|
Suv resurslarini muhofaza qilish
|
bet | 175/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiSuv resurslarini muhofaza qilish .
Yer yuzasidagi barcha suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Okean va dengizlarning umumiy maydoni quruqlik yuzasiga qaraganda 2,5 barobar kо‘pdir. Gidrosferaning 93,96 %i okean suviga, 4,39%i quruqlikdagi daryo, kо‘l va yer osti suvlari, 1,65%i qutb va tog‘lardagi muzliklarga tо‘g‘ri keladi.
Suv kuchli erituvchi va qudratli kuchga ham ega. U qattiq tog‘ jinslarini (turli xil minerallar, granit va bazaltlar) ham emiradi.
Organik dunyo va insoniyat jamiyatini suvsiz tasavvur qilish qiyin. Suv organizmlardagi biofizik va biokimyoviy jarayonlarda hamda ularni yashash muhiti sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Suvsiz hayot yо‘q. Chunki о‘simlik tanalarining 80-85 foizi, hayvon organizmlarining 60-75 foizi, meduza tanasining 99,7 foizi suvdan iborat. yangi tug‘ilgan chaqaloq tanasining 70 foizini, katta yoshdagi kishi organizmining 65 foizini suv tashkil etadi. Suv inson tanasining hamma a’zosida uchraydi, hatto suyakning 25 foizini ham suv tashkil etadi, hatto inson iste’mol qiladigan sabzavot tarkibida 78-80 foiz, sutda 89 foiz, gо‘shtda 50 foiz suv bor.
Inson о‘z tanasidagi namlikni bir xil bо‘lishiga harakat qiladi, chunki kishi tanasidan 12 foiz namlik yо‘qolsa odam halok bо‘ladi. Inson suvsiz bir necha kungina yashashi mumkin, uning suvga bо‘lgan bir kunlik fiziologik talabi 2,5 litrga teng.
Suv nafaqat jonli tabiatni rivojlanishi, yashashi uchun kerak, balki insonlarni maishiy ehtiyojlarini, sanoat va qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ham eng kerak moddiy resurslardan hisoblanadi.
Ammo har qanday suvlarni ham ehtiyojimizni, ishlab chiqarish tarmoqlarini ehtiyojini qondirish uchun ishlatish mumkin emas. Chunki suv resurslarimiz kundan kunga turli xil sabablarga kо‘ra ifloslanib bormoqda. Suv resurslarini ifloslanishi deganda har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar tо‘planishi oqibatida, uning fizik xususiyatlari (rangi, tiniqligi, hidi, mazasi) va kimyoviy tarkibining (organik va mineral qо‘shimchalar miqdorining ortishi, zaharli moddalarni paydo bо‘lishi) о‘zgarishi, uning tarkibida kislorodning kamayib ketishi, bakteriyalarni kо‘payishi va kuchli yuqumli kasallik tarqatuvchi bakteriyalarning paydo bо‘lishi tushuniladi.
Suvning ifldoslanishi tabiiy va sun’iy sabablarga asoslangan bо‘ladi (4-chizma). Suvning ifloslovchi manbaalar orasida eng muhim о‘rinni sanoat ishlab chiqarishidan paydo bо‘lgan va maishiy kommunal xо‘jalikdan chiqqan oqova suvlar egallaydi. Bunday oqova suvlarga: yuvuvchi sintetik moddalari bо‘lgan oqovalar; foydali qazilma boyliklarni qazib olishida ishlatilgan oqovalar; neft konlaridan chiqqan iflos suvlar; yog‘och tayyorlash, uni qayta ishlash va oqizishda hosil bо‘ladigan chiqindili oqava suvlar; chorvachilik fermalaridan oqib chiqadigan suvlar; texnik ekinlarni (zig‘ir, paxta, kanop va boshqa) birlamchi ishlov berishda chiqadigan chiqindili suvlar, tashlandiq va zovur suvlari; har xil mineral va organik о‘g‘itlar hamda zararkunandalarga sepilgan zaharli kimyoviy birikmalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqadigan suvlar; aholi yashash joylaridan oqib keladigan yog‘in suvlari; elektr stansiyalardan chiqqan issiq suvlar; radiaktiv ifloslangan va boshqa suvlar kiradi.
Sanoat chiqindi suvlarida tirik organizmlar uchun xavfli bо‘lgan har xil mineral va organik kislotalar, fenollar, vodorod sulfid, ammiak, mis, rux, simob, mishyak, xrom, nikel va boshqa zaharli moddalar, yog‘, neft mahsulotlari va har xil biogen moddalar bо‘lib, ular sanoat korxonalarida ishlatilgan oqava suvlar bilan birga daryo, kо‘l va suv omborlariga borib quyiladi.
Ayniqsa selluloza-qog‘oz sanoati obyektlaridan chiqadigan oqova suvlar tarkibida organik moddalar bо‘lib, oksidlanish jarayonida kislorodni yutib, suvni ifloslab unga yoqimsiz hid va ta’m beradi, suvning rangini о‘zgartirib yuboradi, suvning tagida, qirg‘oqlarida chirib, zamburug‘larning vujudga kelishiga olib keladi. Suv havzalarining radiaktiv ifloslanishi organik hayot uchun, ayniqsa insonning sog‘lig‘i uchun eng zararlidir. Radiaktiv ifloslanishning asosiy manbalari: termoyadro qurollarini suv ostida sinash; uran rudalarini qazib olish va tozalash; atom elektr stansiyalari, radiaktiv chiqindilarni saqlash; uran ruda konlarida va ishlab chiqarishda avariyaning rо‘y berishi; radiaktiv chiqindilarning va radiaktiv moddalarning idishlarini yuvish va boshqalardan chiqqan chiqindilar hisoblanadi. Radiaktiv eritmalar juda ham kuchli bо‘lib, bir choy qoshiqdagi radiaktiv eritmani zararsizlantirib suvga tashlash uchun unga 9,45 mln.l suv aralashtirish kerak bо‘ladi. Buning ustiga radiaktiv moddalar uzoq vaqt о‘z xususiyatini о‘zgartirmaydi. Yer osti suvlariga о‘tgan radiaktiv moddalar 1000 yilgacha saqlanib, sо‘ngra zararsizlanishi mumkin. Shu sababli suv havzalariga tushgan radiaktiv moddalar suv о‘simliklari va hayvonlari organizmiga о‘tib uzoq vaqt saqlanib qoladi, hamda og‘ir salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi.
Organik ifloslangan oqar suvlar tarkibida azot bakteriyalar, jumladan tif, sil, ichburug‘i kabi kasallik tarqatuvchi bakteriyalar, achitqi va mog‘or zamburug‘lari va boshqalar bо‘ladi. Shu sababli suv havzalari tarkibida organik moddalar kо‘payib ketsa, u ifloslanadi, suvning chirigan mahsulotlar bilan zaharlanishiga, har xil yuqumli kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalarning kо‘payib ketishiga qulay imkoniyat yaratadi.
О‘zbekiston suvlari va suv havzalari ifloslanishiga qarab 6 tipga bо‘linadi:
1. Toza suv havzalari va suv oqimlari. Ular asosan tog‘liq hududlarda joylashgan bо‘lib suvda mineral zarrachalari kam hamda biogen elementlar va organik qо‘shilmalar kam uchraydi. Bularga Pskom, Oqbuloq, Qizilsoy, Oqsu, Toshkeskin va boshqalar kiradi.
2. Tog‘ oldidagi kam ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bular: Oqtoshsoy, Ugam, Ohangaron, Qovasoy, Qashqadaryo, Omonqо‘tan, Chorvoq va Xisor suv omborlari kiradi.
3. О‘rtacha ifloslangan tog‘ oldi va tekislikdagi suv oqimlari va suv havzalari. Ular kо‘pgina aholi zich joylashgan yerlarda mavjud. Biogen, mineral va organik moddalar meyoridan 2-3 barobar ortiq. Bularda yana og‘ir metall ionlari va neft mahsulotlari meyoridan ortiq bо‘ladi. Bular: Chirchiq, Ohangaron (о‘rta oqim), Salorning yuqori qismi, Qorasuv kanali, Norin, Qoradaryo, Isfaransoy, Marg‘ilonsoy, Zarafshon, Tuyabо‘g‘iz, Chimqо‘rg‘on, Qayroqqum, Tuyamо‘yin suv omborlari kiradi.
4. О‘rtacha ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bunday suvlar qishloq xо‘jaligida foydalanilayotgan sug‘oriladigan yerlarda, sanoat oqiziqlari tarkibidagi mineral va organik moddalar bо‘ladi. Ya’ni bularda me’yoridan 3-4 barobar ortiq og‘ir metallar, neft qoldiqlari va pestitsidlar uchraydi. Bular Chirchiq (Chirchiq sanoat kompleksidan quyi), Qо‘qonsoy (Qо‘qonsoydan quyi), shimoliy Bag‘dod kollektori, Siyob kollektori va boshqalar kiradi.
5. Iflos suv havzalari va suv oqimlari. Ular asosan shо‘r tuproqli qishloq xо‘jalik yerlarida, yuqori minerallashgan suvli yerlarda joylashgan. Yirik aholi punktlarini quyi qismida joylashgan. Bu kategoriyaga kiruvchi suvlarga: Amudaryo-Orolbо‘yi hududi, Buxoro vohasi, Mirzachо‘l massivi va Farg‘ona vohasi kiradi. Bu suvlar tarkibida biologik, mineral, organik moddalar, og‘ir metallar va neft qoldiqlari me’yoridan 3-5 barobar kо‘p. Keyingi vaqtlarda og‘ir metall konlari (mis, xrom, kaliy va boshqalar) ham kо‘plab uchramoqda. Ular Toshkent shahrini quyi qismida Qorasu (о‘ng qirg‘oq), Ohangaron, Chirchiq daryolari.
6. Juda ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bunday suvlar yirik aholi punktlariga, shaharlariga tо‘g‘ri keladi. Uning suvlarida kо‘p miqdorda turli zaharli moddalar uchraydi. Og‘ir metall meyoridan 40-50 barobar ortiq. Bularga Chirchiq (Salordan keyingi qismi), Salor (Toshkent, Yangi yо‘ldan sо‘ng) kiradi.
Respublikamizda eng ifloslangan suvlar Toshkent shahriga va Toshkent viloyatlariga mansubdir.
Suv havzalarining ifloslanish darajasini 42 foizini mineral ifloslanish-har xil tuz, qum, gillar, ishqor, kislota, mineral yog‘lar, shlak va boshqalarga tо‘g‘ri kelsa, 58 foizi organik ifloslanishga-kommunal xо‘jaligi, shahar kanalizatsiyasi, hammom, kir yuvadigan joylar, sanitariya-sog‘lomlashtirish tashkilotlari, teri, qog‘oz-selluloza, pivo ishlab chiqarishdan chiqadigan oqovalar, о‘simlik moylari, meva va poliz ekinlari qoldiqlari, maishiy chiqindilarga tо‘g‘ri keladi.
Demak, ifloslangan suvlardan foydalanish salbiy oqibatlarga olib keladi. Jumladan kuchli kasalliklarni paydo qiladi va tarqatadi; sanoat ishlab chiqarishlarda texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, mahsulot sifatini pasaytiradi, qimmatbaho asbob-uskunalarni ishdan chiqaradi, gidrotexnik, temir-beton inshootlarini, suv quvurlarini yemiradi va juda katta iqtisodiy va ma’naviy zararlarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ifloslangan suv manbalarini tozalash va zararsizlantirish hamda aholini chuchuk suv tanqisligini hal qilish hisoblanadi. Chuchuk suv zaxiralari albatta yer ostida muayyan miqdorda joylashgan, ammo hozirgi talablar tо‘la qondiriladigan bо‘linsa, ular uzoq yillarga yetmasligi mumkin.
Shuning uchun kelajakda aholini chuchuk suv bilan ta’minlashning quyidagi qо‘shimcha imkoniyatlari mavjud:
|
| |