• TALABALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
  • AMALIYOTNI O’TISh KUNDALIK DAFTARNI TUTISh VA HISOBOTNI RASMIYLAShTIRISh QOIDALARI
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 1.19 Mb.
    bet9/14
    Sana27.06.2022
    Hajmi1.19 Mb.
    #24484
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    ILOVALAR
    357708, 2- mavzu MARUZA, Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning paramet, Научный стиль речи и его особенности, Выражение временных отношений, I bob, metodichka (1), “B” stansiyasini ikki bosh yo’lga bog’lash bo’yicha strelka, AMIR TEMUR O’GITLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI., AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Kichik maktab yoshdagi o\'quvchilar, MA’NONING KENGAYISHI, TORAYISHI VA KO‘CHISHI., Inomov Ismoiljon IT VA IYD MUSTAQIL ISH, Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org
    Talaba amaliyot o‘tashda:

    • amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarishi;

    • amaliyot ob’ektining ichki mehnat tartib - qoidalariga bo‘ysunishi;

    • mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qatiy rioya qilishi;

    • bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;

    • kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi;

    • amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi shart.




    1. TALABALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

    Amaliyot o’tilayotgan korxonada amaliyot boshlanishidan avval talaba quyidagilarni bajarishi shart:
    1. Institut tomonidan tayinlagan amaliyot rahbaridan amaliyot o’tiladigan joyni va amaliyot muddatini aniqlashi, tashkiliy masalalarni hal qilishi kerak.
    2 . Amaliyot bo’yicha umumiy yo’riq va zarur bo’lgan o’quv-uslubiy hujjatlarning hammasini olishi kerak.



    1. AMALIYOTNI O’TISh KUNDALIK DAFTARNI TUTISh VA HISOBOTNI RASMIYLAShTIRISh QOIDALARI

    Amaliyot davrida bajarilgan ishlarni muntazam yozib borish va o’zining ishini rejalashtirish maqsadida talabalar kundalik daftar tutishlari shart. Bu daftarga kun bo’yi bajarilgan ish har kuni yozib boriladi. Daftar grammatika va orfografiya qoidalariga binoan tuzilishi, savodli, husnixat bilan yozilishi kerak. Kundalik daftarda korxona va institutdan tayinlangan amaliyot rahbarining davriy tekshirganliklari haqida belgilar bo’lishi lozim. Kundalik daftarsiz, hisobot himoyaga qabul qilinmaydi
    Hisobot qisqa yozilgan va eskizlar, sxemalar, chizmalar jadvallar bilan to`ldirilgan bo`lishi kerak. Hisobot standart A4 formatli varaqlarning bir tomonidan DS 2. 105 - 79 standartiga muvofiq yoziladi. Amaliyot bo’yicha hisobot titul varag’ining shakli ilovada keltirilgan. Titul varaqdan so’ng amaliyot topshirig’i varaqasi, so’ngra hisobotning mundarijasi keltiriladi
    Rasmlari va sxemalari qalam bilan alohida varaqlarda bajarilishi kerak. Rasmlar raqamlar bilan belgilangan va zarur bo`lgan yozuvlar bo`lishi kerak. Rasmlardagi yozuvlar chizma shriftlari bilan, matnda yozilgan harflar va sonlar o`lchamiga teng bo`lishi kerak.
    Hamma jadvallarning raqamlari va sarlavhalari bo`lishi kerak. Hisobot quyidagilarni o`z ichiga olishi zarur: titul varag`i, mundarijasi foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati, ilovalar (zarur bo`lgan hollarda).
    Hisobot varaqlari (betlari) nomerlanadi. Birinchi varag`ida (titul varag`i) bosh raqami qo`yilmaydi. Agar hisobotda rasmlar va jadvallar alohida varaqlarda bo`lsa ularni ham umumiy raqamlashga kiritish kerak.
    Ilovalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ham varaqlarning umumiy raqamlanishiga kiradi. Amaliyotning oxirida hisobot korxona va kafedra tomonidan tayinlangan rahbarlar tomonidan tekshiriladi. Hisobotga amaliyot o`tganligi to`g`risida ishlab chiqarish korxonasidan tayinlangan rahbar tomonidan taqriz ilova qilinadi.
    Institut va ishlab chiqarish korxonasi ma`muriyati tasdiqlagan dasturga muvofiq hisobot yozib boriladi va undan tashqari tsex boshlig`ining imzosi bilan kundalik daftari ham to`ldiriladi.
    Talabaning o’zi ishlagan ishlab chiqarish korxonasi, uchastka va konstruktorlik byurosi bo’limida ishni tashkil qilish darajasi to’g’risidagi shaxsiy fikri. Amaliyotni o’tish sharoitini yaxshilash bo’yicha takliflar.
    Amaliyot tugagandan keyin hisobot talaba ta`lim olayotgan mutaxassislik kafedrasiga beriladi. Talaba hisobotni komissiya oldida himoya qiladi. Komissiya esa kafedra tomonidan tuziladi.. Komissiya tarkibiga kafedra mudiri, amaliyot rahbari va amaliyot o`tkazilgan fanlar bo`yicha etakchi o`qituvchilar kiradi.
    Hisobotni topshirish muddati – o`qish jarayonining birinchi haftasi hisoblanadi. Amaliyot dasturini bajarmagan, bajargan ishi to`g`risida qoniqarsiz taqriz olgan yoki himoyadan qoniqarsiz baho olgan talabani institutdan chetlashtirilishi haqida masala ko`rib chiqiladi.



    Download 1.19 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 1.19 Mb.