Misolni ko‘rib chiqamiz. I.M.Paley qo‘zg‘alish
va tormozlanish
jarayonlarining muvozanatlanishi orasidagi bogianishni (ixtiyoriysiz
teri galvanik reaksiyalari ko‘rsatkichlari bo'yicha) va (tormozlan-
magan) xato harakat reaksiyalarining miqdori bo'yicha o'rgangan.
Muvozanatlashganlik belgisi (uni X orqali belgilaymiz) bo‘lib farq
hosil qilish tezligi xizmat qildi. Tegishli hisoblashlami bajaramiz:
Biz ancha yuqori musbat korrcleatsiyani oldik,
lekin uning
ishonchliligi darajasiga hali ega emasmiz. Qiymat darajasini aniqlash
uchun
Styudentning
kriteriysidan
foydalanishimiz
mumkin.
Korreleatsiya koeffitsiyenti uchun:
r va N ning qiymatlarini o ‘rniga qo‘yib, t =2,71
ga teng ekanini
topamiz. Korreleatsiya koeffitsiyenti uchun erkinlik darajasining
qiymati N - 2 ga, ya’ni
8
ga tengdir. p = 0,05
daraja uchun f ning
jadvaldagi qiymati 2,31 ga teng. p= 0,01 daraja uchun esa 3,36 ga
tengdir. Shunday qilib, bizning korreleatsiya
koeffitsiyentimiz besh
foizlik darajada (p=0,05) statistik ishonchlidir.
Bunday natija nerv jarayonlarining qo‘zg‘alish va tormozlanish
muvozanati odamning ixtiyoriy harakatlarini
ushlab qola bilishga
jiddiy ravishda ta’sir qiladi, degan statistik jihatdan asoslangan
xulosa chiqarish imkonini beradi.
г У Й
- 1