• 3. Okean va dengiz shо‘r suvlaridan foydalanish.
  • Yer osti suvlaridan foydalanish




    Download 7,87 Mb.
    bet176/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    1. Yer osti suvlaridan foydalanish. Ma’lumki, yer osti suvlarining miqdori 60.000 ming km bо‘lib, butun gidrosferaning 4,12%ini tashkil etadi. Lekin yer osti suvlaridan hozircha foydalanish koeffitsienti juda past, jumladan O‘zbekistonda atigi 6% miqdordagina foydalaniladi.
    2. Muzlik suvlaridan foydalanish. Sayyoramizning umumiy suv miqdorining 1,65%ini muzliklardagi suv tashkil qiladi. Muzliklardi 24.000 ming km3 suv tо‘plangan bо‘lib, butun dunyodagi chuchuk suvning 8,5%ini tashkil etadi. Bu muzliklar asosan Arktikada, Antarktidada va Grenlandiyada joylashgan bо‘lib, ba’zan dengizga uzilib tushib, aysberglarni hosil qiladi. Mana shu aysberglarni qirg‘oqqa yaqin keltirib, uni eritib, aholini sanoat korxonalarini chuchuk suv bilan ta’minlash ustida ish olib borilmoqda. Masalan, uzunligi 100 km, eni 50 km, qalinligi 0,2 km keladigan aysbergda 1000 km3 chuchuk suv mavjud. Bu butun О‘rta-Osiyo daryolarining suvidan 8 marta kо‘pdir.
    3. Okean va dengiz shо‘r suvlaridan foydalanish. Hozir dunyoda 800 dan ortiq shо‘r suvlarni chuchuklashtiruvchi texnologiyalar ishlab, kuniga 1,7 mln m3 suv yetkazib bermoqda. Shuning 90%i ichish uchun ishlatilmoqda.
    Yog‘in suvlaridan foydalanish. О‘rta Osiyo aholisi chо‘l hududlarida mana shunday suvlardan foydalanganlar.
    Quruqlikda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish sabablari.
    Quruqlikda favqulodda vaziyatlar tuproqning ostki va ustki qismlarini tarkibi, holati о‘zgarishi natijasida kuzatiladi. Bu о‘zgarish tabiiy yoki sun’iy sabablar natijasida bо‘ladi.
    Tabiiy sabablar bilan inson faoliyatiga bog‘liq bо‘lmagan holda tuproqning hayotini yomonlashishi tushunilib, bularga eroziyalar kiradi. Eroziya deb yerning ustki hosildor qismini suv va shamol ta’sirida yuvib yoki uchirib ketishiga aytiladi. Eroziya dehqonchilik uchun katta zarar keltiruvchi ofat hisoblanib, «kemirish» yoki «yemirish» degan ma’noni anglatadi.
    Suv va shamol eroziyasi natijasida AQSH, Xitoy, Kavkaz, О‘rta Osiyo va boshqa hududlarda millionlab gektar yerlar ishdan chiqdi hamda unumsiz yerga aylandi.
    Ma’lumotlarga qaraganda dunyo bо‘yicha eroziya natijasida yiliga 100 mlrd dollar zarar kо‘rilmoqda.
    Suv eroziyasining xavfli turi bu sel hodisasidir. Sel - tabiiy ofatlar qatoriga kirib, uning xususiyati va oqibatlari xususida III bobda mufassal yozilgan.
    Shamol eroziyasi tufayli tuproq tarkibi buzilib, ba’zi yerlada о‘pirilishlar kuzatiladi, tuproqni ifloslanishi tufayli esa uning kimyoviy va biologik xususiyati о‘zgaradi, jumladan modda almashinuvida buzilish yuz beradi, har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroorganizmlar tez kо‘payadi.
    Demak, eroziya nafaqat tuproq strukturasini buzadi, balki atrof-muhitni ham izdan chiqaradi, inshootlarga, magistral yо‘llarga, moddiy resurslarga katta zarar keltiradi va insonlarning о‘limiga sabab bо‘ladi.
    Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlari quyidagi guruhlarga bо‘linadi: agrotexnik, о‘rmon melioratsiyasi va gidrotexnik.
    Agrotexnik chora-tadbirlarda almashlab ekishni oshirish, kо‘proq о‘tli о‘simliklarni ekish orqali tuproq zichligini oshirishga erishiladi.
    О‘rmon melioratsiyasi natijasida о‘simliksiz qolgan tog‘ yon bag‘irlarini, tekis-qumli yaylovlarni turli buta, daraxtlar bilan qoplash kiradi.
    Gidrotexnik chora-tadbirlar majmuasiga tog‘ yon bag‘irlarni yuvish va о‘yilishdan saqlash uchun gidrotexnik qurilmalar qurish (tо‘g‘onlar, terrasalar), tog‘li hududlarda sel oqimini tо‘suvchi va tо‘xtatuvchi devorlar, tosh-shag‘al-tuproq-yog‘ochlardan foydalangan holda qurilmalarni qurish kiradi.
    Tuproqni sun’iy omillar ta’sirida ifloslanishi: sanoat va shahar chiqindi axlatlarini (gaz, neft, elektr kabellar ishlab chiqarishida, mineral о‘g‘itlar va zaharli kimyoviy vositalarni qо‘llashda, radiaktiv chiqindi moddalarni yerga tashlanishi, transport vositalaridan chiqadigan zaharli moddalar, oqava suvlar tarkibidagi bekorchi jinslar va boshqalar) tuproqqa qо‘shilishi natijasida kuzatiladi.
    Sanoat chiqindilari 2 xil kо‘rinishda tashqariga chiqarib yuboriladi:
    a) Qattiq sanoat chiqindilariga: qurum, kul, shlak, tosh, kon chiqindilari, yog‘och, plastmassa va boshqa chiqindi materiallar, mineral va organik changlar hamda sanoat axlatlari kiradi.
    b) Suyuq chiqindilarga: oqava suvlar qayta ishlanganidan keyin qoladigan chiqindilar kiradi.
    Sanoat chiqindilarining asosiy qismi konchilik, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, yog‘ochni qayta ishlash, IES, kimyo, neftni qayta ishlash, paxta tozalash, tо‘qimachilik, sement ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlarda hosil bо‘ladi.
    Sanoat qattiq chiqindilari о‘simliklarga, hayvonlarga va odamlarga katta zarar keltiradi. Masalan, fosfogips (о‘g‘it ishlab chiqarish sanoatida chiqadigan chiqindi mahsulot) sizot suvlarini ifloslantirishi va zaharlashi mumkin. Ishlab chiqarishning ba’zi chiqindilari tarkibida og‘ir metallar: xrom, qalay, qо‘rg‘oshin, surma va boshqa zaharli moddalarning birikmalari tuproqdan о‘simliklar va hayvonlar orqali odam organizmiga tushadi va turli xil og‘ir kasalliklarga olib keladi. Konserogen xossalarga ega bо‘lgan changlarni, oltingugurt, azot, uglerod birikmalarini ajralishi inson faoliyati uchun juda xavflidir.
    Tuproq qatlamining radiaktiv moddalar bilan ifloslanishi ham juda xavflidir. Sо‘ngi yillarda dunyoning bir qator mamlakatlarida radiaktiv moddalardan foydalanish (harbiy va tinchlik maqsadlarida) oqibatida ekologik falokatlar kuzatilmoqda. Radiaktiv moddalarni qazish, tashish va ishlatish jarayonida, atom bombalarini ishlashi va portlashi davrida, AES larni avariyaga uchrashida, radiaktivlashgan juda mayda chang zarrachalari atmosferaga kо‘tarilib, keyin yomg‘ir bilan yoki о‘zi yerga-tuproqqa tushib, uni zaharlaydi. Bunga misol qilib, 1986 yilda Chernobl AES dagi avariyani keltirish mumkin.
    Ma’lumotlarga qaraganda 1946-1970 yillari mobaynida sobiq ittifoq tomonidan Qirg‘izistonning Maylisoy hududining 23 ta yeriga radiaktiv chiqindilar kо‘milgan. Mabodo, о‘sha hududlarda sel, yer kо‘chkisi ofatlari yuz beradigan bо‘lsa, nafaqat Qirg‘iziston hududi va xalqi uchun, balki О‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi uchun ham katta ekologik xavf tug‘diradi. Bunday xavfli hududlarda 10mln.dan ortiq fuqarolar yashaydi. Tuproq qatlamining kimyoviy moddalar, ayniqsa pestitsidlar, gerbitsidlar bilan ifloslanishidan saqlashda ularni qoidasiga, normasiga, vaqtiga qarab ishlatishga erishish muhim ahamiyatga ega. Biroq ba’zan yuqori hosil olish va zararkunanda hashoratlariga, begona о‘tlarga qarshi kurashish maqsadida о‘g‘itlarni hamda zaharli kimyoviy moddalar haddan tashqari kо‘p ishlatiladi. Natijada qishloq xо‘jaligi ekinlari ularni о‘zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda tо‘planib qolib uni zaharlaydi. Jumladan, MDH davlatlarida о‘rtacha 1 gk yerga 113 kg.dan kо‘proq mineral о‘g‘it, 2 kg zaharli moddalar ishlatilmoqda. Bu moddalar tuproqda yig‘ilib, tuproq tagiga suv, havo о‘tkazishni, modda almashinuvini, mikro organizmlarni rivojlanishini yomonlashtiruvchi qavat hosil qiladi.
    Olimlarning fikricha kimyoviy zaharli moddalarning xavfi AES larning radiaktiv chiqindilari xavfidan 9 barobar xavfli ekan. Hozirgi vaqtda jahon bо‘yicha ekinlarni himoya qilish uchun turli kimyoviy moddalardan gektariga 300 g., G‘arbiy Yevropa va AQSHda 2-3 kilogramm, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 200gramm solinayotgan bir vaqtda, paxta dalalarimizda ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning yillik miqdori (1990 yil) gektariga 19,5 kg ni tashkil etgan bо‘lsa, hozirgi kunda ulardan foydalanish deyarli 2 barobar kamaygan. Bunday kimyoviy moddalar zararkunanda bilan birga tuproq hosildorligini oshirish uchun foydali hasharotlarning qirilib ketishiga ham sabab bо‘ladi. Shuning uchun tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishidan saqlash uchun begona о‘tlarga qarshi, о‘simliklar bargini tо‘kishda, zaharsiz, kishi salomatligiga zarar yetkazmaydigan zaharsiz kimyoviy vositalarni qо‘llash katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga keyingi vaqtlarda qishloq xо‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda atrof-muhit uchun zararsiz biologik usullardan foydalanilmoqda va u о‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
    Hozirgi kunda maishiy chiqindilarning miqdori ham ortib, ekologik muammolarni yuzaga kelishiga sabab bо‘lmoqda. Ma’lumotlarga kо‘ra har yili bir nafar shahar aholisiga о‘rtacha 300 kg miqdordagi maishiy chiqindilarni ishlash tо‘g‘ri kelmoqda.
    Shuning uchun Dunyo miqyosida sanoat va maishiy chiqindi axlatlarni yо‘qotish, jahonshumul masalaga aylandi. Chunki uni yoqish atrof-muhitni, yerlarga kо‘mish esa tuproqni ifloslashtiradi va har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblarning kо‘payishiga imkon yaratadi.
    Shuning uchun hozirgi kunda tuproq qoplamini ifloslanishidan saqlash, chiqindilarni qayta ishlash yoki ularni zararsizlantirib tashlash eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Jumladan chiqindilarni qayta ishlash orqali qimmatbaho metallar (konserva bankalar, har xil metall parchalari) rezina buyumlari, plastmassa materiallari va boshqalar ajratib olinmoqda. Ajratib olingan rezina, yog‘och parchalarini gidroliz yordamida (parchalash orqali) yonuvchi gaz, saqichli smola, qattiq uglerodli birikmalar, qolgan qismidan esa kompost olinmoqda. Kompostning harorati yuqori bо‘lganligidan undan issiq xonalarda tuproqni qizdirishda, о‘g‘itlashda ishlatiladi. Shahar axlati va sanoat chiqindilari (simob, rux, margimush, mis, qо‘rg‘oshin, ftor, marganes kabi zaharli kimyoviy moddalar tutgan va maishiy kommunal chiqindilari) tashlangan yerlarda tezlik bilan sanitariya hududlari tashkil etilib oldi olinmasa, о‘sha joylar tuprog‘i о‘ta ifloslashib, tabiiy holda tozalana olmaydi. Chunki tuproqda kimyoviy va organik moddalar miqdori ortib, mikroorganizmlar, ayniqsa (kasallik tarqaluvchi) mikroorganizmlar kо‘payib ketishiga sharoit vujudga keladi. Ma’lumotlarga kо‘ra 1 ga toza tuproqda 16-150000 ming bakteriya mavjud bо‘lsa, birga ifloslangan tuproqda 1 mld.gacha mikroblar borligi aniqlangan. Oqibatda tuproq ifloslanib, har xil yuqumli kasalliklarni, jumladan sibir yazvasi, о‘lat, vabo, ichburug‘ tifi, sil kasalligini tarqatuvchi manbaaga aylanadi.
    Shunday qilib, atmosfera havosini, tuproqni va suv basseynlarini turli xil zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Bunday ekologik vaziyatlar nafaqat atrof-muhitni izdan chiqaradi, balki insonlarning salomatligiga, normal hayot faoliyatiga katta xavf tug‘diradi.



    Download 7,87 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201




    Download 7,87 Mb.