aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861-
yilda alohida mayatnik o ‘ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu
mayatnik graduslarga boMingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir
m a’lum vaqtdan keyin shigMrlaydi. Bu psixologik eksperimentlar
uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo'shim cha vosita
sifatida
turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya,
tarix va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaru-
riyatini ilgari surdi.
Leypsig laboratoriyasi
va institutidan namuna olib, Germaniya-
ning boshqa shaharlarida ham, shuningdek boshqa mamlakatlarda
ham, jum ladan, Fransiya, Angliya va Amerikada
laboratoriya hamda
institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir
qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi:
Moskvada Tokarskiy, Q o z o n d a - Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar
tomonidan shunday laboratoriya ochildi.
1911—yilda Moskva
universiteti
huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov
rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi.
Professor
A.F.Lazurskiy
(1874-1917) tomonidan eksperimental
metodning alohida turi -
tabiiy eksperimental metod 1910-yilda
ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixolo-
giyasini o'rganishda,
pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixo-
logiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanil-
moqda.
Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraq-
qiyotiga juda unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bu metod yordamida oddiy
kuzatish va o ‘z-o‘zini kuzatish yo‘li
bilan aniqlash qiyin boMgan
yoki butunlay mumkin boMmagan ko‘p m a’lumotlar aniqlandi, ayrim
psixik hodisalar o'rtasidagi bogManishlar aniqlangan, psixik jarayon-
lardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba’zi bir
qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yoMi bilan
murakkab psixik jarayonlar
(idrok, xotira, tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan,
psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik
muhit hamda ijtimoiy muhit bilan boMgan bogManishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishiaming yakunlari,
shuningdek, eksperimen
tal metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli
sohalarida - o'quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil
qilish vu ratsionalizatsiyalashda,
sud ishlarida, san’atda juda ko‘p
foyda keltirdi.
Shuuday qilib,