Miqdoriy ma’lumotlarni matematik-statistik




Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana13.05.2024
Hajmi2,26 Mb.
#229794
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Eksperimental psixologiya. Nishonova Z kurs ishi

2.3. Miqdoriy ma’lumotlarni matematik-statistik
tahlil qilish metodi
Psixik jarayonlar, psixik holatlar ong va xatti-harakatlaming 
o'ziga xos sifat xususiyatlaridan iboratdir. Masalan, idrok jarayoni 
tafakkur jarayonidan sifat jihatidan farq qiladi. Tetiklik holati 
toliqishdan, haqqoniylik shuhratparastlikdan farq qiladi. Lekin har 
bir jarayon, holat yoki xususiyatlar shuning bilan birga miqdoriy 
belgilarga ham egadir. Har bir psixik jarayon m a'lum muddat davom 
etadi, har bir psixik holat ma’lum jadallikka, har bir psixik xususiyat 
esa m a’lum darajada ifodalanishga egadir.
Psixik jarayonlarning sodir bo‘lib o‘tishi haqida miqdoriy 
m a’lumotlar olish hammasidan osonligi bilan farq qiladi. Masalan, 
biz idrokning qancha vaqt davom etishini bevosita oichashim iz 
mumkin. Psixik xususiyatlarning ifodalanish darajasini aniqlash 
ancha qiyinroqdir. 
0
‘quvchining o ‘quv predmetiga boMgan qobiliyat 
darajasini aniqlash uchun bu fan 
0
‘zlashtirish muvaffaqiyati bilan 
zo‘r berib sarf qilingan mehnatni solishtirib ko‘rish kerak.
Miqdoriy shaklda laboratoriya va tabiiy eksperiment m a’lumot- 
larini, shuningdek, anketa m a'lumotiarini, xususan grafalarga 
boMingan anketalarning ma'lumotiarini qayd qilish mumkin.
Tekshiriluvchining o ‘lchanadigan tashqi harakat belgilari, ular- 
ning mulohazalari va yashirin tiziologik xususiyatiarini tadqiqotning 
ko'rsatkichlari deb yuritiladi. Ba’zan ko‘rsatkichlar psixik jarayon- 
larni yoki holatlarni bevosita xarakterlab beradi. Masalan, biz idrok 
jarayonining yoki tafakkur jarayonining davom etishini oMchashimiz 
mumkin. Bunda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har qanday 
ko‘rsatkich psixik jarayonni faqat bir tomondan xarakterlab beradi, 
shu sababli jarayonning qonuniyatini ochish uchun har turli


ko'rsatkichlarni o ‘zaro taqqoslab ko'rish kerak bo'ladi. Agar ko 'r­
satkichlarning har biri alohida ravishda psixik jarayonni yoki psixik 
holatni bevosita emas, balki bavosita xarakterlab beradigan bo‘lsa, 
xususan ana shunday paytda ulami taqqoslab ko'rish muhimdir. 
Masalan, biz temperament xususiyatlarini yashirin fiziologik reak- 
siya ko‘rsatkichlari orqali ochishga harakat qilganimizda, xuddi 
shunday holat yuz beradi.
Ong va xulq-atvorni tadqiq qilish juda katta qiyinchiliklar bilan 
bog'liq. Birinchidan, psixologik qonuniyatlar ko'p miqdordagi omil- 
larning ta’siri bilan aniqlanadi, ikkinchidan sabab-natija aloqalari 
xilma-xil tasodifiy munosabatlar bilan murakkablashadi. Xuddi mana 
shuning uchun psixologik tadqiqotlarda miqdoriy ko'rsatkichlarning 
statistik analizi katta ahamiyatga ega. U yoki bu hodisalarga xos 
bo'lgan o'zaro munosabatlaming tasodifiylik darajasini baholash 
imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda ko'pincha ikkita o'rta qiymat orasidagi 
farqning statistik bog'liqliligi darajasini hisoblash va korrelatsiya 
koeffitsiyentini hisoblashdan, y a’ni ko'rsatkichlar orasidagi statistik 
bog'liqlik o'lcham idan foydalaniladi. Biroq eksperiment o'tkazish- 
dan m a’lum xulosa chiqarish uchun yolg'iz bitta ko'rsatkichga ega 
bo'lish tarli emas, chunki qo'lga kiritilgan yolg'iz bitta ko'rsatkich 
tasodifiy niiqdor ko'rsatkich bo'lishi mumkin. Tadqiqotchi birlik 
ko'rsatkichlarning bir talay yig'indisini qo'lga kiritishi kerak, ya’ni 
ina'lum miqdorda o'lchashlar o'tkazishi kerak. Agar n marta o'l- 
chash bajarilgan bo'Isa, unda hosil bo'lgan birlik ko'rsatkichlarni x b
x2, 
x
3
.......xn deb belgilash mumkin. Topilgan umumiy qiymatni
xarakterlash uchun o 'rta arifmetik qiymat topiladi, buning uchun x
dan xn gacha bo'lgan barcha variantlaming birlik ko'rsatkichlari 
qo'shiladi va hosil bo'lgan yig'indini variant soni n ga bo'linadi. 
Agar o 'rta arifmetik qiymatni M hart] bilan belgilasak, u holda 
bunday formulani yozish mumkin:
M = 
,
N
b u n d a .X - yig'indi belgisidir.
Biroq variantlaming topilgan yig'indisini to 'la statistik baholash 
uchun o 'rta arifmetik qiymat hali yetarli emas. Buning uchun yana 
birlik ko'rsatkichlar o'rta arifmetik qiymatdan, y a’ni M dan qay


darajada chetlashishini bilish kerak bo'ladi. Shu maqsadda har bir 
variant x dan o ‘rta arifmetik qiymat M ayiriladi. Bunday 
chetlanishlarning qator qiymatlari hosil bo'ladi:
Endi o'rta arifmetik qiymatdan M ga nisbatan o'rtacha chetlanish 
darajasini topish kerak. Barcha chetlanishlar umumiy yig'indisi 
bo'yicha d nolga teng, chunki M ga nisbatan ba’zi chetlanishlar 
musbat, ba’zilari esa manfiydir. Shuning uchun d chetlanishlarning 
yig'indisi emas, balki ulaming kvadratlari (d2) yig'indisi topiladi. 
Topilgan 

Download 2,26 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Miqdoriy ma’lumotlarni matematik-statistik

Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish