|
Atmosfera havosini ifloslanishidan muhofaza qilish
|
bet | 174/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiAtmosfera havosini ifloslanishidan muhofaza qilish. Ma’lumki, atmosfera о‘z-о‘zini tabiiy tozalash jarayoniga ega. Ulardagi yog‘ingarchiliklar iflos moddalarni, havoni yuvadi, shamollar havodagi ifloslovchi moddalarni uchirib, bir joyda tо‘planishiga yо‘l qо‘ymaydi, tuproqqa yoki suv yuzasiga tushgan iflos moddalar reaksiyaga kirishib oqibatda neytrallashib qoladi. Lekin sanoat, transport rivojlanishi, qishloq xо‘jaligi mashinalashgan va kimyolashtirilgan hozirgi sharoitda havoning sun’iy ifloslanishi ortib bormoqda. Shuning uchun atmosferaning sun’iy ifloslanishidan tozalash yо‘llarini joriy etish, uning oldini olish bugungi kunning asosiy vazifasidir.
Havo atmosferasining ifloslanishiga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
1) Tutun chiquvchi quvurlarni balandroq qurish; buning natijasida iflos chang va gazlar keng maydonga yoyilib, uning konsentratsiyasi kamayadi.
Masalan: balandligi 100 m bо‘lgan quvurdan chiqayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bо‘lgan mintaqaga tarqalsa, balandligi 250 m bо‘lgan quvurdan chiqqan chang, gazlar radiusi 75 km mintaqaga tarqaladi.
2) Pechlarda kо‘mir, torf, qoramoy yoqishning о‘rniga, elektr energiyadan, gazlardan foydalanilsa - atmosferaga chang, qurum, tutun va zaharli gazlar kam chiqariladi. Olimlarning ma’lumotiga kо‘ra, kо‘mir bilan ishlovchi korxonalar gazga о‘tkazilsa, havoga chiqariladigan oltingugurt gazi miqdori 10.000 marta, uglerod oksidi miqdori 2000 marta, azot oksidlari miqdori 5 marta kamayadi.
3) Sanoat korxonalarida zararli moddalarni tozalovchi uskunalar qurish.
4) Sanoat korxonalarida chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Kabelni sintetik qoplama bilan о‘raydigan yangi texnologiyaga о‘tilishi, atmosferaga qо‘rg‘oshinni chiqishi yо‘qotildi.
5) Sanoatda yer osti termal suvlardan (issiq suv-90oC li) foydalanish orqali ifloslanishni kamaytirish mumkin.
6) Avtotransportlardan chiqadigan gazlarni, dudlarini kamaytirish orqali (benzin о‘rniga, propan yoqilg‘isini qо‘llash orqali) havoni ifloslanishini kamaytirish mumkin.
7) Shahar va qishloqlarda yashil о‘simliklarni kо‘paytirish orqali havoni ifloslanishidan saqlash mumkin.
Masalan: darahtlar, butalar va о‘tlar changining 80 foizini SO3 gazini 60 foizini ushlab qoladi.
О‘zbekiston havosini ifloslanishini kuzatishga О‘zbekiston Gidro metereologiya boshqarmasi rahbarlik qiladi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi: О‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni ifloslanishini kuzatish markazi, Farg‘ona va Navoiy shaharlaridagi kompleks laboratoriya, atmosfera havosini ifloslanishini kuzatuvchi 7 ta laboratoriya (Olmaliq, Andijon, Samarqand, Angren, Bekobod), havo ifloslanishini kuzatuvchi 4 ta guruh (Buxoro, Guliston, Nukus va Namangan shaharlarida), atrof-muhitni ifloslanishini kuzatuvchi Sariosiyo idoralararo laboratoriyasi va ikki monitoring (Chotqol qо‘riqxonasi, Abramov muzligi) stansiyalari kiradi.
|
| |