• XI bob. Y IG IS H BIRLIK (BUYUM )LARINING VA DETALLARINING CHIZMALARI l- § . Buyumlar va ularning turlari ( 0 ‘z DSt 2.109:2003 )
  • O ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar




    Download 13,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet166/237
    Sana11.12.2023
    Hajmi13,35 Mb.
    #116299
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   237
    Bog'liq
    Chizmachilik.I.Raxmonov. 2016

    O ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
    1. Qanday qoplamalami, termik va boshqa ishlov berish turlarini 
    bilasiz?
    2. Chizmada qoplama qanday chiziq yordamida ko‘rsatiladi?
    Mashq
    0 ‘qituvchi tomonidan berilgan detal yuzalariga qoplamalar qo‘yilgan 
    chizmalar o ‘qilsin.
    Test
    Qanday qoplama yo‘g ‘onroq shtrix-punktir chiziq bilan ko‘rsatiladi?
    A. Detaining bir necha yuzalari bir xil qoplansa.
    B. Qoplamaning shaklan tuzilishi murakkab b o ‘lsa.
    C. Yuzalar har xil qoplanishni talab qilsa.
    D. Ishlov berish chuqurligi va qattiqlik miqdori chegaralangan 
    bo‘lsa.
    301


    XI bob. Y IG IS H BIRLIK (BUYUM )LARINING VA 
    DETALLARINING CHIZMALARI
    l- § . Buyumlar va ularning turlari ( 0 ‘z DSt 2.109:2003 )
    Chizmalar mashinasozlik sanoatida buyumlar ishlab chiqarishda 
    asosiy va yagona hujjat hisoblanadi.
    Mashinasozlik sanoatining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan 
    buyumlar standartga muvofiq ikki guruhga: 
    asosiy ishlab chiqarish 
    buyum lari va yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga bo'linadi.
    Asosiy ishlab chiqarish buyumlariga xalq xo‘jaligiga yetkazib berish 
    uchun m o'ljallangan buyumlar kiradi, masalan, zavod traktor, paxta 
    terish mashinalari uchun buyumlar ishlab chiqarsa, bu buyumlar zavod 
    uchun asosiy ishlab chiqarish buyumlari hisoblanadi.
    Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asosiy ishlab chiqarish 
    buyumlari ishlab chiqarishda faqat korxonaning ehtiyoji uchun ishlab 
    chiqariladigan buyumlar kiradi. Masalan, traktor yoki seyalkalar ishlab 
    chiqarishda ishlatiladigan turli moslamalar, shtamp, qirqish va o'lchash 
    asboblari kabilar kiradi.
    Buyumlar standartga muvofiq: 
    detallar, yig'ish birliklari, kompleks 
    va 
    komplektlarga ajraladi.
    Detal -  bir xil nomli va rusum (marka)li materialdan yig‘masdan 
    tayyorlangan buyum, masalan, val, porshen, shatun, bolt, gayka, shpilka, 
    shayba va hokazo.
    Detaining m a’lum maqsad uchun o'yilgan, qirqilgan qismlari uning 
    elementlariga kiradi, masalan, 
    faska, ariqcha, gal tel, shlisa, rezba va 
    hokazo.
    Yig'ish birliklari -  tarkibiy qismlari yig‘ish vositasida biriktirilgan 
    buyumlar. Masalan, traktor, stanok, ventil, kran, go‘sht qiymalagich va 
    boshqalar. Shuningdek, yig'ish birliklari qatoriga quyidagilami ham 
    kiritish mumkin:
    1. 
    Konstruksiyasi bo'yicha tarkibiy qismlarga ajraladigan buyumlar, 
    masalan, minorali kranlar, po'lat konstruksiyali ko'priklar va boshqalar. 
    Bunday buyumlar ish joylarida yig'iladi.
    302


    2. Umumiy vazifaga ega bo‘lgan y ig ‘ma birliklar va detallar to'p- 
    lamidan tashkil topgan bo ‘lib, ular tayyorlovchi korxonalarda boshqa 
    yig‘ish birliklariga o ‘matiladi. Masalan, avtomobillarning elektr j i ­
    hozlari, sovitish tizimi, yonilg‘i bilan ta'm inlash tizimi, tormozlash 
    tizimi kabilar.
    3. Umumiy vazifaga ega b o ‘lgan quti, g ‘ilof va shunga o ‘xshash 
    idishlarga jam langan buyumlar to‘plami, masalan, gotovalnya, o ‘lchash 
    asboblari va boshqalar.
    Kompleks -  ikki va undan ortiq ixtisoslashtirilgan buyumlar 
    tayyorlovchi korxonada yig'ish vositasi bilan birlashtirilmagan, ammo 
    o ‘zaro bir-biriga bog‘liq ekspluatatsion vazifalami bajarish ko ‘zda 
    tutilgan buyum.
    Kompleksga kiruvchi har bir buyum kompleks uchun bir yoki bir 
    necha asosiy ishlami bajarishga xizmat qiladi. Masalan, stanoklaming 
    potok liniyalari, parmalash qurilmalari, paxta terish mashinalari va shu 
    kabilar.
    Kompleksni o ‘matish uchun m o‘ljallangan detallar, yig'ish birliklari, 
    ehtiyot qismlar ham kompleksga kiradi.
    Komplekt - tayyorlovchi korxonada yig'ish vositasida biriktirilmagan, 
    umumiy yordamchi xarakterdagi vazifalarga ega boMgan ikki va undan 
    ortiq buyumlar. Komplektga ehtiyot qismlar komplekti, asboblar va 
    jihozlar, o ‘lchash apparatlari komplekti va boshqalar kiradi.
    Shuningdek, komplektlarga yig‘ish birliklari va detallar bilan qo‘shib 
    j o ‘natiladigan, ekspluatatsiya qilishda yordamchi vazifalami bajaruvchi 
    yig‘ish birliklari va detallami ham kiritish mumkin.
    Buyumlar tarkibiy qismlari bo ‘lishi yoki bo ‘lmasligiga qarab ikkiga 
    bo ‘linadi:
    - spetsifkatsiyalanmagan (detallar) - tarkibiy qismga ega bo'lmagan;
    - spetsifikatsiyalangan (yig‘ish birliklari, komplekslar, komplektlar) -
    ikki va undan ortiq qismlardan tashkil topgan buyumlar.

    Download 13,35 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   237




    Download 13,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

    Download 13,35 Mb.
    Pdf ko'rish