|
Mashg’ulotga tayyorlanish
|
bet | 113/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiMashg’ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg’ulotni muvaffaqiyatli o’tkazish ko’p jihatdan unga qanchalik tayyorgarlik ko’rilganligiga bog’liq. Mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish obyekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa faktlarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg’ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni o’tkazishga mashg’ulot rahbari shaxsan javob beradi. Mashg’ulot rahbari mashg’ulotning mavzusini, o’quv maqsadini, o’quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg’ulotga jalb etilganlarning soni, mashg’ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. Mashg’ulotga jalb etilgan shaxsiy tarkiblar FMga o’qitish davomida tayyorlanadi; rahbarlar, komanda-boshliq tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun maxsus-taktik, boshqa qolgan qatnashchilar bilan esa amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. Kompleks mashg’ulotlarni o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar: mashg’ulot o’tkazish rejasi; mashg’ulot rahbarlarining o’rinbosarlari va yordamchilarining xususiy rejalari; mashg’ulotda xavfsizlik choralarini ko’rish tartiblari ishlab chiqiladi.
Mashg’ulot o’tkazish rejasi - asosiy hujjatdir. Unda mashg’ulotning borishi, mashg’ulotlar bosqichlari bo’yicha o’quv savollari tuziladi, xarita, jadval, mundarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chiqiladi; mavzular, o’quv maqsadi va mashg’ulotni o’tkazish vaqti, mashg’ulotga jalb etilgan qatnashuvchilarning tarkibi, mashg’ulotning bosqichlari, davomiyligi, o’quv savollari va ularni ishlab chiqish vaqti; Dastlabki boshlang’ich holat, kuchlarni guruhlash, boshqarishning joyi, mashg’ulotning borishi, tamom bo’lish muddati va tahlil qilish muddati hamda joyi ko’rsatiladi.
Mashg’ulot rejasi shtab boshliqlari tomonidan ishlab chiqilib, uning boshlanishiga ikki hafta qolguncha mashg’ulot rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Mashg’ulot rahbarlari, o’rinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari matn yoki grafik bo’yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg’ulotning mavzusi, tuzilmalarga muvofiq o’quv maqsadi, o’qiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, boshqa toifadagi o’qiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, aloqani tashkil etish hamda mashg’ulotning borishi ko’rsatilishi kerak.
|
| |