• OLIY TA`LIM MUASSASASI VAZIFALARI Oliy o‘quv yurtlari
  • Kafedradan tayinlangan amaliyot rahbari
  • AMALIYOTNI TAShKIL QILIShGA OID




    Download 1.19 Mb.
    bet7/14
    Sana27.06.2022
    Hajmi1.19 Mb.
    #24484
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    ILOVALAR
    357708, 2- mavzu MARUZA, Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning paramet, Научный стиль речи и его особенности, Выражение временных отношений, I bob, metodichka (1), “B” stansiyasini ikki bosh yo’lga bog’lash bo’yicha strelka, AMIR TEMUR O’GITLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI., AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Kichik maktab yoshdagi o\'quvchilar, MA’NONING KENGAYISHI, TORAYISHI VA KO‘CHISHI., Inomov Ismoiljon IT VA IYD MUSTAQIL ISH, Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org
    AMALIYOTNI TAShKIL QILIShGA OID USLUBIY KO’RSATMALAR

    Ishlab chiqarish amaliyotlariga umumiy ma'muriy rahbarlikni va tashkil qilishni fakul`tet dekani va institut o`quv – uslubiy ishlab chiqarish amaliyoti bo`limi tomonidan amalga oshiradi.


    Amaliyotga o’quv-uslubiy va tashkiliy rahbarlikni kafedra professor-o’qituvchilari bajaradi.

    1. OLIY TA`LIM MUASSASASI VAZIFALARI

    Oliy o‘quv yurtlari:

    • har yili, 1 dekabrdan kechikmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o‘tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob’ektlari bilan kelishib oladi;

    • amaliyot rahbari tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlanadi;

    • fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iktisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha amaliyot ob’ektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning ma’ruzalarini tashkil etadi;

    • talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlaydi;

    • ob’ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o‘tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi.



    Kafedradan tayinlangan amaliyot rahbari amaliyot sifatiga to`liq javob beradi va quyidagilarni bajarishi shart:

    • Amaliyot boshlangunga qadar kafedra mudiri ishtirokida talabalar bilan xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazishi va har bir korxona bo’yicha guruh rahbarini belgilashi kerak.

    • Har bir talabani kafedra tasdiqlagan, korxonaning xususiyati va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini hisobga olib, qayta ishlangan amaliyot dasturi bilan ta'minlashi kerak. Amaliyot haqidagi buyruqning nusxasini o’zi bilan olishi kerak.

    • Talabalarni amaliyotga yo’llanmalar va tasdiq hujjatlari bilan ta'minlashi kerak.

    • Korxonaga talabalardan 2-3 kun avval borishi; bundan maqsad korxona mutasaddilari bilan birgalikda amaliyot dasturiga muvofiq talabalar uchun ish joylarini belgilashi, talabalarni ishga joylashtirishni tayyorlashi, talabalar ish joyida siljishlarining grafigini tuzishi va bu grafikni talabalarning kundalik daftariga kiritishi kerak.

    • Korxonadan tayyorlangan amaliyot rahbari bilan birgalikda talabalarni tsexlar va bolimlaridagi ish joylariga taqsimlashi, taqsimot bajarilishini va talabalarning shaxsiy grafiklariga muvofiq ish joylarini o’zgartirishlarini nazorat qilishi kerak.

    • Agar talaba haq to’lianadigan ish joyida ishlasa va amaliyotga bog’liq ish joyiga o’tkazila olinmasa korxonadan tayinlangan rahbar bilan kelishilgan holda dasturning bajarilishini ish paytidan boshqa vaqtda ta'minlashi kerak.

    • Talabalar kundalik daftarlarini to’ldirishlarini haftada bir marta tekshirishi kerak.

    • Amaliyotni tashkil qilishda jiddiy kamchiliklar yoki kelishmovchiliklar vujudga kelsa, masalani zudlik bilan institut o`quv – uslubiy ishlab chiqarish amaliyoti bo`limi yoki kafedra mudiri orqali hal qilishi kerak.

    • Talaba korxonada jarohat olgan holda dalolatnoma tuzishi, kafedraga, o`quv – uslubiy ishlab chiqarish amaliyoti bo`limi yoki o’quv ishlari bo’yicha prorektorga xabar berishi kerak.

    • Korxona bilan kelishilgan holda talabalarga o’qiladigan ma'ruzalarning mavzu rejalarini ishlab chiqishi kerak.

    • Tadqiqotlarni bajarish bo’yicha shaxsiy topshiriqlarni kafedra va ishlab chiqarish mutasaddilari bilan kelishgandan so’ng talabalarga tarqatishi kerak.

    • Amaliyot darturining bajarilishini, materiallarning yig’ilishini hamda kundalik daftarlar, hisobotlarning o’z vaqtida to’ldirilishi, hisobotga imzo va korxona muhrini qo’ydirishi kerak.

    • Korxona bilan universitet orasidagi hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilishi kerak.

    • Korxonaga ilmiy-nazariy yordam ko’rsatishi kerak.

    • Talabalarning umumtexnikaviy saviyasini oshirish maqsadida amaliyot o’tkazilayotgan korxonaga yaqin joylashgan turdosh korxonalarga ekskursiya uyushtirishi kerak.

    • Mehnat intizomiga rioya qilinishini ta'minlashi, talabalar amaliyotni o’z vaqtida boshlab, o’z vaqtida tugatishlari uchun kafedra oldida javob berishi kerak.

    • Amaliyotga rahbarlik tugagandan so’ng bajarilgan ish bo’yicha hisobot institut o`quv – uslubiy ishlab chiqarish amaliyoti bo`limi va kafedraga topshirilishi kerak.





    1. Download 1.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 1.19 Mb.