• 2. Sun’iy ifloslanish.
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 7,87 Mb.
    bet173/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    1.Tabiiy ifloslanish
    Bunda kosmik changlar vulqonlarning otilishidan vujudga keladigan moddalar, tog‘ jinslari va tuproqning qulashidan vujudga keladigan moddalar; о‘simlik va hayvonlarning qoldiqlari; о‘rmon va dashtlardagi yong‘indan (tabiiy va sun’iy yong‘in oqibatidan); dengiz suvlarining qurishidan havoga chiqqan tuz zarrachalari (qurg‘oqchilik ofati oqibatida) oqibatida ifloslanish bо‘ladi. Agar bunda yuqoridagi moddalar me’yoridan ortiq bо‘lsa, katta halokatlarga olib kelishi mumkin.
    Ammo atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar yer yuzasida bо‘ladigan jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki changlar suv bug‘lari uchun kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yog‘ingarchilikni vujudga keltiradi, quyoshdan kelayotgan radiatsiyani yutib, organizmni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi. Bundan kо‘rinadiki, havodagi tabiiy changlar ma’lum darajada atmosfera tarkibining zaruriy elementi hisoblanadi va ular hodisa va jarayonlarning borishini tartibga solib turadi.
    Yana о‘simlik dunyosining yonishi, jumladan dov-daraxtlar barglarining yonishi oqibatida atmosfera havosiga juda zararli moddalar (konserogen moddalar) tarqalib, tirik mavjudotlarning hayot faoliyatiga xavf soladi.
    2. Sun’iy ifloslanish.
    Sun’iy ifloslanish 3 xil kо‘rinishda kuzatiladi.
    a) Sanoat tarmoqlari, transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan yoqilg‘ilar orqali ifloslanish.
    Keyingi paytlarda atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtomobil transporti birinchi о‘rinni (40%) egallaydi, energetika sanoati (20%), sanoat ishlab chiqarish (14%) va maishiy-kommunal, qishloq xо‘jaligida (26%) ni tashkil qiladi.
    Ma’lumotlarga kо‘ra yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan oltingugurt gazi, is gazi, kul va karbonat angidridining miqdori taxminan 500 mln tonnaga yetmoqda.
    BMT ma’lumotlariga kо‘ra, insoniyat paydo bо‘lganidan to shu vaqtgacha 80-85 mlrd tonna turli yoqilg‘ilar yoqilgan, shuning yarmi keyingi 25 yilga tо‘g‘ri keladi. Faqat kо‘mirning о‘zi yiliga 2 mlrd tonna yoqiladi. Yoqilg‘ilarning yoqishga yiliga 10-15 mlrd tonna kislorod sarflanadi. Metall oksidlanishi uchun yiliga 100 mln tonna kislorod sarflanadi.
    YUNESKOning ma’lumoticha, turli mamlakatlarda ishlab turgan 260 mln.dan ortiq avtomashinalar yiliga 80 mln kishi iste’mol qiladigan kislorodni sarflaydi, yoki 1000 km yurgan yengil avtomobil bir kishining bir yillik kislorodini yutadi.
    Yoqilg‘ilar yonganda atmosferaga zararli moddalar chiqib, uni ifloslantiradi. Jumladan 1 tonna benzin yonganda 60 kg is gazi havoga kо‘tarilib aralashadi. Neft yonganda sulfat angidrid, kо‘mir yonganda karbonat angidrid bilan kul havoni buzadi.
    b) Sanoat chiqindilari orqali havoni ifloslanishi kimyo, neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish, radiaktiv moddalar ishlatiladigan tarmoqlarda, hamda yadroviy, neytronli aslahalarni qо‘llanishi oqibatida, KTZM lar, radiaktiv changlar, sement changlari atmosfera havosini ifloslantiradi.
    v) Sanoat chiqindilari va maishiy-xо‘jalik chiqindilarini yoqish orqali ifloslanishi.
    Havo tarkibidagi karbonat angidridi, is gazi, azot, oltin gugurt oksidlari, xlor, fosfor, fenol, ftor va boshqalarni kо‘p miqdorda bо‘lishi inson salomatligiga ta’sir qiladi, natijada astma, rak, sil kasalliklari kelib chiqadi.
    Ayniqsa atmosfera havosi tarkibida karbonat angidridning miqdori ortishi natijasida quyoshdan keladigan qisqa tо‘lqinli nurlarni yer yuziga о‘tishiga tо‘sqinlik qiladi, natijada sayyoramiz yuzasidagi havoning о‘rtacha harorati ortib boradi.
    Agar atmosfera havosining ifloslanishi oldi olinmasa, olimlarning bergan ma’lumotiga kо‘ra 2050 yilda sayyoramiz harorati 1,5-4,50C gacha isishi mumkin. Bu esa muzliklarni erishiga sabab bо‘lib quriqlikning ma’lum qismini suv bosib, favqulodda vaziyatlarni kelib chiqishiga sabab bо‘ladi.
    Atmosfera havosini ifloslanishi nafaqat insoniyatga balki suv basseynlariga, о‘simliklarga hayvonot dunyosiga ham katta salbiy zarar kо‘rsatadi.
    Atmosfera havosini ifloslanishining iqtisodiy zararlarini quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
    1) atmosferaning ifloslanishi tufayli materiallarning yemirilishi va korroziyaga uchrashi (bino, inshootlar, metallar yemiriladi, kiyim-kechak, gazmollarning bо‘yoqlari buziladi, tarixiy yodgorliklar qulaydi);
    2) atmosferaning ifloslanishi korxona asbob-uskunalarining foydalanish muddatini о‘rta hisobda 1,5 barobarga kamaytiradi;
    3) atmosferani ifloslanishi oqibatida insonlar juda kо‘p og‘ir kasalliklarga uchramoqda;
    4) havoni ifloslanishidan qishloq xо‘jalik ekinlari ham zarar kо‘rmoqda;
    5) havoning ifloslanishidan (achchiq tutunlar) avtomobillarning yurishi, samolyotlarning uchishi qiyinlashib juda kо‘p avariyalar bо‘ladi.
    6) atmosferaning ifloslanishidan yarim о‘tkazgichlar, aniq jihozlar, asboblar, vaksina va antibiotiklar ishlab chiqarishni qiyinlashtirib yubormoqda;
    7) sanoat tarmoqlaridan atmosferaga qimmatbaho xom ashyolar (sement changlari, rux, qо‘rg‘oshin, qalay, ftor va boshqalar) atmosferaga chiqarib yuborilmoqda.
    О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni Muhofaza qilish davlat Qо‘mitasi ma’lumotiga kо‘ra Respublika havosiga qо‘shilayotgan turli iflos moddalarning kо‘p qismi quyidagi korxonalar zimmasiga tushmoqda: "O‘zneftgaz", О‘zenergetika vazirligi, Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati, Kommunal xizmat vazirligi, О‘zkimyosanoat Assotsiatsiyasi va Qizilqum oltin konserni. Shaharlar bо‘yicha havoni eng kо‘p ifloslovchi shaharlarga: Angren, Olmaliq, Qarshi, Farg‘ona, Navoiy, Chirchiqlar kiradi.



    Download 7,87 Mb.
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 7,87 Mb.