|
YER SILKINISH XAVFINI XARAKTERLOVCHI KO'RSATKICHLAR
|
bet | 172/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiYER SILKINISH XAVFINI XARAKTERLOVCHI KO'RSATKICHLAR:
XAVF TURLARI:
OLIB KELUVCHI OQIBATLARIGA KO’RA
Toliqish, kasallanish, jarohatlanish; (1-rasm)
Halokat,yongin, nurlanish, kuyish; (2-rasm)
Zaharlanish, kasb kasalligi; (3-rasm)
1-RASM 2-RASM 3-RASM
KELIB CHIQISH SOXASIGA KO’RA
Turmushga
Sportga
Yo’1 transportiga
Ishlab chiqarishga
sportga ishlab chiqarishga
TA’SIR DOIRASIGA KO’RA
LOKAL
MAHALLIY
MILLIY
GLOBAL
SEMINAR MASHG’ULOTLARINING MAVZULARI
1-Seminar mashg‘uloti.
Ishlab chiqarishda ekologiyaga qo’yilgan talablar favqulotda vaziyatlarni o’rganish.
1.Ishlab chiqarishga qo’yiladigan talablar
2.FV ni kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
3.Atmosfera, gidrosfera va tuproq strukturasining ifloslanishiga qarshi omillar.
Atmosfera havosining tarkibi va xossalari о‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar (FV), kelib chiqish sabablariga kо‘ra tasnif qilinadi. FV larning bunday tasnif qilinishi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi "Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi tо‘g‘risida"gi 455-sonli qarorida tasdiqlangan.
Atmosfera - Yerning gazsimon qobig‘i bо‘lib, hayot uchun zarur bо‘lgan birlikdir. Atmosfera yer pо‘stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik ta’sir etadi va yer yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera yerning himoya qobig‘idir, chunki u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar va kosmosdan keladigan meteoritlarning zararli ta’sirlaridan (shu jumladan quyosh radiatsiyasidan ham) himoya qiladi. Agar atmosfera bо‘lmaganda edi, Yer yuzasida ham Oydagi kabi hayot bо‘lmas edi. Chunki, yer yuzasi kunduzi 100 gradus qizib, kechasi esa - 100 gradus sovugan bо‘lardi.
Atmosfera havosi har doim aralashib turishi uchun, uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida asosan bir xildir. Atmosfera havosining tarkibi asosan: azot (78%); kislorod (21%) dan va qolgan 1% esa boshqa gazlardan; argon (0,93%); karbonat angidrid (0,03%) vodorod, geliy, kripton, ksenon va boshqa gazlardan tashkil topgan.
Aynan havo tarkibini biri kо‘payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik mavjudod hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib kelishi mumkin.
Atmosfera gazsimon moddalardan tashqari shakli, kattaligi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga kо‘ra bir-biridan farq qiluvchi mayda zarrachalar - tutun, chang, tо‘zon va boshqalar mavjud. Atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida nafaqat inson hayotini, balki tevarak atrofdagi muhitni ham xavf ostiga qо‘yadi. Ilgarilari atmosfera havosi sanoat obyektlari ustidagina ifloslangan bо‘lsa, hozirda esa sanoat, transport, energetika va boshqa obyektlardan chiqqan chiqindilar katta-katta hududlarga tarqalib, havoning keng miqyosda ifloslanishiga sabab bо‘lmoqda1.
Atmosfera havosi 2 xil yо‘nalishda ifloslanishi mumkin .
|
| |