish va ta’mirlashda bevosita foydalanishi uchun 
m o‘ljallanadi.
Ishlab chiqarishda bir marta foydalanish uchun ko ‘zda tutilgan 
hujjatlami konstruktorlik eskiz hujjatlari ko ‘rinishida bajarishga yo ‘l 
qo‘yiladi.

Download 13,35 Mb.
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   237




Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Konstruktorlik hujjatlarining turlari

Download 13,35 Mb.
Pdf ko'rish