|
Z nishonova, D. Qarshiyeva eksperimentalBog'liq Eksperimental psixologiya. Nishonova Z kurs ishiEksperiment.
Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi
shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o ‘z xohishi bilan qandaydir
psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib, psixik hodisaning
tashqi sharoitga bog'liqligini tekshirib ko'rishi mumkin. Eksperiment
metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo'llanilishi
bilan tushuntiriladi. Empirik, y a’ni tajriba yo‘li bilan qo'lga kiritilgan
faktlaming asosiy ko'pchiligi psixologiyada eksperimental yo ‘l bilan
olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga
eksperimentni qo'llab bo'lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar
va funksiyalar ko'proq eksperiment y o ‘Ii bilan o'rganilsa, shaxsning
birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko'pgina qobiliyatlari)
ham shu metod yordamida o'rganiladi. Lekin xarakter va qobiliyat-
larning murakkab turlarini eksperiment metodi bilan o'rganib bo‘l-
maydi.
Suhbat metodi.
Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida
qo'llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa
metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo'lga kiritilgan xulosa-
larni aniqlashda qo'llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan
foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi
mumkin.
Intervyu metodi.
Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada
keng ko'llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat
metodi kabi intervyu metodi ham savol-javob metodiga tegishlidir.
Ko'pincha intervyu uchun savollami sotsiologik anketalarga o'xsha-
tib, y a’ni turli masalalar yuzasidan ko'plab javoblar olishni ko'zlab
tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning
faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqi-
chiga to ‘g ‘ri keladi. Biroq bilimlarni va o ‘rganilayotgan psixik
xususiyatlarning tuzilishini hisobga olib tuzilgan savollar o ‘rgani-
layotgan holatlar tuzilishi hamda darajalarini bundan keyin aniqlash
uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin..
|
| |