va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o ‘zgarish
jarayonida bo ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o ‘zgarish
va alma-
shish jarayonida ma lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu
doimiylikning miqdor tomonini o'lchash mumkin. Shuning uchun
ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish
mumkin.
Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning
zarurligi va foydaliligini
isbotlagan boMsa ham, lekin uning o ‘zi bu
metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki
ishlami fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887)
amalga oshirdilar. Veber
v<\
Fexneming maqsadi tashqi tassurotlar
(fizik omillar) ta sirida sezgilarning o'zaro munosabatlari sohasidagi
qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar
asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar
о rtasidagi
qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atgich logarif-
miga proporsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va
Fexner о tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning
paydo bo'lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki,
ular birinchi bo‘lib
psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimen
tal fanga aylantirish m um kin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha
faqat kuzatish, asosan o ‘z-o‘ zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan
psixologiya, endi aniq fanlardagi obyektiv metoddan foydalana bosh-
laydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida
ayniqsa nemis fiziologi
va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyat-
ga ega bo ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o ‘z-o‘zini kuza
tishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi.
Vundt eksperiment va o ‘lchash metodlarini zarur deb topib, psixo
logiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo‘ydi.
Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir qancha
metodlami, ya ni kuzatish ruetodi, ifodalash metodi va reaksiya me
todlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi.